Koreya AT ko‘ngillilarining TATU ga tashrifi
12.01.2013
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

2013 yil 10 yanvar kuni universitetda TATU,Toshkent axborot texnologiyalari kasb — hunarkolleji va Toshkent aloqa kasb – hunar kolleji talabalari uchun “Android operatsion tizimi uchun ilova ishlab chiqish” mavzusida Koreya milliy transport universiteti ko`ngillilari ishtrokida o‘quv trening- seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida TATU rektori X. Muhitdinov, Koreya delegatsiyasi boshlig‘i prof. Ryumduck Oh va Toshkent axborot texnologiyalari kasb — hunar kolleji direktori A.Shin tabrik nutqi bilan ishtrok etishdi.

2012 yil oktabr oyida TATU va Koreya milliy transport universiteti (KMTU) tomonidan imzolangan Memorandum doirasida prof.Ryumduck Oh, prof. Jong Hyup Li boshchiligidagi 10 ta KMTU iqtidorli talabalaridan tashkil topgan Koreya ko‘ngillilar guruhi tashrif buyurdi.

2013 yil 10 yanvar kuni universitetda TATU, Toshkent axborot texnologiyalari kasb — hunar kolleji va Toshkent aloqa kasb – hunar kolleji talabalari uchun “Android operatsion tizimi uchuni lova ishlab chiqish” mavzusida Koreya milliy transport universiteti ko‘ngillilari ishtrokida o‘quv trening- seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida TATU rektori X. Muhitdinov, Koreya delegatsiyasi boshlig‘i prof. Ryumduck Oh va Toshkent axborot texnologiyalari kasb — hunar kolleji direktori A.Shin tabrik nutqi bilan ishtrok etishdi.

Android Google kompaniyasi ishlab chiqgan mobil operatsion tizimi hisoblanadi. Bu smart fon va mobil qurilmalarga ochiq platforma bo‘lib, bu o‘quv trening seminar talabalarga yangi bilim, ba’zilarga bu sohadagi bilimlarini mustahkamlashga imkon beradi. O‘quv seminari nafaqat TATU talabalari uchun, balki axborot va telekommunikatsion texnalogiyalar kasb — hunar kollejlari talabalari uchun ham dolzarbdir.

Kelishilgan dastur bo‘yicha o‘quv trening-seminar 19-yanvargacha davom etadi va unda 46 ta talaba: 12 tadan TATU va 2 ta kollejdan, 10 ta talaba KMTUdan ishtirok etadi. 21-yanvar kuni ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar yarmarkasi tashkil qilinadi va muvofaqqiyatli qatnashgan talabalarga sertifikat va sovg`alar topshiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq