“Bilayn” tariflarida abonentlik to‘lovi 1 sentga oshdi
10.01.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, 1 yanvardan mobil aloqa operatorlari tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov haqi mablag‘lari oyiga 500 so‘m miqdorida belgilangan, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 100 so‘mga ko‘p.

Bugun operatorlardan kutilgan yangilik paydo bo‘ldi: “Bilayn” saytida asosiy tariflarda kundalik abonentlik to‘lovlari 1 sentga oshirilganligi haqida axborot e’lon qilindi. An’anaga ko‘ra, respublika aholisi iqtisodiyotning deyarli barcha segmentlarida iste’mol narxlarining o‘sishiga xotirjamilik bilan qaraydilar, biroq telekommunikatsion muhitidagi bu kabi hodisalar ularni tashvishlantiradi. Bu mobil bozorining yetakchi o‘yinchilari yillar davomida fuqarolarni muntazam ravishda o‘z xizmatlarinining arzonlashuviga o‘rgatib qo‘yganligi bilan izohlanadi, shuning uchun ham narxning salgina o‘zgarishi abonentlarning O‘zbekistonda uyali aloqaning narxi – dunyodagi eng arzonlardan biri hisoblanishini gohida esdan chiqaruvchi qismida achchiq ta’sirni keltirib chiqaradi.

Abonentlik to‘loviga o‘zgartirish kiritilishining sababi nimada? Kimdir yuqorda keltirilgan axborot asosida bu – abonentga bo‘lgan soliqning oshishining to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqibati, degan xulosaga kelishi mumkin, biroq www.gazeta.uz jurnalistlari “Bilayn”ning boshqa vajlarini ham tushunishga harakat qilishgan.

Birinchidan, 2012 yil 1 dekabrdan O‘zbekistonda eng kam ish haqi miqdori 10% – 79590 so‘mgacha oshirildi. Birinchi qarashda, bu voqeaning abonentlik to‘lovining o‘sishi bilan kam bog‘liqlik tomoni bor, agarda “Bilayn” bevosita yoki bilvosita o‘z oilasiga ega, shuningdek ish haqlari o‘sishidan manfaatdor bo‘lgan minglab kishilarni ish joylari bilan ta’minlayotganini hisoblamasa. Biroq, mazkur holatda gap boshqa narsa haqida, aynan – kompaniyaning davlatga yillik litsenzion to‘lovlari, shuningdek radiochastotali resurs uchun to‘lovlar haqida ketmoqda. Tahririyatning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu xarajatlar yiliga millionlab dollarlarda hisoblanadi va, eng muhimi, — ularning miqdori O‘zbekistondagi eng kam ish haqining miqdoriga bog‘liq. Xulosa: EKIH o‘sganida – operatorning harajatlari ham oshadi. Agar dekabrda eng kam ish haqining o‘sishi – 2012 yilda birinchi marotaba emasligi, undan olingi avgustdagi o‘sish o‘rtacha 15% ligini hisobga olinsa, barchasi yanada oydinlashadi.

Ikkinchidan, 1 yanvardan mamlakatda yoqilg‘iga bo‘lgan narxlar oshdi. Qaysidir ma’noda YOMM bo‘lgan tariflar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq: hech kimga sir emas, chekka tumanlardagi yuzlab mobil aloqasining asosiy stansiyalari uzluksiz faoliyatni ta’minlovchi dizel-generatorli uskunalar (DGU) bilan jihozlangan. Shunga o‘xshash vazifalar elektr ta’minotning avariya holatida o‘chishi hollarida asosiy stansiyalarni zudlik bilan ishga tushirish uchun foydalanalidigan mobil DGU yordamida bajariladi. Tarmoqlarining ko‘lamlari, ularning doimiy kengayishi, shuningdek aholi pukntlaridan yuzlab kilometr uzoqlikdagi joylarga xizmat ko‘rsatish, u yerga yoqilg‘ini yetkazib berishni hisobga olganda, xarajatlarning mazkur qismini ham jiddiy, deb hisoblasa bo‘ladi.

Ko‘rinadigan xarajatlarning uchinchi qismi – o‘sib borayotgan investitsiyalar. O‘tgan yilda kapital xarajatlarining oshishi “Bilayn”ga xizmat sifati bilan bog‘liq holatni o‘zgartirish imkonini berdi: kompaniya yangi yil kechasidagi og‘ir qiyinchiliklarning uddasidan osongina chiqdi, shuningdek abonentlik bazasining misli ko‘rilmagan oqimi sababli pasaygan aloqa darajasini jiddiy ravishda ko‘tardi. Kompaniyaning 2013 yilga bo‘lgan investitsion rejalari kamida o‘tgan yillardagidan past bo‘lmasligi kutilmoqda.

Pirovardida – xususan soliqning o‘zi aniq sabab. Eslatib o‘tish joiz, ushbu mablag‘larning 70% O‘zbekistonning Davlat budjetiga, 30% esa – Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalari qo‘mitasiga, ulardan investitsion loyihalar va axborotlashtirish dasturlarini amalga oshirish va telekommunikatsion tarmoqlarni rivojlantirish uchun maqsadli foydalanishga yo‘naltiriladi. Boshqacha qilib aytganda, shu tariqa abonentlar respublikaning texnologik taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shadilar, 1 sent esa shuncha ramziy raqam hisoblanadi – ayniqsa bir paytning o‘zida www.beeline.uz da e’lon qilingan, hisob to‘ldirilganida, tushgan mablag‘ning 10% sovg’a qilib beriladigan “Bayram!” aksiyasi to‘g‘risidagi yangilik fonida.

Yakun: biz unchalik katta bo‘lmagan va to‘la qonuniy hodisa hisoblangan “Bilayn” xizmatlarining qimmatlashuvini kuzatmoqdamiz. Bu operatorning aholini sifatli aloqa bilan ta’minlashga qaratilgan ta’sirli sa’y-harakatlari fonida bo‘lib o‘tmoqda. Bundan tashqari: o‘tgan yillar tajribasi birichni bo‘lib harakat qilganning misoliga yaqin kunlarda yuqorida keltirilgan omillar to‘liq ta’sir qiluvchi ikkinchi operator – Ucell ham ergashishi taxmin qilishga asos bo‘ladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq