«О‘zbektelekom» AK yangi Call-markazi ochildi
19.02.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

«О‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «TShTT» filiali Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish markazi (CHXKM)dagi mavjud uskunalarini Toshkent shahrining 234- ATS’dan 255 ATS’ga ko‘chirish va kengaytirish bo‘yicha ishlarni yakunladi. 2013-yil 18-fevral kuni kompaniya filiallari va korxonalari rahbarlari ishtirokida «O‘zbektelekom» AK yangi Call-markaz taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasi raisi, «O‘zbektelekom» AK kuzatuv kengashining raisi Xurshid Mirzaxidov ishtirokchilar oldida tabrik so‘zi bilan chiqdi.

«О‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali yangi Call-markazi Toshkent shahridagi 255 ATS binosining ikkinchi qavatida joylashgan. Bugungi kunda markazda tunu-kun mobaynida uch smenada 125 nafar operator xizmat qiladi. Butun O‘zbekiston bo‘ylab faoliyat yuritadigan Call-markazning kelgusidagi kengaytirilishi uchun binoning yana ikki qavati ham jihozlangan. Shunday ekan, operatorlar sonining kengaytirilishi zaruratga ko‘ra rejaga asosan amalga oshiriladi.

Call-markaz xodimlari ishlashi uchun barcha sharoitlar: qulay kompyuterlashtirilgan ish o‘rni, kiyim almashtirish xonasi va oshxona, dam olish xonalari tashkil etilgan. Yangi Call- markaz xonalari yorug‘ va juda keng.

Bu yerda kontroller-supervayzorlar faoliyat yuritadi.

«Keyslar» bo‘yicha ish yurituvchi inspektorlar kabineti.

«O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali Call-markazining kengaytirilishi haqida so‘zlab berishni «TShTT» filiali tijorat masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Axror Muhitdinovdan iltimos qildik.

«Toshkent shahrida birinchi telefon ma’lumotnamalar xizmati deyarli 75 yil ilgari tashkil etilgan. O‘sha vaqtlarda uni oddiygina «09» xizmati» deb ataganlar. Shaharning telefon tarmog‘i 5 mingdan ortiq abonentni tashkil etardi. 09 xizmatida operatorlar ishi qo‘l mehnati tamoyiliga asosan tashkil etilgandi. Operatorning ma’lumotlarni izlash ishi qog‘oz kartotekalar bo‘yicha amalga oshirilardi. Telefonistlar ish joyi amalga oshiradigan faoliyati talabiga muvofiq ish kartotekalari bilan jihozlangan edi. Barcha ma’lumot-axborotlar qog‘ozda ifoda etilgan bo‘lardi.

2003-yildan boshlab operatorlar ish o‘rnini avtomatlashtirishga kirishildi. «O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali Axborot-hisoblash markazi mutaxassislari tomonidan filiala «TShTT» «O‘zbektelekom» AK «AXM» masalari kompleksi–ta’minot dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dasturiy kompleksning o‘rnatilishi operatorlar ish joyida qog‘oz kartotekalardan foydalanishdan voz kechilishiga imkon berdi va zarur axborotlarni izlashni avtomatik rejimda amalga oshirish imkonini berdi.

2009-yil aprel oyida «Protey» kompaniyasi bazasi uskunasi asosida «09» ma’lumotlar xizmati modernizatsiyalashtirilib, barcha xalqaro talablarga javob beruvchi zamonaviy «Call-markaz»ga aylantirildi. Natija darhol namoyon bo‘ldi, sababi ma’lumotlarning statistik hisobotlarni va butun tizim bo‘yicha ishni yaxshilashni tahlil qilish ishlarini yanada sifatli olib boorish imkoniyati yuzaga keldi.

«O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali Axborot-hisoblash markazi bazasida Call-markaz intellektual platformasini joriy etilishi ma’lumot-axborotlar xizmati turlari doirasini kengaytirish hamda zamonaviy intellektual xizmatlarni joriy etish imkonini berdi.

«О‘zbektelekom» AK «TShTT» filiala Call-markazi interaktiv xizmatlari quyidagilardan iborat:
• Joriy kun uchun ob-havo ma’lumoti (telefon 1001)
• Virtual ofis
• Bepul chaqiriq
• Tele-ovoz berish
• Xabardor qilish
• Pazandachilik retseptlari (telefon 2000505)
• Tabriklar (telefon 2000101)
• Ertak (telefon 2000100)
• «O‘z hisobingni bilib ol» (telefon 1058)
• Kontent-provayderlar xizmati.

«О‘zbektelekom» AK «TShTT» filiala Call- markazining kengaytirilishi

Hozirgi vaqtda O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «TShTT» filiali Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish markazidagi mavjud uskunalarini Toshkent shahrining 234-ATS’dan 255 ATS’ga ko‘chirish va kengaytirish bo‘yicha ishlarni yakunladi. Toshkent shahrida CHXKM statistik ma’lumotlarining tahlili natijalari bo‘yicha ma’lumot-axborotlar xarakteridagi va ko‘ngilochar xizmatlarga talablarning barqaror o‘sishi kuzatilganligini ta’kidlash mumkin.

YACHXKM’ni tashkil etish loyihasining keyingi bosqichini amalga oshirish ishlari Respublikaning barcha hududlari bo‘ylab «O‘zbektelekom» AK abonentlarini mazkur xizmat turlariga bo‘lgan talablarini qondirishdan iborat. «O‘zbektelekom» AK tomonidan YACHXKM’ni joriy etish uchun unga muvofiq qo‘shimcha server uskunalarini, «O‘zbektelekom» AK viloyat filiallarida VoIP shlyuzlari hamda kommutatorlarni o‘rnatishni talab etadi. Shuningdek, «O‘zbektelekom» AK’ning har bir viloyat filiallari bo‘yicha operatorlar sonining 10 nafardan kengaytirilishi rejalashtirilgan. Kompaniyaning telekommunikatsiyalar va personalni rivojlantirish markazida yetkazib berilgan texnik uskunalarni puxta o‘rganilishi va kelgusida xizmatda foydalanish uchun filiallar mutaxassislarini o‘qitish va tayyorlash ko‘zda tutilgan.

О‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YACHXKM uskunalari bilan aloqani tashkil etish sxemasi

YACHXKMni joriy etish quyidagilarni ta’minlaydi:
— bir vaqtda ishlaydigan, kirish va chiqish telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshiruvchi 350gacha operatorlarni ulash;
— tizimda bir vaqtda amalga oshiruvchi 1000ta qo‘ng‘iroqni qo‘llab-quvvatlash;
— kuniga 150 000 qo‘ng‘iroq yuklamasi bilan ish yuritish, KYUCH soatiga 30 000 qo‘ng‘iroq;
— operatsion xarajat va kapital mablag‘larni minimallashtirish;
— katta sonli qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonining oshirish yo‘li bilan daromadni o‘stirish, yangi xizmatlarni joriy etish va autsorsing xizmatini ko‘rsatish.

Kelgusiga taqdim etiladigan yechimlar yaratilayotgan platforma bazasida 112 (favqulodda vaziyatlarda yagona dispetcherlik xizmati) tashkil etilishi bilan intellektual ovozli va multimediyali xizmatlar ko‘rsatilishi imkoniga ega. Istiqbolda taqdim etiladigan yechimlar kelgusida rivojlantirish imkoniga ega.

Mazkur loyihani amalga oshirish mamlakatda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish va milliy axborot infrastrukturasining global axborot tizimiga integratsiyasining navbatdagi bosqichi bo‘ladi» — ta’kidladi Axror Muxitdinov.

Taqdimotdan so‘ng mintaqaviy va ixtisoslashgan filiallar, shuningdek, «O‘zbektelekom» AK tarkibiga kiruvchi korxonalar rahbarlari Call-markaz ishi bilan tanishish, qiziqtirgan savollariga javob olish va takliflarini bayon etish imkoniga ega bo‘ldilar.

«О‘zbektelekom» AK Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Qahramon Yuldashev kompaniyaning filial va korxonalari rahbarlariga chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi (Call-markazi) ning kengaytirilishi haqida so‘zlab bermoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq