Qish… “Bilayn”… “Bayram!”

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) “Bayram!” aksiyasini o‘tkazmoqda. Endilikda abonent balansi $1 dan ortiq mablag‘ga to‘ldirganida, to‘lov miqdorining 10% unga bonus tariqasida taqdim etiladi.

“Bilayn”da yangi yil bayramlari davom etmoqda, – voqeani sharhlaydi Unitel MCHJ Tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – Bundan tashqari: mijozlarimiz butun yil davomida o‘z hisoblarida bayram qilishlari mumkin – bonuslar miqdori faqatgina ularning o‘zlariga bog‘liq”.

Olingan bonuslarni tarmoq ichidagi daqiqalar, SMS va Internetga sarflash mumkin. Bonusning amal qilish muddati – 3 kun. Hisob bir necha marotaba to‘ldirilganida bonuslar birlashtiriladi, ularning amal qilish muddati esa oxirgi olingan bonus paytidan boshlab hisoblanadi. “Bayram” aksiyasiga ulanish uchun *110*2013# bepul kodini terish kifoya.

“Bayram” aksiyasiga 2013 yil 1 martga qadar ulanish mumkin. Batafsil ma’lumot www.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system