«Elektromagnit moslashuv markazi» DUK 25 yoshda

2013-yil yanvar oyining boshida «Elektromagnit moslashuv markazi» Davlat unitar korxonasi tashkil etilganiga 25 yil bo‘ladi. E’tiboringizga Markaz faoliyati sharhini taqdim etamiz.

Аloqa va axborotlashtirish sohasining rivoji, uning sifati va ishonchliligi O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi, mazkur vazifa mamlakat aholisi va korxonalarining ko‘p sonli radio qurilmalar: mobil aloqa, simsiz keng polosali Internet, raqamli televideniyadan sifatli va keng foydalanishlarini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Foydalanish davomida ularning ishlash sifati va ishonchliligi – Elektromagnit moslashuv markazi (EMMM) aniq va malakali ishi ko‘rsatkichi hisoblanadi.

EMMM fuqarolik maqsadlaridagi radioelektron vositalar (REV) hamda yuqori chastotali qurilmalar (YUCHQ) tomonidan radiochastota spektridan (RCHS) foydalanishni boshqarish masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxona sifatida tashkil etilgan. O‘z faoliyatining dastlabki kunlaridanoq EMMM aloqa sohasi boshqa korxonalari va Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi (RCHDK) bilan birgalikda RCHS’dan foydalanish sohasida huquqiy muhitni va fuqarolik maqsadida foydalanish uchun mo‘ljallangan REV vositalaridan foydalanishni boshqarish zamonaviy texnik bazasini yaratish bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, EMMM’ga radiochastotalar organi vazifasi yuklatilgan.

EМММ’ning asosiy vazifalari

Radiochastotalar organi sifatida EMMM quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
• O‘zbekiston Respublikasi hududida RCHDK tomonidan ajratilgan radiochastotalar polosalari doirasida REV va YUCHQ’Larni olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish) va xorijdan olib kirish uchun ruxsatnoma beradi;
• O‘zbekiston hududida fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallangan REV hamda YUCHQ’lar ishchi radiochastotalari va chaqiruv signallarini berish va hisobga olish;
• RCHS radiomonitoringi va REV radioxalaqitlarni bartaraf etish;
• radiochastotalarni taqsimlash va berish paytida elektromagnit moslashuvni ta’minlash, RCHS’dan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanishning oldini olish;
• radiochastotalar taqsimlanishini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish hamda ma’lumotlar bazasini doimiy takomillashtirib borish;
• radiochastota spektridan foydalanuvchilarning RCHDK qarorlarini bajarishlari ustidan nazorat olib borish;
• radiochastotali spektrdan foydalanish sohasida xalqaro huquqiy me’yorlarni, Xalqaro elektroaloqa ittifoqi va boshqa xalqaro tashkilotlarning ko‘rsatma va tavsiyanomalarini amalga oshirish.

EМММ tashkiliy tuzilishi

EМММ tashkiliy tuzilishi bo‘yicha texnik xizmatlar va bo‘limlarni, Toshkent shahrida joylashgan Toshkent texnik nazorat stansiyasini (TRNS-1) o‘z ichiga oluvchi markaziy apparatdan hamda mintaqaviy tarkibiy bo‘linmalari: Samarqand texnik radionazorat stansiyasi (TRNS-2), viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi elektromagnit moslashuv xizmatlari va «Oqtosh» dam olish zonasidan iborat.

Hozirgi kunda eng zamonaviy texnika va dasturiy ta’minotlar bilan jihozlangan ish joylarida EMMM’ning 300 dan ortiq xodimi mehnat qilmoqda.

Rаdioeshittirish va televideniye

Коrxona faoliyatining yo‘nalishlaridan biri radioeshittirish xizmati polosalarida radiochastota spektridan foydalanishni rejalashtirish, REV’larga chastotalar berish va hisobga olishdir, ushbu vazifa televideniye va radioeshittirish bo‘limi mutaxassislariga yuklatilgan.

Televideniye va radioeshittirish (TV va RV) texnik vositalariga televizion va radiomarkazlarda yaratilgan dasturlarni uzatishni ta’minlovchi stansiyalar hamda retranslyatorlar kiradi. Respublikamizda radioeshittirish xizmati chastotalari diapazonida REV’lar soni jadal sur’atlarda ortib borishi kuzatilmoqda. Shu sababli TV va RV-eshittirishlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda turlarini kengaytirish va radiochastotali spektrdan yanada samarali foydalanishni ta’minlaydi.

Mоbil radioaloqa

Hаrakatdagi radioaloqa bo‘limi elektromagnit moslashuvi masalalari va harakatdagi radioaloqa tizimlari uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni berish bilan shug‘ullanadi.

Bo‘lim tomonidan foydalanuvchilar arizalarini ko‘rib chiqish va REV’larni olib kirish, sotib olish, o‘rnatish, loyihalashtirish, qurilish va foydalanishga ruxsat beruvchi tegishli hujjatlarni tayyorlash hamda radiohavaskorlik stansiyalaridan foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlash, ularni hisobga olish va nazorat qilish vazifalari amalga oshiriladi.

Mobil aloqaning qamrab olish darajasi respublikamizda 100 foizga yaqinlashib kelmoqda, mobil Internet foydalanuvchilari soni simli tizim foydalanuvchilar sonidan ortib ketgan. Mamlakatimizda 3G xizmati hamda LTE xizmati ham tatbiq etilgan. Mobil xizmatining mana shunday rivojlanishi bo‘lim mutaxassislariga mobil aloqadan foydalanish yangi diapazonlarini ko‘rib chiqish, murakkab elektromagnit sharoitlarida chastotalarni taqsimlash masalalari bo‘yicha katta talablarni yuzaga keltirmoqda.

Turg‘un va yo‘ldoshli aloqa

Mаmlakatimizda telekommunikatsiya vositalari (mobil, yo‘ldoshli, simsiz radioulanish tizimlari) jadal sur’atlarda rivojlanishi va ko‘rsatilgan vositalarning elektromagnit moslashuvini hisoblash bo‘yicha ishlar hajmining doimiy ortib borishi munosabati bilan EMMM’da turg‘un va yo‘ldoshli aloqa bo‘limi tashkil etilgan.

Mobil aloqa tarmoqlarining jadal sur’atda rivojlanib borishi ushbu tarmoqlar tomonidan foydalaniladigan radioreleyli liniyalar (RRL) soni doimiy ortib borishi munosabati bilan, chastotali resurslarning cheklanganligi sababli yanada yuqori chastotali diapazonlarni (8, 13, 15, 18, 23 va 38 GGts) o‘zlashtirish zarur bo‘lmoqda. Ma’lumotlarni keng polosali uzatish tizimlarining rivojlanishi ham jadal sur’atlarda davom etmoqda. Zamonaviy telekommunikatsiya simsiz texnologiyalar yutuqlarini mamlakatimizda muvaffaqiyatli tatbiq etilishi natijasida yaqin kelajakda Wi-Fi, WiMAX simsiz tarmoq va boshqa shu kabi tarmoqlar hamda raqamli RRL’lar yanada keng rivojlanishini kutish mumkin.

Rаdiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish

Хаlqaro elektroaloqa ittifoqi Nizomi va Konvensiyasiga, RCHS’dan foydalanish masalalari bo‘yicha Mintaqaviy kelishuvlarga, Xalqaro radioaloqa reglamentiga muvofiq, radiochastotalar taqdimotlarini va orbital pozitsiyalarni xalqaro huquqiy himoyasini ta’minlash – korxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani amalga oshirish radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limiga yuklatilgan.

Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish, buyurtmalash hamda Xalqaro elektroaloqa ittifoqida ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni xalqaro miqiyosda himoya qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar hisoblanadi.

Rаdiomonitoring

O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastotali spektrni radiomonitoringini olib borish EMMM’ning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifa Toshkent texnik radionazorat stansiyasi, Samarqand texnik radionazorat stansiyasi tomonidan va viloyatlar elektromagnit moslashuv xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.

Radiochastotalar monitoringi tizimi radiochastotali resurslardan foydalanishni rejalashtirish tizimi bilan bir qatorda, radiochastotali spektrdan foydalanishni boshqarish tizimining asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Radiochastotalarni yanada asosli belgilash, ularning foydalanishga tayyorligini nazorat qilish va REV’lar elektromagnit moslashuvni (EMM) ta’minlash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishga imkon beruvchi, radioefir holati haqida mavjud axborotlarni olishning yagona vositasi sifatida radiomonitoring RCHS’dan foydalanishni boshqarish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Radiomonitoring – bu spektrdan foydalanishni boshqarish jarayoni «ko‘zi va qulog‘idir».

Korxona tomonidan EMMM radiomonitoring tizimini qurish va foydalanishga topshirish 4 bosqichda amalga oshirildi. Ushbu tizimni boshqarish markazi jihozlangan hamda radiomonitoring va pelengatsiya statsionar stansiyalari (RMPS), radioto‘lqinlar tarqalishi zonalarini modellashtirish hamda yaxshilash maqsadlarida o‘lchash-test sinovlari komplekslari ishga tushirilgan, mobil RMPS’lar yetkazib berildi. Komplekslar asosini ushbu sohada yetakchilardan biri Rohde&Schwarz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy raqamli asboblar, antennalar va dasturiy ta’minotlar tashkil etadi.

EMMM radiomonitoring tizimining qurilishi doirasida maxsus mashinalar to‘plami yangilandi, barcha statsionar va mobil RMPS’larni boshqarish markazi bilan birlashtirgan va tizim elementlarini masofadan boshqarishni ta’minlovchi ma’lumotlar uzatish korporativ tarmog‘i qurildi.

Bugungi kunda EMMM radiomonitoring tizimi ishga tushirilgan uskunalari texnologik darajasi va turli tizimli masalalarni avtomatik tarzda hal etish qobiliyati bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari doirasida yetakchi hisoblanadi. Stansiyalarning mintaqaviy joylashishi, nazorat etiladigan chastotalar butun diapazonida respublika hududini maksimal darajada qamrab olishni ta’minlaydigan qilib tanlab olingan. Statsionar stansiyalar boshqaruv rejimida hamda avtonom rejimda ham ishlashi mumkin. Avtonom rejim stansiyalarning funksiyalari cheklanmagan holda ishlashini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, radiotexnik nazorat qayd etilgan stansiyalari butun talab etilgan hududlarni qamrab olish uchun mobil stansiyalar bilan to‘ldiriladi. Tizimning moslashuvchanligi hisobiga mobil stansiyalar yoki ko‘chma tizimlar statsionar tizimlardagi kabi dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlangan. GPS, kompas va CDMA aloqa modulining mavjudligi radiotexnik nazorat mobil tarmog‘ini yaratishga imkon beradi. Shu bilan birga, mobil stansiya mustaqil ishlashi hamda ovozli signallar va ma’lumotlarni bir vaqtda uzatish tizimlari tarkibida ham ishlashi mumkin.

«Spectra»dasturiy kompleksi boshqaruvi ostida RCHS’ni yaxshilash va rejalashtirish tizimi ham ishga tushirilgan. Ushbu dasturiy kompleks radiochastotali spektrni boshqarish, rejalashtirish va yaxshilash vazifalarini bajarishga imkon beruvchi ma’lumot bazasi hamda vositalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu dasturiy mahsulot yordamida radiochastotali resurslardan foydalanish haqiqiy holatini baholash va radiochastotalarni samarali rejalashtirish hamda taqsimlash uchun spektrning bandligi to‘g‘risida sonli ma’lumotlarni tayyorlash amalga oshiriladi.

Tizim ishga tushirilishidan so‘ng korxonada quyidagi vazifalarni bajarish imkoniyatlari paydo bo‘ldi:
• spektrninng bandligini o‘lchash;
• signal parametrlarini o‘lchash;
• signalni radiopelengatsiya qilish;
• signalni identifikatsiyalash;
• signal manbasining qaerda joylashganligini aniqlash;
• signalni yozib olish va eshitish;
• signalni baholash va statistik o‘rganish;
• radioxalaqit va intermodulyatsiyalarni tahlil qilish.

EMMM radiomonitoring tizimi hisobiga noqonuniy ishlovchi uzatish stansiyalarini izlash va aniqlash, amaliy faoliyat olib boruvchi REV, TV, RV va boshqa uzatkichlarni belgilangan me’yorlarga mosligini nazorat qilish hamda radiochastotali spektrni monitoring qilish bo‘yicha ishlarning olib borilishi ancha yaxshilandi.

TRNS-1 O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastotali spektr (RCHS) radiomonitoringini amalga oshirishni tashkil etish markaziy tarmog‘i hisoblanadi. TRNS-1 tarkibiga quyidagilar kiradi:
• Radiomonitoring tizimini boshqarish bosh punkti;
• analitik-axborot guruhi;
• boshqaruv, xizmat ko‘rsatish va texnik yordam ko‘rsatish guruhi;
• industrial radioto‘siqlar nazorati guruhi;
• REV’lardan foydalanish nazorati guruhi;
• operativ guruh.

TRNS-1 asosida treninglar va radiochastotali spektr mutaxassislari malakasini oshirish markazi tashkil etilgan hamda u yerda barcha radiochastotali organlar mutaxassislari uchun doimiy amaliy treninglar va texnik seminarlar tashkil etilgan.

Mаrkazning mintaqaviy bo‘linmalari

Respublikaning har bir viloyatida ruxsat etish hujjatlarini tayyorlash va radiomonitoring bo‘yicha asosiy vazifalarni EMMM viloyat tarkibiy bo‘linmalari radiomagnit moslashuv xizmatlari (EMMX) bajaradi. Viloyat EMMX xizmati asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
• ishchi chastotalarni hamda viloyat hududida markaz tasarrufidan tashqaridagi REV uchun chaqiruv signallarini rejalashtirish va foydalanishni amalga oshirish;
• viloyat hududida rasmiylashtirish markazlashtirilmagan holda amalga oshiriladi REV va YUCHQ olish (berish), qurish va foydalanish huquqiga iste’molchilarning arizalarini ko‘rib chiqish;
• efir radionazoratini va viloyat hududida amal qiluvchi REV va YUCHQ’dan foydalanishni nazorat qilishni amalga oshirish;
• viloyat hududida barcha turdagi REV’larga chastotalar berilishini hisobga olib borish;
• televideniye, radioeshittirish va radioaloqalardagi xalaqitlarga arizalar hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqish;
• viloyat hududida foydalanilayotgan REV va YUCHQ’lar radionurlanishlarning amaldagi texnik me’yorlarga, parametr(ko‘rsatkich)larga muvofiqligini nazorat qilish;
• noqonuniy ishlayotgan REV va YUCHQ’larni izlash hamda aniqlash;
• Radioxalaqitlar manbalarini aniqlash va bartaraf etish;
• viloyat huquq tartibot organlari, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, DAI, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tasarrufidagi soliq va valyuta jinoyati hamda jinoiy daromadlarni qonuniylashtirishga qarshi kurash bo‘yicha Departament bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududiga sertifikatlanmagan radiotelefonlar va uzatish qurilmalarini noqonuniy olib kirish, sotish va foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik hamda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ishlar o‘tkazilishida ishtirok etish.

Deyarli barcha elektromagnit moslashuv xizmatlari EMMM radiomonitoring tizimi qurish doirasida o‘rnatilgan va foydalanishga topshirilgan radiomonitoring zamonaviy texnikasiga ega.

Tegishli texnik va moddiy resurslar bilan to‘la ta’minlash maqsadlarida barcha bo‘linmalarni yangi uskunalar bilan jamlash ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari, har bir bo‘linma zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlangan va EMMM tegishli korporativ tarmoqlariga ulangan.

SМХ

Standartlashtirish sohasida korxona FTMTM va «O‘zstandart» agentligi organlari bilan o‘zaro aloqalarni amalga oshiradi.
EMMM sifat menejmenti xizmati MS ISO 9000:2000 asosida EMMM sifat menejmenti tizimini (SMT) tatbiq etish, faoliyatini ta’minlash va uzluksiz takomillashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish maqsadlarida tashkil etilgan. Elektromagnit moslashuv Markazi muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlash uchun ISO 9001:2008 xalqaro standarti talablariga mos ravishda sifat menejmenti tizimi ishlab chiqildi, rasmiy hujjatlar tayyorlandi, tatbiq etildi va ishchi holati ta’minlanmoqda.

Hozirgi kunda sifat sohasida uzoq muddatli siyosati ishlab chiqildi va tasdiqlandi, har yili korxona sifat sohasidagi Maqsadlari ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va hayotga tatbiq etiladi.

«Aloqa va axborotlashtirish sohasida elektron hujjat almashish tizimini tatbiq etish» doirasida EMMM apparatida, uning viloyat bo‘linmalarida ham «Microsoft Share Point» dasturiy mahsuloti asosida elektron hujjat almashish tizimi tatbiq etildi.

Хаlqaro hamkorlik

Коrxonaning faoliyati bevosita radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish va ularni xalqaro miqyosda huquqiy himoyalash masalalari bilan bog‘liq, shuning uchun Markaz rahbariyati va mutaxassislari xalqaro aloqa tashkilotlari yo‘nalishi bo‘yicha hamda ko‘p tomonlamali hamkorlik doirasida ham xalqaro faoliyatda faol ishtirok etadilar.

Radiochastotali spektrni rejalashtirish masalalari, EMM masalalarini ilmiy o‘rganish hamda xalqaro va mintaqaviy konferensiyalarga o‘zaro kelishilgan qarashlarni tayyorlash bo‘yicha aloqa sohasida Mintaqaviy hamkorlik doirasida MDH davlatlari aloqa ma’muriyatlari bilan o‘zaro aloqalar amalga oshirilmoqda. Korxona mutaxassislari Xalqaro elektroaloqa ittifoqi radioaloqa sektori faoliyatida hamda tadqiqotchilik komissiyalarida ishtirok etishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tayyorgarlik komissiyasi ishida ishtirok etadilar.

O‘zbekiston aloqa ma’muriyati topshirig‘i bo‘yicha EMMM mutaxassislari takliflar tayyorlash, mamlakatimiz pozitsiyalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadilar, aloqa sohasida Mintaqaviy hamkorlik tegishli majlislarida, konferensiyalar tayyorgarlik majlislarida va Xalqaro elektroaloqa ittifoqi konferensiyalarida ularni ilgari surishga yordam beradilar.

Каdrlar bilan ishlash

Каdrlarni tayyorlash, xodimlarni o‘qitish – ichki hamda tashqi bilim olishga nomoddiy motivatsiya amaliy vositalaridan biri elektromagnit moslashuv Markazi kadrlar siyosati asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Ushbu sohada EMMM quyidagi o‘quv markazlari bilan samarali hamkorlik qiladi:
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Davlat va Jamiyat Qurilishi Akademiyasi Oliy biznes-maktabi;
• Оliy beznes-maktab qoshidagi korporativ boshqaruv markazi;
• Тоshkent axborot texnologiyalari universiteti;
• Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi;
• Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi.

2002-yildan 2012-yilgacha davr davomida EMMM mutaxassislari Asia-Pasific Telecommuniti (Janubiy Koreya) va USTTI (AQSH), prof. M.A. Bonch-Bruevich nomli Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti (SPbGUT) kabi chet el o‘quv markazlarida malakalarini oshirdilar.

Tashqi o‘qitishdan tashqari elektromagnit moslashuv markazi texnik o‘qitishga katta e’tibor qaratadi hamda korxona yetakchi mutaxassislarini, TATU o‘qituvchilari va FTMTM mutaxassislarini jalb qilib doimiy ravishda ichki treninglar o‘tkazadi. EMMM 85 foizdan ortiq mutaxassislari oliy ma’lumotga ega.

Har yili EMMM Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugallagan yosh mutaxassislarni ishga qabul qiladi. Bitiruvchilardan eng yaxshi nomzodlarni samarali tanlab olish uchun stajirovkalar dasturi ishlab chiqilgan.
Ta’lim tizimini muntazam ravishda takomillashtirish va xodimlarni rivojlantirish elektromagnit moslashuv markazining kadrlar tayyorlash sohasidagi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, kadrlar tayyorlash mavjud metodlari bilan bir qatorda zamonaviy metodikalar ishlab chiqish: masofali ta’lim, ustozlik hamda «360 graduslar» tizimi bo‘yicha xodimlarni baholash yangi metodlarini tatbiq etish amalga oshiriladi.

Buxgalterlik hisobi va hisobot

Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi EMMM moliyaviy holatiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Muvaffaqiyatli moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, moslashuvchan tarif siyosati natijasida Markaz asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari ancha o‘sishiga erishdi. Daromadlar o‘sishi sur’ati xarajatlar o‘sishi sur’atidan ancha yuqori. Bularning barchasi iqtisodiy barqarorlik, korxonaning to‘lovlarga qodirligi va boyligini, uning ishchilari daromadlari oshishini, ularning turmush darajalari va ijtimoiy ta’minlanganliklari darajasi oshishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, korxonaning moliyaviy barqarorligi nisbatan qisqa vaqt davomida asosiy ishlab chiqarish fondlarini, avtotransport, texnika va dasturiy ta’minotlarni yangilashga imkon berdi. Ijtimoiy soha, xodimlar madaniyati va dam olishlarini rivojlantirish uchun munosib moliyaviy imkoniyatlar yaratildi.

Korxonaning buxgalterlik hisobi va hisoboti Toshkent shahrida markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Hisoblar va hisobotlar avtomatlashtirilgan. Buxgalteriya zamonaviy kompyuter texnikasi va tegishli dasturiy ta’minotlar bilan jihozlangan, bu holat moliyaviy hujjatlarni ishlab chiqish jarayonini ancha jadallashtirish va buxgalterlik, statistik va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash imkonini beradi. Mahsulot yetkazib beruvchilar va pudratchilar hamda Markazning barcha tarkibiy bo‘linmalariga turli xildagi xizmatlar taqdim etuvchi boshqa korxonalar bilan o‘zaro to‘lovlar «Bank-Klient» tizimi orqali amalga oshiriladi, bu esa ushbu o‘zaro to‘lovlar hisobini olib borish tezkorligini oshirishga imkon berdi. 2007-yildan xodimlar va xizmatchilar bilan ish haqi bo‘yicha va boshqa to‘lovlar bo‘yicha plastik kartochkalardan foydalanib o‘zaro hisoblar tizimi tatbiq etildi.

Iqtisodiy tahlil va marketing bo‘limi

Iqtisodiy tahlil va marketing bo‘limi ishlab chiqarish samaradorligi va rentabelligini oshirishga qaratilgan korxonaning iqtisodiy faoliyatini tashkil qilish va takomillashtirishni amalga oshiradi, mehnat samaradorligi oshishi va ish haqi o‘sishi sur’atlari to‘g‘ri nisbatlarini, kam moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar sarflab yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi.

Bo‘lim xodimlari «Radiochastotali spektr texnik nazorat tizimi uskunalarini yetkazib berish, o‘rnatish, sozlash va foydalanishga topshirish (1, 2, 3, 4 bosqichlar)», «Radiomonitoring va teleradioeshittirish tizimini modernizatsiyalash (birinchi bosqich)» loyihalari texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (TIK) ishlab chiqishda va ushbu loyihalar bo‘yicha hukumat qarori loyihalarini tayyorlashda faol ishtirok etdilar.

2010-yilda sifat sohasida korxona siyosatiga muvofiq, tariflar moslashuvchanligini ta’minlash va aloqa zamonaviy tizimlarini rivojlantirishni rag‘batlantirishni ta’minlash uchun bo‘lim tomonidan raqamli televizion uzat-kichlar ajratilishi bilan yangi tariflar tatbiq etildi.

1-S «Predpriyatie» DT asosida yaratilgan «Daromadlar tushishi va EMMM bo‘yicha kreditorlik va debitorlik qarzlari mavjudligini hisobga olish» dasturiy ta’minoti muvaffaqiyatli ishlab turibdi, bu ro‘yxatga olingan REV tuzilishini, daromadlar hisoblanishi va kelib tushishini, EMMM viloyat bo‘linmalarida mijozlar debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjudligini kuzatib borishga imkon beradi.

Ish boshqaruvi

Маrkazning barcha xizmatlari, bo‘limlari va bo‘linmalari samarali ishlashi, texnik va operativ masalalarni o‘z vaqtida hal qilish maqsadlarida umumiy bo‘lim hamda transport va qurilish bo‘limi asosida EMMM ishlar Boshqarmasi tashkil qilindi.
Ishlar boshqarmasi bo‘limiga EMMM avtotransport vositalaridan foydalanish jarayoni barqarorligini ta’minlash; viloyat bo‘limlarida avtotransport vositalaridan foydalanishni nazorat qilish; korxona va tarkibiy bo‘linmalarni moddiy-texnik resurslar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash; yonilg‘i-moy materiallari, tegishli hisobini, avtotransport bosib o‘tgan yo‘l masofalari tegishli hisobini olib borish, yo‘l varaqalarini qayd etish, ehtiyot qismlar ajratish, texnik ko‘rik o‘tkazishlarni amalga oshirish kabi vazifalar yuklatilgan.

Korxona markaziy apparati va viloyat bo‘linmalari binolarini qurish va ta’mirlash; loyihachi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishga, ishchi loyihalar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga hamda qurilish-montaj ishlari va ularning sifatini nazorat qilishga hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha doimiy ishlar olib boriladi.

Texnik ta’minlanganlik

Ахborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi taraqqiyot Markaz ish joylari yuqori darajada jihozlanganligini talab qiladi. Korxonaning zamonaviy kompyuter texnikasi va aniq o‘lchov asboblari bilan jihozlanganligi – amalga oshirilishi EMMM texnik siyosati ustuvor yo‘nalishilaridan biri hisoblanadi va bu vazifa EMMM texnik bo‘limiga yuklatilgan.

Hozirgi kunda korxonada foydalaniladigan kompyuter texnikasining soni 300 dan, o‘lchov asboblari soni 100 donadan ortiqni tashkil etadi, korxona zamonaviy hisoblash texnikasi, orgtexnikalar vositalari bilan jihozlangan.

«Оqtosh» dam olish zonasi

Кeyingi yillarda EMMM «Oqtosh» dam olish zonalari faqatgina Markaz xodimlarining emas, balki Respublikaning butun aloqa sohasi korxonalari xodimlarining sevimli dam olish joyiga aylangan.

Dam olish zonasi Toshkentdan 60 kilometr uzoqlikda, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida, Tyan-Shan tog‘larining g‘arbiy qismida joylashgan. «Oqtosh» dam olish zonasi hududida vaqtincha turar-joy kottejlari, mehmonxona, oshxona, konferens-zal, sauna, trenajyor zali, bilyard, futbol maydonlari, basketbol va voleybol maydonchalari mavjud. Kottejlar barcha qulayliklar, jumladan, oshxona idish-tovoqlari, yo‘ldoshli televidenie, dush, issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan.

Har bir kottej oldida ochiq havoda hordiq chiqarish uchun supalar o‘rnatilgan. Shuningdek, dam olish zonasida 40 kishiga mo‘ljallangan Konferens-zal mavjud. Dam olish zonasida respublika va xalqaro miqyosda turli tadbirlar, jumladan, seminarlar, konferensiyalar va boshqa anjumanlar o‘tkaziladi. Mehmonlar dam olish zonasida bo‘lib, Oqtosh havosini va ular uchun yaratilgan qulay sharoitlarni munosib baholashlari mumkin.

Jаmoatchilik faoliyati

Bugungi kunda o‘tkazilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalarini, qabul qilingan qonunchilik va me’yoriy hujjatlar, axborot va mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha davlat dasturlarini har tomonlama tushuntirib berish yo‘lida davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari Markaz jamoasi uchun o‘tkaziladigan ma’ruzalarda o‘z aksini topgan. Uzoq yillar mobaynida bunday muammolar muhokamasi Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinadi. EMMM O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari bilan tanishish, qiziqtirgan masalalar bo‘yicha munozara va muhokamalar o‘tkazishlari mumkin.

EMMM’da ijtimoiy faoliyatga alohida e’tibor qaratilgan. Ijtimoiy muammolar yechimi chetlab o‘tilmaydi – korxona imkoniyati cheklanganlar «Mehribonlik» ijtimoiy jamiyatiga, TATU profilaktoriyasi, reabilitatsiya, ijtimoiy integratsiya, imkoniyati cheklangan-bolalar shahar klubiga o‘zaro yordam xayriya yordami ko‘rsatish, EMMM faxriylari – nogiron xodimlariga moddiy yordam mablag‘lari ajratish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

Маdaniy-maishiy hayot. Dam olish

Коrxona siyosatining muhim tamoyillaridan biri xodimlar korporativ madaniyati va moddiy farovonligini oshirish, ularning dam olish vaqtlarini tashkil etish, xodimlar salomatligini mustahkamlashdan iborat.

Korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyatida jamoaviy dam olishni tashkil etish muhim o‘rin tutadi. Markaz faoliyati davomida korporativ an’analari va qoidalari yuzaga keldi. Korxonada turli millat va din vakillari xizmat qiladi. Shu boisdan ham, jamoamizning yuksak salohiyatga ega ekanligi bilan faxrlanamiz. Yangi maqsad va istiqbolga intiluvchi totuv va ahil jamoamiz kelgusi islohot va hamkorliklar uchun ochiqdir.

EМММ’ning kelgusi strategik rivoji

Kelgusida radiochastota spektri va radiokommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi kun sayin oshib bormoqda, shubhasiz, tarkibiy ustunlik bo‘lgan axborot texnologiyalarining kelgusi rivoji aynan radiochastotalardan foydalanishga bog‘liq bo‘ladi.

Bunday jarayonlar radiochastota organlari, jumladan, korxonamiz faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlariga talab oshishiga sabab bo‘ladi.

Shu sababli Markaz va uning jamoasi oldida quyidagi istiqbol vazifalari turibdi:
• radiomonitoring va boshqa texnik funksiyalar samaradorligini oshirish maqsadida texnik bazasini yanada modernizatsiyalash;
• jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladigan elektromagnit moslashuv optimal sharoitlarini yaratish va radioelektron vositalardan foydalanishda ustuvor yo‘nalishlarga amal qilish;
• radiochastota spektridan foydalanish sohasida me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlar;
• korxona sifat menejmenti tizimini takomillashtirish, mijozlar (radiochastota spektridan foydalanuvchilar) ehtiyojlarini to‘liq qondirish;
• boshqa radiochastota organlari va radioxizmatlari bilan o‘zaro hamkorlik samaradorligini, kadrlar tarkibi kasbiy tayyorgarligini hamda yuqori malakali kadrlar rezervini yaratish, kelgusida korxona xodimlari ijtimoiy himoyalanganlik darajasini va muntazam ravishda xodimlar mehnat sharoitlarini yaxshilash.

Orphus system