Namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni sotib oldilar

pochta_2_02_2013

Qishloq joylardagi aholining yashash sharoitini yaxshilash maqsadida Respublika miqyosida zamonaviy talablarga javob beradigan uy-joylar namunaviy loyihalar asosida qurilayotganligi munosabati bilan, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ xodimlarining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish hamda ularni barcha qulayliklarga ega bo‘lgan uy-joylar bilan ta’minlash maqsadida, 2012 yilda «O‘zbekiston pochtasi» OAJ ko‘magida Jamiyat xodimlaridan 38 nafari namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni sotib oldilar.

pochta_2_02_2013_1

2013 yilda Jamiyat xodimlardan yana 50 nafari ana shunday uy-joylarga ega bo’lish uchun dastlabki to‘lovni amalga oshirdilar.

pochta_2_02_2013_2

Jamiyat xodimlari tomonidan namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylarni sotib olinishida OAT “Aloqabank” va boshqa joylardagi banklar tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lib, tegishli kredit hujjatlarni rasmiylashtirish «O‘zbekiston pochtasi» OAJ yordamida amalga oshirildi. 2013 yilda Jamiyat xodimlari tomonidan uy-joylarni sotib olish uchun OAT “Aloqabank” tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlar miqdori 1 613,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Manba: www.pochta.uz

Orphus system