“Bilayn” muloqot chegaralarini kengaytirmoqda

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro rouming geografiyasining navbatdagi kengaytirilganligi haqida xabar beradi. Ekaterinburg-2000 (Rossiya), Telefonica (Urugvay), Warid (Uganda) va Mobilis (Jazoir) kompaniyalari bilan Ovozli rouming xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. CAMEL-rouming xizmati endilikda Tele2 (Qozog‘iston) hamkorlik tarmog‘ida amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya’ni abonent balansi $0 ga teng bo‘lguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Bilayn” aloqasidan foydalanish imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablag‘ real vaqt rejimida yechib olinadi. CAMEL-rouming aktivlashtirishni talab qilmaydi, chunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan to‘lov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvchi abonentlar — jismoniy shaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bo‘lganida foydalanishlari mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system