“O‘zbekiston pochtasi” OAJ va “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi hamkorligida yangi loyiha faoliyat ko‘rsata boshladi

alskom_8_02_2013

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘shimcha xizmat turlarini kengaytirish, mamlakatning chekka hududlarida joylashgan aholini keng qamrovli sug ‘urta xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida 2012 yil 21 dekabrda “O‘zbekiston pochtasi” OAJ va “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi q o‘shma buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra pochta bog‘lamalari va bo‘linmalarida tez va qulay tarzda “ALSKOM” kompaniyasining sug‘urta xizmatlarini keng sotilishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu boradagi hamkorlik “O‘zbekiston pochtasi” OAJning hududiy filiallari va “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasining filiallari o‘rtasida tuzilgan agentlik kelishuvlari asosida amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 11 yanvaridan e’tiboran buyruq bilan tasdiqlangan jadvalga asosan, joylarda “O‘zbekiston pochtasi” OAJning barcha filiallarida pochtaning mas’ul xodimlari uchun sug‘urta polislarini sotish bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.

Tez kunlarda, “O‘zbekiston pochtasi” OAJning keng tarmoqi orqali aholi uchun maqbul sug‘urta xizmatlarini sotuvi tashkil etiladi. Hatto mamlakatimizning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi yurdoshlarimiz ham pochta aloqa tarmoqlari orqali sug‘urta xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ va “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi hamkorligida boshlangan ushbu yirik loyiha mamlakatimiz aholisini qulay tarzda sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlash bilan bir qatorda pochta tizimida qo‘shimcha xizmat turlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Orphus system