TURON Оsiyo texnik kompaniyasi direktori Dmitriy Gurinov Yangi yil blits-intervyusi

ATK TURON kompaniyasi O‘zbekiston bozorlarida 1995-yil fevral oyidan o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Kompaniyaning faoliyati asosiy yo‘nalishi samarali hujjat almashish va tijorat uchun bosma uskunalari yechimlarini taqdim etish bo‘lib hisoblanadi – bular Yaponiyaning KONICA MINOLTA va RISO kabi mashhur kompaniyalaridan ko‘p funksional qurilmalar, printerlar, mahsuldor bosma uskunalari tizimlari va mini-bosmaxonalardan iborat.

Bundan tashqari, biz mashhur ishlab chiqaruvchi Acco Brands kompaniyasining bosmadan keyingi uskunalari va orgtexnikasini taklif etamiz. Biz taklif etadigan uskunalar matbaa ishlab chiqarish doirasida uzluksiz texnologik jarayonni ta’minlash imkonini beradi, ofislar uchun yechimlar esa foydalanuvchilarga ortiqcha xarajatlarsiz o‘z ishchi o‘rinlarini samarali tashkil etish imkoniyatini beradi.

Yangi 2013-yil arafasida kompaniyamiz uchun barcha muhim tadbirlar va hodisalarni qisqacha yoritib o‘tishni va 2012-yilga yakun yasashni istardim. Konica Minolta apparatlari modellar qatori yangi modellar bilan to‘ldirilganligi, ular ofislarda ham va matbaada ham qo‘llashga qiziqarli bo‘lishini aytib o‘tmoqchiman. Mana shu sababli, bu yili Konica Minolta kompaniyasi yangi mahsulotlarini yoritishga qaratilgan bir necha tadbirlarni o‘tkazdik. Konica Minolta Yevropa ofisi yordamida ICTExpo va O‘zbekinPrint an’anaviy ko‘rgazmalarida ishtirok etdik, bu yerda apparatlar yangi modellari taqdim etildi. Shu bilan birga, «Mahsuldor tijorat bosma uskunalari Konica Minolta texnologiyalari» taqdimoti o‘tkazildi. Konica Minolta kompaniyasi o‘zining buyurtmachilari ehtiyojlarini e’tiborga olib raqamli uskunalardan foydalanish mahsuldorligini oshirishga yo‘naltirilgan maxsus yangi ilovalar va servislarni ishlab chiqdi. Apparat vositalarini ko‘p sonli dasturiy mahsulotlar bilan birlashtirish orqali Konica Minolta yechimlari keng turlari har bir buyutrmachi individual xususiyatlarini hisobga olib, kundalik masalalarni hal qilishda va biznesni yaxshilashga hamda qo‘shimcha servislar yaratish bilan uni kengaytirishga yordam beradi.

O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida mahsulotlarimiz xususida ijobiy fikrlar olganligimiz bizni juda quvontiradi. Albatta, bularning barchasi ilgari intilishga va yangi yilda muvaffaqiyatlar yangi cho‘qqilarini zabt etishimizga rag‘batlantiradi. Shular bilan birga bizning bozorimiz joyida turmaganligi, rivojlanib borishini va zamonaviy innovatsion texnologiyalar bilan birga borishini ko‘rish quvonchlidir. Bularning barchasi birinchi navbatda, respublikamiz iqtisodiyoti jadal rivojlanayotganligini va biznes rivojlanishiga imkon berayotganligini anglatadi.

Hurmatli do‘stlar sizni kirib kelgan Yangi 2013-yil bilan tabriklashga ruxsat eting! Sizga muvaffaqiyat va farovonlik, sizga va yaqinlaringizga salomatlik tilayman.

Orphus system