NIHOL kompaniyalari ta’sischilari kengashi raisi Fazliddin Mirzayev bilan yangi yil blits-intervyusi

NIHOL 1989-yildan boshlab O‘zbekiston IT-xizmatlari bozorida axborot infratuzilmasi barcha asosiy komponentlari yagona yetkazib beruvchisi kabi ishtirok etadi. O‘tgan yillar davomida NIHOL mutaxassislari tomonidan axborot tizimlari hududiy tarqalish, ko‘p pog‘onali tuzilmasi, texnik va dasturiy vositalari turli-tumanligi va albatta tizimlar ishonchliligi va xavfsizligiga alohida talablar bilan ajralib turuvchi davlat va bank sohasida korporativ buyurtmachilar uchun ko‘plab loyihalar amalga oshirildi.

2012-yilga yakun yasar ekanmiz, bu yil murakkab bo‘lganligini, biroq uni muvaffaqiyatli yakunlaganligimizni aytib o‘tmoqchiman: NIHOL kompaniyalari buyurtmachilar oldidagi o‘z zimmalariga olgan barcha majburiyatlarini bajardilar.

O‘zbekiston Respublikasi DTK va qator banklari uchun IBM ma’lumotlar saqlash tizimlarini kompleks yetkazib berish va joriy etish amalga oshirildi.

IT-infratuzilmalari texnik jihozlari IBM platformasiga asoslangan buyurtmachilarga (Oliy Majlis, OATB «O‘zsanoatqurilishbank», OATB «SavdogarBank», OATB «Qishloq qurilish bank», OAK «Turon Bank», NSN QK (UCell), «Coca-Cola Bottlers Uzb» MCHJ va boshqalar) serverli va kompyuter uskunalariga kafolatli, kafolat muddatidan keyingi va texnik xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.

Yil boshidan 1000 dan ortiq portlarga kompyuter tarmoqlari installyatsiya qilindi va sanoat foydalanishiga topshirildi (OATB «Qishloq Qurilish Bank», OAKB «O‘zsanoatqurilishbank», O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, OAJ «Maxsusenergogaz», OAKB «Turon», YOAJ «O‘zKDBbank», «Universal Qurilish servis» MCHJ va boshqalar).

IT-texnologiyalarini rivojlantirishga O‘zbekistonda har doim katta e’tibor berilgan. 2012-yilda ham xuddi shunday bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-mart PF-1730 sonli «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni yanada joriy etish va rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan O‘zbekistonda 2012-2014 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish asosiy vazifalari belgilab berildi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida ilgari surildi.

2012-yil 17-may kuni O‘zbekiston sug‘urta bozori professional ishtirokchilari Assotsiatsiyasining taklifi bo‘yicha NIHOL kompaniyasi sug‘urta kompaniyalari rahbarlari va sug‘urta portfelini olib borish bo‘yicha mutaxassislar uchun o‘tkazilgan «Sug‘urta biznesida axborot texnologiyalari» seminarida hisobot taqdim etdi.

«Sug‘urtada innovatsion IT-yechimlar – O‘zbekistonda sug‘urta biznesi xarajatlarini muvofiqlashtirish va samarali rivojlantirish uchun imkoniyatlar» hisobotida NIHOL kompaniyasining tayyor yechimlari hamda mijozlar – sug‘urtachilar uchun interfaol xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati bilan O‘zbekistonda sug‘urta biznesi yagona axborot muhitini tashkil etish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish va monitoringi instituti (NIMFOGO) zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini yaratish bo‘yicha loyihaning amalga oshirilishi NIHOL uchun 2012-yilda muhim loyihalardan biri bo‘ldi.

Loyiha doirasida server, kompyuter va tarmoq uskunalarini yetkazib berish va o‘rnatish, bosmaxona markazini yaratish, foto-videostudiyani yaratish, barcha filiallarda SKS montaj qilish va sozlash ishlari amalga oshirildi.

NIMFOGO axborot resurslari yagona tizimlashtirilgan Fondini shakllantirish va olib borish jarayonlarini ta’minlovchi axborot-texnologik infratuzilmani yaratish uchun mo‘ljallangan hujjatlarni boshqarish elektron tizimi ishlab chiqilishi yakunlanmoqda.

Umuman olganda, bu yilda erishilgan natijalardan mamnunmiz va ularni ijobiy baholaymiz, biroq barcha IT-kompaniyalarda bo‘lgani kabi albatta bizda ham qiyinchiliklar mavjud.

Birinchi navbatda, bu shaxsiy vositalarini, texnik jihozlanganligi doimiy rivojlantirishni va mutaxassislarning kasbiy o‘sishlarini talab qiluvchi IT-texnologiyalarining jadal rivojlanishi.

Ikkinchidan, O‘zbekiston dasturiy mahsulotlar bozori faol rivojlanmoqda. Dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar soni doimiy oshib bormoqda. Raqobatbardoshlikni ta’minlash uchun sifatni oshirishimizdan tashqari taqdim etilayotgan xizmatlar turlari va sohasini kengaytirishimiz kerak.

Uchinchidan, IT-savodxonlikning umumiy o‘sib borishi bilan Buyurtmachilarning talablari darajasi ham o‘smoqda. Shuning uchun kompaniyamizga mijozlarning umidlarini qondirish va oldindan seza bilishga imkon beruvchi mijozga yo‘naltirilgan samarali menejment tizimi zarur.

NIHOL kompaniyasi o‘z oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilmoqda. NIHOL faoliyati har doim loyihalarni boshqarish jahon tajribasi va axborot texnologiyalari turli sohalarida sertifikatlashtirilgan mutaxassislar hamda menejerlar yuksak malakasiga tayangan.

NIHOL IBM kompaniyasining ko‘p yillik biznes-hamkori hisoblanadi. 2012-yilda NIHOL mutaxassislari IBM kompaniyasi ixtisoslashtirilgan kurslarida o‘qidilar va o‘z malakalarini tasdiqladilar. NIHOL yetakchi mutaxassislari «Biznes-hamkorlar bilan ishlash etik printsiplariga amal qilish» kursi bo‘yicha o‘qishdan muvaffaqiyatli o‘tdilar va IBM tomonidan 2012-yil sentabr oyida tashkil qilingan IBM Channel Academy seminarida ishtirok etdilar.

2007-yildan NIHOL kompaniyasining IBM kompaniyasi bilan hamkorligi har yili mukofot – O‘zbekistonda IBM biznesini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi va jahonning eng yaxshi hamkorlari yuzligiga kirganligi uchun mukofot bilan taqdirlanishini aytib o‘tmoqchiman.

O‘z mijozlariga IBM Storwize V3700 ma’lumotlarni saqlash eng yangi tizimini kafolatli va kafolat muddatidan keyingi qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi xizmatlarni taqdim etishni ta’minlash uchun NIHOL texnik mutaxassislari dekabr oyida Moskva shahrida o‘qib keldilar.

2012-yil biz uchun dasturiy ta’minot ishlanmalarini olib borish texnologiyasini tubdan qayta tashkil etish yili bo‘lib qoldi. Multiplatformali ilovalarni ishlab chiqish uchun servisga-mo‘ljallangan arxitekturadan foydalanish endi NIHOL mutaxassislariga istalgan platformadagi murakkab loyihani tez va sifatli amalga oshirishlariga hamda zarur hollarda standartlashtirilgan interfeyslar bilan ishlashga mo‘ljallangan tashqi tizimlar uchun servislarini qabul qilish-uzatishni tashkil qilishlariga imkon beradi.

Barcha loyihalar bajarilishi va taqdim etilayotgan xizmatlar yuksak sifatini ta’minlash uchun 2012-yilda NIHOL ISO 9001:2008 talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini qurish asosiy bosqichini yakunladi. Hozirgi kunda NIHOL dasturchilari joriy etilishi NIHOL guruhi barcha kompaniyalari sifat menejmenti tizimini boshqarishni maksimal darajada avtomatlashtirishga va raqobatbardoshligi hamda faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlashga imkon beruvchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni yakunlamoqdalar.

2013-yil rejalari
Professional menejment, yirik dasturiy-apparatli komplekslarni qurish metodologiyasini chuqur bilish, buyurtmachiga malakali servislar taqdim etish imkoniyatlari NIHOL kompaniyalari ishi natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va respublika IT-texnologiyalar bozorida barqaror o‘rinlarni egallashimizga imkon beradi.

Biz kelajakni umid va ishonch bilan quramiz. Yaqin kelajak rejalarimiz haqida gapirar ekanmiz, NIHOL har doim o‘z mijozlari uchun hamkor sifatida ishtirok etishini yana bir bor aytib o‘tmoqchiman. Biz ko‘plab loyihalar ishlab chiqishga intilmaymiz. Bizning maqsadimiz – amalga oshirayotgan loyihalarimiz maksimal darajada foydali bo‘lishini ta’minlash. Aynan mana shuning uchun loyihalarimiz muvaffaqiyatlidir.

2013-yilda NIHOL sifat tizimini olib borish ishlarini avtomatlashtirishni rejalashtirmoqdamiz. Bu taqdim etilayotgan xizmatlar raqobatbardoshligini va sifatini oshirish bilan birga, NIHOL ni mijozlarga yo‘naltirilgan bo‘lishiga, ya’ni asosiy vazifalarimizdan biri – mijozlarni maksimal darajada qoniqtirish masalasini hal qilishga erishishimizga imkon beradi.

2013-yil birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish va monitoringi Mustaqil instituti zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimini yaratish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni yakunlashni rejalashtirmoqdamiz.

NIHOL mutaxassislari Zangiota fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida LVS yaratish bo‘yicha (PROOON bilan shartnoma) katta ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.

NIHOL kompaniyalariga o‘zaro kelishilgan texnik yechimlarni operativ va malakali topish va amalga oshirishga imkon beruvchi IT-texnologiyalari barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarning majudligi, NIHOL ga o‘z mijozlariga yangi yilda sifat jihatidan xizmatlar yangi turini – “облачныe” servislarni taqdim etishga imkon beradi.

Butun dunyoda “облачный2 hisoblashlarga qiziqish ortmoqda. Ushbu kontseptsiya IT-infratuzilmalardan foydalanishda maksimal darjadagi texnik va bir vaqtda iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlovchi yangi davr talablariga javob beradi.

“Облачный” servislardan foydalanish buyurtmachilarimizga ofis ishlarini to‘la avtomatlashtirish, hisob tizimlari ishini tashkil qilish, murakkab loyihalarni samarali boshqarish va ular uchun dolzarb bo‘lgan boshqa ko‘plab masalalarni hal qilishlariga imkon beradi.

Shu bilan birga, bizning loyihalarimizda foydalaniladigan SaaS-arxitekturasi dastlabki xarajatlarni va yomon boshqarish sababli ma’lumotlarni yo‘qotish ehtimollarini kamaytirishga, IT-infratuzilmasini va xarajatlarni boshqarishni soddalashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, “облачный” modeli doirasida hududiy-tarmoqlashtirilgan korxonalarda yagona axborot va kommunikatsiya muhitini yaratish va unga mobil hamda uzoqdagi foydalanuvchilarni kiritish ancha oson bo‘ladi. Bu esa murakkab qimmat yechimlardan ancha arzon, lekin haqiqiy kerakli mahsuldorlikni va servis sifatini ta’minlovchi yechimlarga o‘tishga imkon beradi.

O‘zining shaxsiy IT-infratuzilmasini yaratishga imkoniyati bo‘lmagan, lekin shu bilan birga ular uchun dolzarb bo‘lgan masalalarni avtomatlashtirish ehtiyoji bo‘lgan buyurtmachilarimiz, bozor ehtiyojlarini oldindan hal qilish ish strategiyasini tanlab, “облачный” servislar bilan bir qatorda NIHOL mutaxassislari SaaS-yo‘naltirilgan (Software as a Service — «soft servis sifatida») ilovalarni yaratish bo‘yicha o‘z yechimlarini taklif etishga tayyorlar.

Biz tizimlarni sifatli va belgilangan muddatida ishlab chiqish bilan birga o‘z mijozlarimizga NIHOL da mavjud IBM eServer i5 520 va 7779-BCS BladeCenter server uskunalarida Web-interfeys orqali masofadan turib dasturiy ta’minot ishlanmalarimizni sinovdan o‘tkazish va foydalanish autsorsing xizmatlarini taqdim etishga tayyormiz.

Fursatdan foydalanib, Yangi yilda hamkorlarimizni, hurmatli buyurtmachilarimiz va O‘zbekistonning butun aholisini chin yurakdan tabriklashga va barchaga salomatlik, tinchlik, farovonlik va faqat yaxshi kayfiyat tilashga ruxsat eting.

Orphus system