IPTV: interaktiv, raqamli internet-televideniye!

iptv_19_02_2013

Keyingi yillarda interaktiv, IPTV– raqamli internet-televideniye haqida juda ko‘p eshitmoqdamiz. Ko‘pchilikda shunday savol tug‘ilishi mumkin: IPTV — yerosti yoki kabel raqamli televideniyesidan nimasi bilan farq qiladi va uning interaktivligi nimalarda namoyon bo‘ladi? IPTV foydalanuvchilariga qanday servislar taqdim etilishi haqida so‘zlab berishni «O‘zbektelekom» AK «BRM» filiali IPTV boshqaruv xizmati mutaxassisi Malik Maxmudovdan so‘radik.

iptv_19_02_2013_1

2012-yil noyabr oyida «O‘zbektelekom» AK TelecomTV brendi ostida butunlay yangi servis — IPTV’ni ishga tushirdi. IPTV texnologiyasi IP-tarmog‘i orqali videooqimi bilan HD-razresheniyali ko‘pkanalli ovozga ega raqamli televideniyeni namoyish etish imkoniyatiga ega.

IPTV texnologiyasi (ingl. Internet Protocol Television) (IP-TV, IP-televideniye) — tarmoqda IP protokoli bo‘yicha ma’lumotlar uzatish raqamli televideniye, televideniyening yangi avlodidir. IP televideniyening interfaolligi va kontentdan foydalanish bilan bog‘liq qator qo‘shimcha xizmatlarni (Video on Demand (VoD), TVoIP, Time Shifted TV, Network Personal Video Recorder, Electronic Program Guide, Near Video on Demand) taqdim qilish imkoniyatlari asosiy ustunlik tomoni hisoblanadi. Vozmojnosti IP protokoli faqat videoxizmatlarni emas, balki, ancha keng doiradagi xizmatlar paketini, shu jumladan, interfaol hamda kiritilgan xizmatlarni taqdim eitsh imkoniyatlarini beradi. Manba: http://ru.wikipedia.org/wiki/IPTV

IPTV o‘zi nima va ushbu servis nimasi bilan e’tiborli?
Birinchi navbatda, bu abonentlarga interfaol servislardan foydalanish imkonini beruvchi ikki tomonli raqamli televideniye. Ko‘rsatuvlarni faqat bir tomonlama tamosha qilibgina qolmay, balki ularni boshqarish imkoniyatlari, masalan, ko‘rsatuvni to‘xtatib turish va shu joyining o‘zidan keyinroq tamosha qilishni davom ettirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ushbu xizmat Time-Shifted TV deb ataladi va efirda namoyish etilayotgan teleko‘rsatuvni ko‘rib chiqishni yoki 2 soat orqaga surib, ko‘rishga imkon beradi.

iptv_19_02_2013_2

Agar o‘tib ketgan ko‘rsatuvni ko‘rish zarurati paydo bo‘lsa, TV on Demand (TVoD) servisidan foydalanish zarur va foydalanuvchi uchun zarur qiziqarli syujetga buyurtmani amalga oshirish lozim. Bunda mavjud ko‘rsatuvlarni saqlash muddati 2 kecha-kunduzni tashkil etadi.

iptv_19_02_2013_3

Video on Demand (VoD) — talabga muvofiq video servisi juda qiziqarli. Bu abonentga videofilmlarni individual uzatish tizimidir. Servis abonentga unga yoqib qolgan istalgan film yoki klipni VoD-server bibliotekasidan taqdim etish imkonini beradi. Abonent filmni tamosha qilishda vaqtincha to‘xtatib turish va uni qayta-qayta ko‘rish funksiyalaridan foydalanishi mumkin.

Yana bir interaktiv servis — near Video on Demand (nVoD) bo‘lib, «deyarli» talabga ko‘ra videodir. Mazkur servisni «virtual kinozal» yoki «arg‘imchoq video» deb ham ataydilar. Ushbu servis VoD’ga o‘xshaydi, biroq bir vaqtda mazkur xizmatga ulangan ko‘plab foydalanuvchilarga mo‘ljallangan. Oldindan jadvalga muvofiq videokontentni namoyish etish dasturi tuziladi. Foydalanuvchi mazkur dasturni ko‘rib, o‘ziga qiziqarli bo‘lgan kontentni tamosha qilishni rejalashtirishi mumkin.

Bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK TelecomTV abonentlari 34ta ommaviy efir va yo‘ldoshli kanallarini hamda raqamli televideniye zamonaviy servislaridan, shu jumladan, teleko‘rsatuvlar elektron dasturi — EPG, telekanallar mozaikasi — Mosaic View, alohida telekanallarni tamosha qilishni cheklash kabi servislardan foydalanish imkoniyatlarini taqdim etadi. IPTV — bu qator ustunliklarga ega zamonaviy texnologiya ekanligini, ulardan asosiysi — tasvir va tovush sifati yuqoriligi hisoblanadi.

Oddiy televizorda IPTV telekanallarini tamosha qilish uchun maxsus Set top Box (STB) pristavkasidan foydalaniladi, video ma’lumotlarni dekodlashtirib hamda shifrlangan videoni televizor ekraniga olib chiqadi, hozirda abonentlarimizga mazkur uskunaning: eng oddiydan to «ilgarilab ketgan», yoziladigan videoni saqlash uchun qattiq diskli ikki turi mavjud.

Orphus system