Ucell Navoiydagi yangi rebrendlangan ofisini ochdi

Ucell Bosh direktori Ali Aganning O‘zbekiston viloyatlari bo‘ylab qilayotgan xizmat safari doirasida Navoiy shahrida kompaniyaning yangi, zamonaviy rebrendlangan ofisi ochildi.

Navoiy viloyati ishlab chiqarish sanoati rivojlangan, resurslar hamda yuqori malakali kadrlarga boy hudud hisoblanib, mamlakatning markaziy qismidagi eng foydali strategik joylashuvga ega. Bu yerda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining qaroriga muvofiq respublikada birinchi Erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etilgan. Hududdagi sanoat imkoniyatlarining dinamik rivojlanishi maqbul telekommunikatsiya tizimlirini talab etadi.

Ucell kompaniyasi Navoiy viloyatidagi mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Kuni kecha TeliaSonera korporatsiyasi brendining barcha parametrlariga muvofiq keluvchi Ucell kompaniyasining yangi, zamonaviy ofisining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Navoiy shahri hokimiyatining vakillari, Ucell Bosh direktori va O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining hududiy boshqaruv rahbari ishtirok etdi.

Ofis ikki qavatli binoda joylashgan. Birinchi qavat abonentlarga, jumladan, korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lsa, ikkinchi qavatda kompaniya xodimlari hamda dillerlarning hisobotlarini qabul qilish uchun ma’muriy blok joylashgan. Kun mobaynida ofis qariyb 5 000 ta tashrif buyuruvchilarni qabul qilishi, shu vaqt mobaynida 800 nafardan ziyod abonentlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

“Shahar men bolaligimda ko‘plab she’rlarini o‘qigan eng buyuk shoir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning ismi bilan ataladi. Navoiy navqiron, zamonaviy shahar bo‘lib, bundan tashqari, u O‘zbekistonning sanoati yaxshi rivojlangan hududlaridan biri sanaladi. Yangi ofis shahar infratuzilmasiga uyg‘unlashib ketishidan xursandman va umid qilamanki, u sifatli mobil aloqa xizmatlarini taqdim etishda mahalliy aholiga foyda keltiradi”, — dedi ofisning ochilish marosimida Ali Agan.

Tantanali ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar ofis bilan tanishdilar hamda ularga Ucell brendi ostida taqdim etilgan yangi mobil qurilmalar namoyish etildi.

«O‘ziga xos mazkur ofis, noyob imkoniyatlari bilan korporativ mijozlarga ham, oddiy abonentlarga ham xizmat ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, Navoiy Toshkentdan so‘ng rebrendlangan ofis joylashgan birinchi shaharga aylandi. Joriy yilda biz TeliaSonera kompaniyalar guruhining xalqaro standartiga muvofiq bo‘lgan Ucell yangi brendi ostida boshqa viloyatlardagi ofislarimizni ham qayta jihozlashni rejalashtirmoqdamiz», — deya ofis ochilishini izohladi Ucell Marketing departamenti direktori Hikmatulla Nasritdinxo‘jayev.

Shuni ta’kidlash lozim, Ucellning Navoiy viloyatidagi aloqa sifati boshqa operatorlarga taqqoslaganda eng yaxshisi hisoblanadi. Shuning uchun ham Ucell Navoiy viloyatidagi abonentlar soni bo‘yicha yetakchidir. Biroq kompaniya kelgusida ham qamrov zonalarini kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirishni ko‘zlamoqda.

Ofis Navoiy shahrining markaziy qismida 170 massiv, G‘alaba shoh ko‘chasi, «Buyum bozori» yaqinidagi manzilda joylashgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system