AKT sohasi rivojlanishining ustuvor vazifalari belgilandi
22.01.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: www.ccitt.uz.

2013 yil 18 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining “2012-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013-yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi.

Unda Iqtisodiyotda 2013-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari belgiab berilgan.

Hususan O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga:
xalqaro va tarmoq standartlarini, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarini axborotlashtirish darajasini baholashning mezonlari va indikatorlari tizimini amaliyotga joriy etish hamda ular bo‘yicha tizimli monitoring olib borish;

“Elektron hukumat” tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish, tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishning elektron shakllarini joriy etish;

kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, axborot uzatish tezligini oshirish, 2 ming kilometrdan ortiq tolali — optik tarmoqlar qurilishini tugallash hamda axborot resurslari va axborot tizimlaridan yuqori tezlikda keng polosali foydalanishni ta’minlash, Internet tarmog‘ida turli yo‘nalishdagi zamonaviy mahalliy veb-resurslarni yaratish;

2013-2017-yillar davrida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning Kompleks dasturi loyihasini tasdiqlash uchun 2013-yil 1-aprelgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish vazifasi qo’yilgan.

Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qo‘mitani tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi Farmoni va qarorining hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirishning qabul qilingan dasturlari bajarilishini har chorakda ko‘rib chiqish topshirilgan.

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq