TATUda Koreyalik hamkorlar bilan “Android tizimidagi dasturiy mahsulotlar” ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
02.02.2013
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

tuit_2_02_2013

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013 yil 21 yanvar kuni ikkita yirik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Birinchi tadbir kunning birinchi yarmida TATU anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi.Bunda TATU rektori X.Muxitdinov “Universitetlar ilmiy tadqiqot potensialini rivojlantirishda elektron ta’limning strategiyasi” mavzusida va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Day-Van Jan “O‘zbekiston-Koreya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi munosabatlarni rivojlanishi” mavzusida ma’ruza qilishdi. Ma’ruzalar yakunida qizg‘in savol-javoblar bilan o‘tdi.

Kunning ikkinchi yarmida navbatdagi tadbir “Android tizimidagi dasturiy mahsulotlar” ko‘rgazmasi o‘z ishini TATUda boshladi.

tuit_2_02_2013_1

Bunda asosan Android operatsion tizimi uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlar namoyish etildi. Ko‘rgazmaga Koreya transport milliy universitetidan 4 ta, Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan 4 ta, Toshkent axborot texnologiyalari va Toshkent aloqa kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan yaratilgan 6 ta dasturiy mahsulotlar qo‘yildi. Ko‘rgazma mehmonlari sifatida Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi, Koreya transport milliy universiteti vakillari, LG Electronics va Samsung Electronics kompaniyalarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari, East-Telecom kompaniyasining bosh direktori,Toshkentdagi Koreya o‘quv markazi direktori, Toshkent axborot texnologiyalari va Toshkent aloka kasb-hunar kollejlari direktorlari qatnashdilar.

tuit_2_02_2013_2

tuit_2_02_2013_3

tuit_2_02_2013_4

Ko‘rgazma mehmonlari kollej o‘quvchilari tomonidan yaratilgan dasturiy mahsulotlar, ya’ni “Toshkent bo‘yicha sayoxat”, “Bolalar uchun matematika”, “O‘zbekistonda ta’lim”, “O‘zbek milliy taomlari”, “Buxgalteriya hisob-kitobi”, “Onlayn TV”larni katta qiziqish bilan kuzatishdi. Ko‘rgazmada ishtirok etgan kollej o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan loyihalar ichidan 1-o‘rinni “Bolalar uchun matematika” loyihasi, 2-o‘rinni “Onlayn TV” loyihasi, 3-o‘rinni qolgan loyihalar egallashdi.

tuit_2_02_2013_5

tuit_2_02_2013_6

Kunning so‘ngida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda “Android operatsion tizimi uchun dasturlar yaratish” trening-seminar ishtrokchilariva ko‘rgazma g‘oliblari Koreya transport milliy universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari va Toshkent aloqa kasb-hunar kollejlari tomonidan tayyorlangan sertifikatlar, diplomlarvasovg‘alar bilan taqdirlandilar. Tadbir so‘ngida talaba-o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.

tuit_2_02_2013_7

Bunda “Gangnam Style” zamonaviy raqsi, “Lazgi” milliy raqsi, “Kelin salom”, “Yelpig‘ichlar” koreya milliy raqsi va boshqa qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

tuit_2_02_2013_8

tuit_2_02_2013_9

tuit_2_02_2013_10

tuit_2_02_2013_11

Universitet rahbariyati Koreya transport milliy universiteti vakillari bilan kelgusida ushbu o‘quv trening-seminar va ko‘rgazma tadbirlarini davom ettirishni kelishib olishdi. Manba: www.tuit.uz

tuit_2_02_2013_12

tuit_2_02_2013_13

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq