2013-yilda 5″ segmentidagi smartfonlar Androiddan dominantlik qilmoqda
22.02.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Таrmoq manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil davomida Google Android platformasi smartfonlar segmentida besh va undan katta duymli diagonalga ega displeyli smartfonlar dominantlik qilishda davom etadi.

2012-yilda 5 duymli Android operatsion tizimli boshqaruv asosidagi modellar bir paytda bir necha ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgandi. Ular orasida, HTC, Sharp, Sony Mobile Communications, Huawei Device, ZTE, Lenovo, Oppo Mobile kompaniyalari bor. Ayrim baholarga qaraganda, 2013-yilda yirik displeyli smartfonlar yetkazib berish 136% — 60,4 mln.dan oshadi. 2016-yilda ularning soni 146 mln.ga yetadi.

disp_22_02_2013

Kаtta displeylar ommaviylik darajasi o‘sib borishiga qaramay, Windows Phone 8 bazasida smartfon ishlab chiqaruvchilari 5 duymli modellarni chiqarishga shoshilmayaptilar. Ekspertlar buni shu bilan tushuntiradilarki, WP8 to‘laqonli Full HD bilan qo‘llab-quvvatlanmaydi. High-End-modeliga Nokia Lumia 920 ga 4,5 duymli displey o‘rnatilgan. 2013-yilda kompaniya bir necha apparatni ishlab chiqardi, biroq ekranining eng katta o‘lchami 4,7 duymni tashkil etadi. 2013-yilda Apple 5 duymli iPhone chiqarmasa kerak. Axir yaqinginada 4 duymli iPhone 5 ni taqdim etgandi, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari esa hozirgi davrda yangi model ilovalarini takomillashtirish bilan bandlar. Kanadaning RIM kompaniyasi ham joriy yilda 5 duymli telefonlarini e’lon qilishni rejalashtirmagan. Yangi High-End-modeli Z10 4,2 duymli displeyga ega bo‘ladi.

Manba: www.digitimes.com

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq