Ali Agan: “Biz viloyatlarga tez-tez chiqib, har bir mijoz fikrini eshitishga tayyormiz”

2012-yilning noyabr oyidan boshlab, Ucell kompaniyasining Bosh direktori Ali Agan kompaniya bosh menejerlari bilan birga O‘zbekistonning barcha viloyatlaridagi mazkur kompaniya shahobchalari faoliyati bilan yaqindan tanishish va mavjud muammolarni joyida hal qilish maqsadida ishchi safarlar uyushtirishni yo‘lga qo‘ydi. Janob Agan o‘zining birinchi safarini Farg‘ona vodiysining Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan boshladi. Tashrifdan ko‘zda tutilgan maqsad viloyatlarda kompaniya faoliyati bilan shaxsan tanishish, mavjud muammolarni va mazkur viloyatlarda mobil aloqa jabhasining istiqboldagi taraqqiyotini o‘rganishdan iborat.

Ali Agan xizmat safari davomida hokimiyatning mutassadi vakillari, dilerlar, ishbilarmonlar va kompaniya abonentlari bilan uchrashdi. Bu kabi safarlar rahbardan kompaniyaning bo‘linmalari faoliyati, diler punktlarining tashkiliy ishlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek, abonentlarning mobil aloqa xizmatiga doir fikr-mulohazalari va takliflarini bevosita eshitishni taqozo etadi.

“Tashrifimning maqsadi kompaniya xizmatlarini reklama qilish, faoliyatimizni maqtash yoki mijozlarimizni har xil va’dalarga ishontirish emas, balki kompaniya dilerlaridan mavjud muammolarni bilish va bu muammolar yechimini topishda birgalikda yo‘l izlashdan iborat”, — dedi Ali Agan barcha viloyatlar dilerlari bilan o‘tgan uchrashuvida.

Ucell viloyatlarda abonentlar bilan ishlashga, aloqa qamrovini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘tgan kompaniyaning texnikaviy qamrov ko‘rsatkichi 40 foizga o‘sdi. Ayni paytda tarmoq respublikamizning deyarli barcha hududini zabt etgan. Farg‘ona vodiysi respublikada aholi eng ko‘p va zich yashaydigan mintaqa hisoblanadi. Bu yerda 8,5 mln. kishidan ko‘p aholi istiqomat qiladi. Aynan shuning uchun ham Ucell mazkur mintaqada o‘z faoliyatini kengaytirishdan har tomonlama manfaatdor. Kompaniya bugungi kunda aloqa sifatini oshirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, bazaviy stansiyalarini modernizatsiya qilishga doir ishlarni doimiy ravishda amalga oshirmoqda.

Ali Agan safar davomida mintaqada muhim ahamiyatga ega bunyodkorlik ishlari olib borilayotganidan, xo‘jalikning barcha sohalarida o‘ziga xos taraqqiyot ro‘y berganligiga, mobil kompaniyalarning mavqei oshganligiga hamda ko‘p vazifali zamonaviy kommunikatsiya tizimi yaratilganlining guvohi bo‘ldi. O‘z navbatida, hokimiyat vakillari davlatimizning telekommunikatsiya sohasini yanada takomillashtirishga doir dasturlari asosida kompaniyaning Farg‘ona vodiysida biznesni rivojlantirishga doir har qanday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi. Ali Agan uchrashuv davomida bir nechta loyihalar, jumladan, IT-texnologiyalari, xususan, mobil banking istiqbollari, kompaniyaning viloyatlarda joriy etajak yangi innovatsion loyihalariga bog‘liq rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

“Biz O‘zbekiston viloyatlarining o‘ziga xosligiini alohida o‘rganib, biznes maqsadlarni ana shu xususiyatlarga doir ishlab chiqishni ko‘zladik va har bir viloyatga alohida yondashiladi. Shuning uchun ham men, bundan keyin shaxsan o‘zim safarlar uyushtirib turishni amalga oshiraman, TeliaSonera xalqaro brend ammo mahalliy kompaniya sifatida faoliyat ko‘rsatishni targ‘ib qiladi, mazkur g‘oya ijobiy va axoli tomonidan to‘g‘ri qabul qilinayotganiga ishonch hosil qilmoqchima”, — deya izoh berdi Ucell Bosh direktori hokimiyat vakillari bilan o‘tgan uchrashuvlarda.

Ucell kompaniyasi rahbari safar davomida diler tarmoqlarini rivojlantirishga doir masalalarni kun tartibiga kiritdi. U, o‘z navbatida, viloyatlarda ishlayotgan barcha dilerlarga minnatdorchilik bildirib,, kompaniyaga sodiq holda, mashaqqatli mehnat bilan yuqori ko‘rsatkichlar qo‘lga kiritilganini alohida ta’kidladi. Ali Agan yaqin yarim yil ichida kompaniyaning barcha hamkorlari ish sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilashga va’da berdi, ayni paytda dilerlar uchun moddiy rag‘bat tizimi qayta ishlangani, kompaniyaning o‘z ofislariga scratch-karta (EKO karta)lar ta’minoti ko‘paytirilishini, shuningdek, raqamlarni qayta rasmiylashtirish bilan bog‘liq tadbirlar osonlashtirilishini qayd etdi.

Safar davomida Qo‘qon shahrida kompaniyaning yangi dilerlik ofisi ochildi, shuningdek, Ucell kompaniyasining yangi ta’mirdan chiqqan ofisi, Istiqlol ko‘chasi 32-uy, manzili bo‘yicha ishga tushdi. Ali Agan kompaniyaning mintaqadagi xodimlari bilan uchrashuv jarayonida “Bosh-menejerlari bilan yaqindan tanishish, muammolar yechimini ancha tezkorlik bilan hal qilishga, eng muhimi to‘g‘ri qaror qabul qilishga olib keladi. Men bunday safarlarni kelgusida doimiy ravishda uyushtirib turishga va’da beraman”, — dedi.

Ucell kompaniyasining Bosh direktori Ali Agan yaqin kelajakda Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlariga safarlar uyushtirishni rejalashtirmoqda.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system