“Bilayn” 2012 yilda xayriya va homiylik maqsdlariga 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni yo‘naltirdi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 2012 yildagi xayriya faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda. Yanvardan dekabrga qadar xayriya va homiylik loyihalariga 3 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

“O‘tgan yilda biz butun mamlakat bo‘ylab o‘n minglab odamlarga ta’siri bo‘lgan tegishli ko‘plab keng ko‘lamli va qiziqarli loyihalarda ishtirok etdik, – deydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Alohida tadbirlarni ajratib ko‘rsatish qiyin, biroq, agar bevosita respublikaning telekom tarmog‘i haqida gapiradigan bo‘lsak, kompaniyamiz Kompter o‘yinlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining, shuningdek AKT INFOCOM 2012 Hafatligining Bosh homiysi bo‘lgan. Alohida shuni qayd etmoqchimanki, “Bilayn”ning istalgan xayrli ishlarida har bir abonentning hissasi bor, chunki oxir-oqibat xayriya faoliyati millionlab mijozlarimizdan chiqadi”.

Korporativ ijtimoiy faoliyat –“Bilayn”ning O‘zbekistondagi faoliyatining ajralmas qismi. Milliy madaniyatni, ta’limga oid loyihalarni va sportni qo‘llab-quvvatlash — ushbu faoliyatning an’anaviy yo‘nalishlari, bu 2012 yilda “Asrlar sadosi” an’anaviy madaniyat festivali va “Hayot uchun” forum-marafoniga ko‘maklashuvda o‘z aksini topgan.

Kompaniya butun mamlakat bo‘ylab 9 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatadi, uning ofislari O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida ochilgan. Shunday ekan, “Bilayn”ning ijtimoiy strategiyasida munitsipal va hududiy hokimliklar bilan yaqin hamkorlikda hududlarni obodonlashtirishdagi yordami katta rol o‘ynaydi. Bolalar, nogironlar hamda faxriylarga yordam qilishga qaratilgan insonparvarlik aksiyalari ham kam ahamiyatli emas.

Shuni ham qayd qilish joizki, kompaniyaning intilishlarida ko‘plab xayriya loyihalarida ko‘pincha o‘z tashabbusi bilan ishtirok etuvchi xodimlari ham jon kuydiradilar.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system