Dunyoda eng yupqa soat

Central Standard Timing kompaniyasi jahonda eng yupqa konsept hisoblanadi. CST-01 qalinligi 0,8 millimetrdan iborat, og‘irligi 12 grammdan iborat.

E-ink yupqa soat displeyi yaxlit zanglamas po‘latdan ishlangan. Qurilma juda yupqa va egasi uchun sezilmas bo‘lishi uchun undan deyarli barcha boshqaruv elementlari olib tashlangan. Barcha sozlash va o‘rnatish ishlari soat quvvat oladigan bazasi yordamida amalga oshiriladi.

watch_22_02_2013

CST-01 mikrobatareykalar orqali ishlaydi, uni 10 ming marta quvvat oldirish mumkin, ishga yaroqlilik muddati esa kamida 15 yilni tashkil etadi. Soatni quvvat oldirish 10 daqiqada amalga oshiriladi, soat ishlashi uchun bu bir oy muddatga yetarli hisoblanadi. Asosiy bazaviy stansiyasi bo‘lib, Seikoda ishlab chiqarilgan kristall tizim hisoblanadi.

watch_22_02_2013_1

Ishlab chiqaruvchilar soat turli rangda taqdim etilishini va’da qilmoqdalar, shuningdek, ularni suv o‘tmas va tirnalishga chidamli materialdan ishlab chiqaradilar. 8-yanvar kuni loyiha Kickstarter saytida ish boshlashi uchun zarur bo‘lgan 260 ming dollarni jamladi. Bu esa soat yaqin orada bozorda paydo bo‘lishidan darak beradi.

watch_22_02_2013_2

Manba: www.kickstarter.com

Orphus system