2012 yilda “Bilayn” call-markazi tomonidan 73,5 milliondan ortiq murojaatlarga xizmat ko‘rsatildi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining 2012 yildagi faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda.

O‘tgan yilda “Bilayn” call-markazining IVR (Interactive Voice Response) Interaktiv ovozli tizimi tomonidan 73,5 mlndan ortiq qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatildi. Bunda ushbu davrda 13 mlndan ortiq qo‘ng‘iroqlarga operatorlar tomonidan xizmat ko‘rsatildi. Shunday qilib, IVR axborot tizimi abonent so‘rovlarining qariyb 82% ining to‘liq ishlovini ta’minladi, bu undan oldingi yilga nisbatan 5% ko‘p.

“Biz “Bilayn” ovozli servislarini soddalashtirish va ommaviylashtirish ustida muntazam ish olib bormoqdamiz, – call-markaz faoliyati statistikasini sharhlaydi Unitelning Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining rahbari Lyudmila Chaykovskaya. – Yuzlab operatorlar sutka davomida aloqa, Internet hamda boshqa xizmatlar bo‘yicha murojaatlarni qoniqtirishga tayyor. O‘tgan yilda oson bo‘lmadi, biroq mijozlarimiz “Bilayn” call-markazi istalgan masalaga oydinlik kiritishlariga ko‘maklashishining guvohi bo‘ldilar”.

So‘rovlarning mavzusiga kelsak, 2012 yilda eng ularning katta qismiga mobil Internet sozlamalari, USSD-kodlar, qo‘shimcha xizmatlar, shuningdek to‘lov usullari hamda tarif shartlariga to‘g‘ri keldi.

0611 bepul raqamdan tashqari, kompaniya abonentlari 0612 tijorat liniyasidan, shuningdek “Onlayn-maslahatchi” http://0611.beeline.uz noyob chatdan ham foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, STATUS mijozlariga – 0777 alohida ajratilgan kanali bo‘yicha sutka davomida xizmat ko‘rsatish amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2012 yilda “Bilayn” Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati xalq tomonidan onlayn-ovoz berish yakunlari bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yaxshi call-markaz, deb tan olingan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system