ZiyoNET portalida “O‘yinlar” bo‘limi ochildi

Biz barcha foydalanuvchilarimiz uchun sovg‘a tayyorladik. Yoshlar orasida o‘yinlarning ommabopligini, bilim olishda ularning nechog‘lik ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib “O‘yinlar” bo‘limini ochdik va uni rivojlantirib borishga qaror qildik.

UZINFOCOM kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan “Avina Invest” MCHJ kompaniyasi bilan hamkorlikda to‘rtta o‘yindan iborat birinchi blok foydalanishga topshirildi:
Yo‘l hаrаkаti qоidalari;
Mаtemаtik pazl;
Mаtemаtik bloknot;
Munajjim.

ziyo_20_02_2013

O‘yinlar flesh-texnologiyasida yaratilgan bo‘lib, maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. O‘yinlarni birinchi sinf o‘quvchilari ham (Matematik pazl) va katta yoshdagilar ham (Yo‘l harakati qoidalari) bemalol o‘ynashlari mumkin. Dinamik o‘yinlarni afzal ko‘ruvlar uchun esa “Munajjim” o‘yini mos keladi. U “Arkanoid” turkumiga mansub bo‘lib, astronomiyaga oid bilimlaringizni test qilish imkoniyatini beradi. Avtorizatsiyadan o‘tib o‘ynasangiz, ball yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shu bilan birga, darajangiz saqlanib turadi va barcha o‘yinchilar o‘rtasida reyting berib boriladi. Reytingi yuqori ishtirokchilarni esa qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

ziyo_20_02_2013_1

Bundan tashqari, Britaniya Kengashi ham bolalarga mo‘ljallangan ingliz tilida 10 turdagi o‘yinni taqdim etgan. Ingliz tilidagi bilimlaringizni boyitish hamda uni tekshirib ko‘rish uchun bu qulay imkoniyat.
Bu hali hammasi emas! O‘yinlar sonini doimiy ravishda ko‘paytirib borish ko‘zda tutilgan.

ziyo_20_02_2013_2

O‘yinlar bo‘limining ochilishi – UZINFOCOM Markazi tomonidan ZiyoNET tarmog‘ining zamon talablari asosida modernizatsiya qilinishi yo‘lidagi navbatdagi qadamlardan biridir.

Orphus system