Ucell: tibbiyot ta’limidagi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash

2013-yilning 8-yanvar kuni Ucell kompaniyasi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti (ToshPTI)ning professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan “Pedagogik, kompyuter texnologiyalari hamda ingiliz tilini o‘quv jarayonida qo‘llash” nomli amaliy seminarning homiysi sifatida ishtirok etdi.

O‘quv jarayonini kompyuterlashtirish, amaliy mashg‘ulotlarda kompyuter texnologiyalarini qo‘llash, o‘quv jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, talabalarga fanlarni xorijiy tillarda o‘qitishning ahamiyatini oshirish kabilar seminarning asosiy mavzulari bo‘ldi. Seminarda 500 nafardan ortiq institut xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Ucell 2012-yil yakunlariga ko‘ra institutning eng yaxshi vrach va xodimlarini qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, kompaniya brendi ostidagi yangi mobil telefonlari bilan taqdirladi.

«Jamoat ishlarida faollik va ijtimoiy mas’uliyatni his etish kompaniyamizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Biz sog‘liqni saqlash sohasi yuqori malakali mutaxassislarga tayangan holda qayta shakllanib, rivojlanayotganidan mamnunmiz, – deya mazkur tadbirni izohladi Ucell Korporativ kommunikatsiyalar departamenti rahbari Davron Azizov. – Mazkur seminarga homiylik qilishning omillaridan biri Ucell doimo o‘sib kelayotgan avlodning salomatligi, ilmi va ma’naviyatini yuksaltiruvchi ta’lim, tibbiyot, sport va boshqa sohalardagi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatilashidir».

Minnatdorchilik belgisi sifatida Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Botir Daminov mazkur seminarga homiylik qilgani uchun Ucell kompaniyasiga minnatdorchilik yorlig‘ini topshirdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system