F.T. Umarhodjaev Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi boshlig‘i etib tayinlandi

umarhodjaev

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013 yil 21 fevraldagi buyrug‘iga ko‘ra Farxod Tilyamuratovich Umarhodjaev Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shu kunga qadar F. Umarhodjaev “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aktiyadorlik kompaniyasining “Xalqaro pochtamt” filiali direktori lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 oktabrdagi 4475-son Farmoniga ko‘ra Davlat aloqa inspektsiyasi zamirida tashkil etilgan.

«Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspektsiyasi to‘g‘risida» nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 dekabrdagi 355-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan.

Orphus system