“Bilayn” salonlaridagi GALAXY modelli qatorining smartfonlari Samsung aksiyasida ishtirok etmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Samsung GALAXY Tab 2 plansheti, shuningdek Samsung GALAXY S III, Samsung GALAXY S II, Samsung GALAXY S+, Samsung GALAXY Gio va Samsung GALAXY Mini telefonlari ishtirok etayotgan Samsung aksiyasi haqida e‘lon qiladi.

Ushbu devayslarni “Bilayn”ning Toshkent, Samarqand, Buxoro va Farg‘onadagi o‘z ofislaridan 8 martga qadar xarid qilib, kompaniya abonentlari ishlab chiqaruvchidan kafolatlangan sovg‘alardan birini qo‘lga kiritadi.

beeline_13_02_2013

Mazkur aksiyani shrhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Samsung bilan hamkorligimiz uchinchi yil davom etmoqda, bunda “Bilayn” mijozlari orasida GALAXY modelli qatori alohida talabga ega. Hamkorlarimizning navbatdagi aksiyalarida ishtirok etishdan mamnunmiz, chunki ular abonentlarga foyda bermoqda”.

Aksiyada ishtirok etish uchun 8 martga qadar 1 yillik rasmiy kafolati bilan Samsung mobil telefonini xarid qilish lozim. “Fleshka” texnomarkazidagi Samsung axborot promo-ustunida ro‘yxatdan o‘tib va sotib olingan telefon, kafolat taloni va chekni promouterga ko‘rsatib, abonent kafolatlangan sovg‘a – 8 Gb lik xotira kartasi va Samsung servis markazlaridan birida ilovalarni yuklashga sertifikatni qo‘lga kiritadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system