Aloqa va axborotlashtirish sohasida xizmat qilayotgan harbiylar taqdirlandilar

“Vatan himoyachilari kuni” bayrami nishonlanishi munosabati bilan sohaning rivojlanishida xizmat burchlari va topshiriqlarni sidqidildan bajarib kelayotgan harbiylarning mamlakatimiz mudofaa salohiyatini oshirish va uning ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2013 yil 11 yanvardagi buyrug‘iga ko‘ra sohada xizmat qilayotgan bir qator harbiy xodimlar Qo‘mitaning idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Qo‘mitaning «Faxriy yorlig‘i» bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti “Axborot xavfsizligi va axborot texnologiyalari” kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik Xolikov Soyibjon Ergashovich taqdirlandi.

“O‘z kasbini ustasi” belgisi bilan Davlat feld’egerlik xizmati feldaloqa katta ofitseri, kapitan Turaxodjayev Xusnuddin Pazlitdinovich, “Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi” Mobil aloqa vositalar alohida markazi tezkor aloqa kompleks radiostansiya texnik-haydovchisi, kichik serjant Boshmanov Otabek Tursunovich va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Harbiy kafedrasi boshlig‘i, podpolkovnik Turayev Asamiddin Abdivasiyevichlar taqdirlandilar.

Orphus system