Abay Kolanov Buzton QK MCHJ Bosh direktori etib tayinlandi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Abay Kolanov Buzton QK MCHJ Bosh direktori lavozimiga tayinlanganligini e‘lon qiladi. U bu lavozimda ishlagan, kompaniyani o‘tgan yili tark etgan Erkin Achildievning o‘rniga bo‘ldi.

“Oxirgi yilda Abayning rahbarligi ostida kompaniyaning barcha filiallari o‘zlarining bozordagi pozitsiyalarini mustahkamladi, viloyatlarning aksariyat qismida esa “Bilayn”, shubhasiz, yetakchiga aylandi, – tayinlanishni sharhlaydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Hozir oldimizga simli texnologiyalarni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha aniq maqsadlar qo‘yilgan va ishonamanki, Abay ushbu vazifani uddasidan chiqadi”.

beeline_12_02_2013

Abay Kolanov yangi pozitsiyada “Bilayn”ning hududiy filiallarini rivojlantirishni nazorat qilishni davom ettiradi.

“Bilayn” – O‘zbekistonda birinchi birlashtirilgan aloqa operatori va bu alohida mas‘uliyat yuklaydi, – deydi Abay Kolanov. – Biz Toshkent va boshqa yirik shaharlarda optik-tolali tarmoqlarni qurish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni amalga oshirmoqdamiz. Bu nafaqat kompaniyaning texnologik afzalliklarini oshiradi, balki respublikani yanada internetlashtirishga xizmat qiladi. Buztonning kelajagini men innovatsiyalar va biznes hamda ommaviy bozorlar uchun oddiy va arzon takliflarni joriy qilishda ko‘rmoqdaman”.

Abay Kolanov 1977 yilda Nukusda tug‘ilgan. Nukus kompyuter va axborot texnologiyalari kollejida “Ko‘rsatuvlarning raqamli va analogli tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olgan. 1998 yilda Olma-Ota Davlat universitetining “Geografiya va ekologiya” fakultetini tamomlagan.

Abayning mehnat faoliyati 1999 yilda “Naytov” O‘zbekiston-Amerika QK da boshlangan, u yerda u ikki yil ichida qo‘llab-quvvatlash operatoridan “Naytov-Nukus” SHK direktorigacha ko‘tarilgan. Uning ma’lumotlarni yetkazish va tarmoqlarni birlashtirish xizmatlarini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatli tajribasi telekomdagi navbatdagi karyerani qilish imkonini berdi: 2003 yilda Abay Kolanov Buzton QK Qoraqalpog‘istondagi biznesini “yo‘q joydan” yaratib, kompaniyaning Nukus filialiga rahbar bo‘lgan.

2006 yil iyundan Abay Bilayn-O‘zbekiston tizimida, Qoraqalpog‘iston Rsepublikasi va Xorazm viloyati hududiga xizmat ko‘rsatuvchi G‘arbiy hududiy filial direktori lavozimida ishlab kelgan. Uning rahbarligi ostida “Bilayn” qisqa muddat ichida hududiy bozorning yetakchisiga aylangan.

2012 yil yanvardan – “Unitel” MCHJ hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori.

O‘zbekistonning telekommunikatsion sohasining rivojiga qo‘shgan hissasi uchun unga O‘zAAA Faxriy yorlig‘i berilgan. Ishdan bo‘sh paytlarida ov qilish va baliq ovi bilan mashg‘ul. O‘zbek, qoraqalpoq va qozoq tillarini mukammal egallagan. Oilali, uchta farzandi bor.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system