“Zo‘r-Zo‘r STAR”: “Beeline” yulduzlarni yondiradi!
15.02.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (“Unitel” MCHJ va “Buzton” QK) “O‘zbekiston madaniyat va san’at forumi” Jamg‘armasi yordamida yosh ijrochilar uchun “Zo‘r-Zo‘r STAR” musiqiy tanlovini taqdim etadi. 2013 yil 15 fevraldan 7 iyunga qadar eng yaxshi tanlov ishtirokchilari aniqlanadi, ular respuplikaning 18 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan istalgan fuqarosi bo’lishi mumkun.

“Iste’dodli yoshlar – bugungi kundagi va kelajakdagi barcha muvaffaqiyatlarimiz garovi, – voqeani sharhlaydi Unitelning Tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – O‘zbekiston jahonning eng yosh davlatlaridan biri hisoblanadi. Shubhasiz, yoshlar segmenti bizlar uchun juda qiziqarli va shuning uchun biz 2010 yilda MDH davlatlari ichida “Vimpelcom” kompaniyalaridan birinchi bo‘lib “Zo‘r-Zo‘r” yoshlar brendiga asos soldik. Uning vazifasi – mutlaqo yoshlar uchun mo‘jallangan noyob ilovalarni ishga churishdan iborat va yangi yorqin loyiha buni yana bir bor tasdiqlaydi. Ishonamanki, barchamizni “Zo‘r-Zo‘r STAR” dan unutilmas taassurotlar kutmoqda!”

beeline_15_02_2013

15 fevraldan boshlab tanlov anketalarini www.zurzurstar.uz saytida, shuningdek “Beeline” ochiq ofislarida to‘ldirishingiz mumkin. 7 martga qadar talabgorning shaxsiy imzosi qo‘yilgan anketa, pasport va rasimning skanerdan o‘tkazilgan nusxasi konkurs@zurzurstar.uz electron manzil bo‘yicha qabul qilinadi. 12-dan 17 martga qadar Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida kasting bo‘lib o‘tadi, uning yakunlari bo‘yicha “Zo‘r-Zo‘r STAR” loyihasining 11 ta ishtirokchisi saralab olinadi.

beeline_15_02_2013_1

Madaniyat sohasining ko‘zga ko‘ringan arboblaridan tashkil topgan hay’at a’zolaridan tashqari eng yaxshi ishtirokchilarni g‘oliblar SMS ovoz berish yo‘li bilan aniqlaydilar. Loyihaning borishi va hisobot konsertlarini “Forum-TV” kanali dasturlarida va www.zurzurstar.uz saytlarida kuzatib borish mumkin, tanlovning ijtimoiy tarmoqlardagi axborot ko‘makchisi bo‘lgan www.odnoklassniki.ru saytidagi “Zo‘r-Zo‘r STAR” uslubida bezatilgan maxsus sahifalarida ishtirokchilar bilan jonli muloqotni amalga oshirish mumkin.

Odnoklassniki.ru saytining matbuot kotibi Mariya Lapuk: “Bu judayam ajoyib loyiha, u haqiqiy iste’dod egalariga o‘z tinglovchilarini topish imkoniyatini yaratadi, va biz katta mamnuniyat bilan “Zo‘r-Zo‘r STAR” tanlovini qo‘llab quvvatlaymiz. Bizning ijtimoiy tarmoq butun dunyo bo’ylab millionlab insonlarni birlashtirgan, agar kishi haqiqiy iste’dod egasi bo‘lsa u albatta o‘z muxlislarini topadi”.

beeline_15_02_2013_2

“Zo‘r-Zo‘r STAR” ishtirokchilarini vokal, xoreografiya, aktyorlik mahorati, psihologiya va boshqa fan sohalari bo‘yicha O‘zbekistondagi eng zo‘r mutaxasis muallimlar bilan mashg‘ulotlar hamda mashhur estrada va kino yulduzlari tomonidan o’tkaziladigan mahorat darslari kutmoqda.

Batafsil ma’lumot www.zurzurstar.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq