«Bilayn» Call-markazi Xrustalnaya Garnitura® IX Xalqaro Mukofotinig finaliga chiqdi
21.02.2013
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori «Bilayn» (Unitel MCHJ va Buzton QK) Xrustalnaya Garnitura® Mukofotining expert Hay’at a’zolarining ovoz berishining birinchi bosqichi yakunlanganligi haqida habar beradi. Unga ko‘ra, «Bilayn» Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati tanlovning qisqa ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘zbekistondagi 2012 yilning eng yaxshi call-markazi ushbu bellashuvda «Eng yaxshi jamoa» nominatsiyasida taqdim etilgan. Loyihada ishtirok etish uchun Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Isroildagi 100 dan ortiq kontakt markazlaridan ishtirok etish uchun jami 200 dan ortiq ariza kelib tushgan.

beeline_21_02_2013

Mazkur hodisani sharhlar ekan, Unitelning Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Lyudmila Chaykovskaya quyidigilarni qayd qildi: «Biz ilk bor bu kabi nufuzli tanlovda ishtirok etmoqdamiz va «Xrustalnaya Garnitura»ning final bosqichiga chiqishni jiddiy muvaffaqiyat, deb bilamiz. Faxrlansak arziydi: o‘tgan yili «Bilayn» call-markazi 73 milliondan ortiq murojatlarni ko‘rib chiqqan va bu O‘zbekiston uchun mutlaq rekord sanaladi. Endi esa finalda munosib ishtirok etish hamda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz».

20 ta g‘olib 19 mart kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan Call Center World Forum — Sharqiy Yevropadagi eng yirik mijozlarga xizmat ko‘rsatish va kontakt markazlari uchun texnologiyalar va servislar ko‘rgazmasi hamda konferensiyasining birinchi kechasida Xrustalnaya Garnitura® tantanali taqdimot marosimida e’lon qilinadi.

Xrustalnaya Garnitura® Mukofoti va «Yil Operatori» professional tanlovi Call Center Guru professionallar hamjamiyati tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, yorqin tarixga ega va 2005 yildan kontakt markazlari industriyasida eng sara ishtirokchilar u bilan taqdirlanib keladilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq