2013-yilda smartpedlar yetkazib berilishi 60 mln.ga yetishi mumkin

Smartpedlar, ya’ni smartfon va planshet o‘rtasidan o‘rin olgan kompyuter qurilmalari, ommaviylashib borishda davom etmoqda. Yaqinda CES 2013 ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunladi, unda mazkur segmentni Alcatel va Huawei kabi brendlar muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirdilar hamda yaqin istiqbolda mazkur klass gadjetlari ommaviylashishi faqat o‘sib boraverishi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

iSuppli analitiklari 2013-yil natijalariga ko‘ra jahonda smartpedlar yetkazib berilishi hajmi 60 million donaga yetishiga ishonadilar. Bu mazkur manbaning juda katta o‘sish ko‘rsatkichi, axir 2012-yilda shu klass qurilmasini yetkazib berish 25,6 mln.ni tashkil etgandi. Biroq bu bilan smartpedlar rivojlanishdan to‘xtamaydi, gibrid gadjetlarga bo‘lgan talab o‘sishda davom etadi, 2016-yilda jahonda yetkazib berish hajmi 146 mln. donani tashkil etadi.

smart_22_02_2013

Smartpedlarga bo‘lgan talabning yuqoriligi zamonaviy insonning talablari o‘sib borishi bilan tushuntiriladi. Veb-serfing, mobil o‘yinlari, matn terish va boshqa an’anaviy masalalar uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan cho‘ntak qurilmasi zarur. Shunga muvofiq, qurilmada displey qanchalik katta bo‘lsa, oldinga qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun talablarga shunchalik javob bera oladi. Bunda eng yaxshi yechim sifatida 7 duymli planshetlar mos keladi, biroq ular telefon so‘zlashuvlari uchun qulay emas. Agar iSuppli analitiklarining prognozlari ro‘yobga chiqsa, shu tariqa, zamonaviy modalar industriyasi bunga e’tibor qaratadi deb umid qiladilar, sababi 5,5 duymli ekranli mobil telefoni cho‘ntakka sig‘masligi hisobga olinib, kichraytirilsa ehtimol.

Manba: www.ubergizmo.com

Orphus system