O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanish holatiga bag‘ishlangan matbuot-anjumani

conference_31_01_2013

31-yanvar kuni «O‘zbektelekom» AK tomonidan «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanish holati» mavzusida matbuot-anjumani o‘tkazildi, unda ommaviy axborot vositalari vakillariga respublikamizda telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanish holati va istiqbolli vazifalar to‘g‘risida axborot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi.

18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining hisobotida axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni tezkor amalga oshirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Xususan, quyidagilar ta’kidlandi: “Axborot-kommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarini jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilishimiz zarur”.

Yurtboshimiz:“Joriy yilning o‘zida Jizzax, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida beshta raqamli televizion uzatgich o‘rnatish yo‘li bilan raqamli televideniyeni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish va mamlakatimiz aholisini raqamli televideniye bilan qamrab olish darajasini 42 foizdan 45 foizga yetkazishni ta’minlash lozim”, – deb ta’kidladi

Matbuot-anjumanida «O‘zbektelekom» AK Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari K.A.Yuldashev, ma’ruza qildi.

conference_31_01_2013_1

U kompaniyaning 2012-yilda amalga oshirgan ishlari va 2013-yildagi rejalari haqida batavsil so‘zlab berdi.

conference_31_01_2013_2

2013-yilda zamonaviy texnologiya bo‘yicha videotelefoniya, internet-televideniya, yuqori tezlikdagi Internet, HDTV kanallarni tomosha qilish va boshqa xizmatlarni taqdim etish uchun 2 ming kilometrdan ortiq optik-tolali keng polosali ulanish tarmoqlari qurilish ishlarining bajarilishi, magistral va zonali telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilishi kerak.

2012-yilda “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va zamonaviy xizmatlarni joriy etish bo‘yicha qator katta investitsiya loyihalarini amalga oshirdi.

O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilga investitsiya dasturiga muvofiq:

— Boysun – Denov va Urgut – Shahrisabz yo‘nalishlarida 175 km optik-tolali aloqa liniyalari qurildi va foydalanishga topshirildi;
— xalqaro kommunikatsiya markazlarining sig‘imlari 2 barobarga oshirildi;
— Xalqaro paketli kommunikatsiya markazi o‘tkazish qobiliyati 4 barobarga oshirildi, bu esa xalqaro Internet tarmog‘iga ulanish tezligini 40 Gbit/s. gacha oshirishga imkon berdi. Bu o‘z navbatida, keng polosali internet foydalanuvchilari sonini oshirishga va xizmatlarga tariflarni pasaytirishga imkon beradi;
— xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi o‘tgan yilga nisbatan 61,0 foizga oshdi va 7780 Mbit/s. ni tashkil qildi;
1 Mb/s. tashqi Internet-kanalning narxi 422 AQSH dollarini tashkil etdi, bu 2012-yilning shu davrga nisbatan 25 foizga pastdir;
— yangi avlod tarmoqlari texnologiyalari (NGN) asosida aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish uchun mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan 292,05 ming raqamli kommutatsiya stansiyalarini modernizasiyalash amalga oshirildi.

conference_31_01_2013_3

Mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish maqsadida, xususan, CDMA standartidagi mobil tarmoqlar orqali keng polosali ma’lumotlarni uzatishni tashkil etish maqsadlarida:

140 baza stansiyalar o‘rnatildi va 5 kommutatsiya markazlari qurildi. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida mobil tarmoq orqali xizmatlar ko‘rsatiladigan aholi punktlari soni 8 440, aholini tarmoq bilan qamrab olish darajasi 71 foizga yetdi.
• CDMA-450 mobil tarmog‘i abonentlari soni 200 mingdan oshib ketdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-1855-sonli “O‘zbekiston Respublikasi 2013-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq:

1. “O‘zbekiston Respublikasi hududida, shu jumladan, qishloq joylarida EVDO texnologiyasini qo‘llash bilan CDMA-450 mobil tarmog‘ini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilishi boshlandi, uning doirasida qo‘shimcha 201 baza stansiyalarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan, buning natijasida CDMA-450 tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 84 foizga yetadi.

Shu bilan birga, qishloq telefon tarmog‘ini raqamlashtirish darajasi 100 foizga yetadi.

2. Keng polosali multiservis xizmatlarini (shu jumladan, IPTV, videotelefoniya, yuqori tezlikdagi internet, HDTV kanallarini tomosha qilish va boshqalar) ko‘rsatish uchun «FTTx-texnologiyalari asosida keng polosali optik-tolali tarmoqlarni keng rivojlantirish” loyihasi doirasida qo‘shimcha 110 ming portlarni o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bugungi kunga kelib, “TSHTT” filiali tomonidan 2 075ta binogacha 598,8 km optik-tolali aloqa liniyalari yotqizilganligini aytib o‘tish zarur. Toshkent shahridagi 873ta binoda FTTB texnologiyalari asosida sig‘imi 22 344 portlar bilan aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

3. “O‘zbektelekom” AK magistral tarmoqlarini O‘zbekiston Respublikasi tuman markazlarigacha kengaytirish va rezervlash” loyihasi doirasida aloqa kanallari o‘tkazish qobiliyatini oshirish va rezervlash rejalashtirilgan:

• xalqaro yo‘nalishlarda 100 Gbit/s gacha (10 barobar);
• viloyat markazlarigacha 40 Gbit/s gacha (4 barobar);
• tuman markazlarigacha 10 Gbit/s gacha (10 barobar).

4. “AKT sohasi va boshqa sohalar kollejlarini O‘zbekiston Respublikasi “Elektron ta’lim” Milliy tarmog‘iga ulash” loyihasi doirasida, 2013-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi 200ta kasb-hunar kollejlari “Elektron ta’lim” Milliy tarmog‘iga ulanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i yaratilgan va unga oliy ta’lim tizimi barcha muassasalari ulangan.

conference_31_01_2013_4

Matbuot-anjumani yakunlanishi bilan “O‘zbektelekom” AK tomonidan jurnalistlar uchun IPTV xizmati bilan tanishuv taqdimoti namoyish etildi.

Orphus system