Ucell Yangi yil bayramida: 333 million daqiqa va 25 million SMS
07.01.2013
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Ucell kompaniyasi vakillarining ta’kidlashlaricha, Yangi yil arafasi hamda Yangi yil kechasidagi katta og‘irlikdagi vazifalarlarga qaramay, tarmoq barcha kuchlanishga dosh berib, to‘xtovsiz ishlay oldi.

Mana yangi yil bayramlari ham tezda o‘tib ketdi. Yangi yil barchani bir yerga jamlovchi, vaqtni xursandchilik bilan o‘tkazish, muloqot qilish uchun juda o‘ziga xos bo‘lgan bayramdir. Biroq bayramona dasturxon atrofida yig‘ila olmagan yaqinlarni, do‘stlarni va qadrdonlarni tabriklash istagi ham bor. Mobil aloqa tufayli dunyoning istalgan nuqtasidagi eng suyukli insonningiz bilan aloqa bog‘lash oddiy tusga kirdi. Shu sababli ham yangi yil bayrami mobil aloqa kompaniyasi uchun chin ma’nodagi imtihon hisoblanadi.

O‘zbekiston mobil aloqa bozorining yetakchilaridan biri bo‘lgan Ucell kompaniyasi yangi yil oqshomidagi faoliyatga daxldor bo‘lgan qiziqarli statistikani olib bordi.

31-dekabrdan 1-yanvarga qadar, Ucell abonentlari bir-birlarini yangi yil bilan qutlash uchun umumiy davomiyligi 333 million daqiqaga teng bo‘lgan 125 milliondan ziyod qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirganlar. Shu bilan birga, “suhbatlashish”ning eng avj nuqtasi 31 dekabrning 21:00 dan 1-yanvarning 03:59 davriga qadar bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri kelgan. Ayni shu daqiqalarda davomiyligi 55 million daqiqani tashkil etgan 18 millionta qo‘ng‘iroqlar qayd etilgan. Shuningdek, abonentlar 25 millionta SMS xabarlarni yo‘llaganlar. Ulardan 7 milliondan ortiq SMS lar 31 dekabrning 21:00 dan 1 yanvarning 03:59 davriga qadar bo‘lgan vaqtda yo‘llangan.

Yangi yil oqshomida Ucell Call-center xodimlari aloqa va kompaniya xizmatlariga taalluqli bo‘lgan 30 400 dan ziyod qo‘ng‘iroqlarga javob berganlar va mijozlarning talablari qondirilgan.

«Bir kecha-kunduzda 24 soat uzluksiz hamda tinimsiz faoliyat ko‘rsatgan kompaniya texnik xodimlarining yuqori mahoratlari tufayli kompaniya tarmog‘i yuklanishga dosh berdi hamda kompaniya abonentlari uchun uzluksiz aloqa taqdim etildi», — deya yangi yil oqshomidagi kompaniya faoliyatini izohladi Ucell Texnik direktori Gurkan Arslan. «Biz doimo o‘z mijozlarimiz haqida qayg‘uramiz hamda ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshirishga harakat qilamiz».

Ucell har yili bayramona oqshomda sodir bo‘luvchi murakkab sinovdan yana bir bor matonat bilan o‘tdi. Shu oqshomda o‘z abonentlarini barqaror aloqa bilan ta’minlab berdi.

«Mazkur daqiqalardan foydalangan holda bizning mobil aloqani tanlagan hamda Ucell bilan birga o‘z yaqinlari va qadrdonlariga quvonchli tabriklarni taqdim etgan barcha abonentlarimizga minnatdorchilik bildirishni istardim. Bugungi kunda kompaniya katta e’tiborni aloqa va kompaniya xizmatlarining sifati yaxshilanishiga qaratmoqda», — dedi Ucell korporativ aloqalar bo‘limining rahbari Davron Azizov.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system
O‘zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo‘lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo‘ling
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq