Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” VIII Milliy mukofoti

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi bilan hamkorlikda milliy va xalqaro jurnalistikaning eng yuksak yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlari fuqarolik pozitsiyalarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda jurnalistlarda tanqidiy fikrlashni va ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni shakllantirish maqsadida “Oltin qalam” VIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovni o‘tkazadi.

3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuniga bag‘ishlangan bu tanlovga 2012-yil 31-martdan 2013-yil 31-mart kunigacha – bir yil davomida gazeta va jurnallarda chop etilgan, radio orqali efirga uzatilgan hamda televideniyeda ko‘rsatilgan va internet nashrlarida berilgan materiallar 2013-yilning 10-aprel kunigacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar ta’sis etilgan:
Jurnalistika sohasida bosh milliy mukofot. G‘olib maxsus diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 200 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Аsosiy mukofotlar:
• Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye – 1, 2, 3-o‘rinlar);
• Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1, 2, 3-o‘rinlar);
• Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma OAV – 1, 2, 3-o‘rinlar);
• Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (internet-jurnalistika – 1, 2, 3-o‘rinlar).

Birinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 160 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Ikkinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 140 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

Uchinchi o‘rinni olgan g‘oliblar diplom, “Oltin qalam” ko‘krak nishoni, statuetkasi va eng kam ish haqining 120 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

“Oltin qalam” tanlovi g‘oliblarini mukofotlash, shuningdek, uni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi.

Shuningdek, qator xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari ham o‘z rag‘batlantiruvchi mukofotlarini ta’sis etgan.

Tanlovga tele-, radio-, bosma materiallar hamda internet nashrlarida e’lon qilingan ishlar taqdim etiladi (5 tadan kam bo‘lmasligi kerak).

Televideniye bo‘yicha videomateriallar, axborot tashuvchi vositaning qanday ko‘rinishda bo‘lishidan qat’i nazar, 3 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi kerak.

Radioeshittirishlar (audiokasseta yoki sistemali disk) 5 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi kerak.
Matbuot va internet materiallari davriy nashrning asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxasida taqdim etilishi lozim.

Таnlovga yuborilgan materiallarga quyidagilar ilova qilinadi:
• muallifning ismi-sharifi, professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
• muallifning turar joyi, uy va ish telefonlari;
• pasport nusxasi.
Tanlov g‘oliblarini mukofotlash marosimi Jahon matbuoti erkinligi kuni – 2013-yil 3-mayda tantanali ravishda o‘tkaziladi.

Mukofot bir shaxsga takroran berilmaydi.

Materiallar “Oltin qalam” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi, 100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
3-qavat, 30, 35-xonalar.
Telefonlar: 244-64-61; 244-64-62; 244-37-87.

Orphus system