Elektromagnit moslashuv markazi boshlig‘i Rustam Mansurov bilan yangi yil blits-intervyu

EMMM DUK radiochastotalardan foydalanishga ruxsatnomalar berish, elektromagnit moslashuvni ta’minlash va radiochastotalar spektri monitoringini ta’minlash bo‘yicha radiochastotalar organi vazifasini bajarish uchun tashkil etilgan davlat unitar korxonasi hisoblanadi.

Коrxona faoliyati dastlabki yakunlari to‘g‘risida EMMM DUK boshlig‘i Rustam Mansurovdan so‘zlab berishini iltimos qildik.

Elektromagnit moslashuv Markazi DUK’ning 2012-yil faoliyatiga yakun yasab, yakunlanayotgan yil korxona uchun qutlug‘ sanasi oldi yili bo‘lganligini aytib o‘tish zarur, chunki 2013-yil yanvar oyida korxonamiz tashkil etilganligiga 25 yil to‘ladi.

Radiochastotali spektr kabi cheklangan resursdan ratsional va samarali foydalanish sharoitlarini yaratish maqsadlarida EMMM DUKzimmasiga yuklatilgan radiochastotalar organi vazifalarini amalga oshirish doirasida, SEMS mutaxassislari oldiga doimiy ravishda radiochastotalar spektridan foydalanishni boshqarish, nazorat qilish, RES’lardan foydalanishni rasmiylashtirish va ruxsatnomalar berish, radiochastota nomlari berilishini hisobga olish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish bo‘yicha jiddiy vazifalar qo‘yiladi.

EMMM DUK 2012-yildagi faoliyatiga yakun yasar ekanmiz, yakunlanayotgan yil biz uchun juda samarali yil bo‘lganligini aytib o‘tish zarur. Elektromagnit moslashuv o‘tkazilgan hisoblari va boshqa radiochastotalar organlari va qo‘shni davlatlar bilan radiochastotalar nominallarini kelishuvlar asosida 2012-yilda turli toifalarda (olib kirish, loyihalashtirish va qurish, foydalanish) ga 63123ta ruxsatnoma rasmiylashtirildi. Radioelektron vositalarni (REV) O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, sotish va foydalanish tartibiga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida operativ-texnik tadbirlar o‘tkazish va ushbu sohada mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Operativ-texnik tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida 1074ta reyd o‘tkazildi. REV va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish, foydalanish va olib kirish o‘rnatilgan tartibiga amal qilish ustidan nazorat qilish faoliyatini amalga oshirish doirasida 3116ta radioelektron vositalarni olib kirish, 1237ta sotish taqiqlandi va 2378ta vositalardan foydalanish to‘xtatildi.

Markaz telekommunikatsiya vositalari rivojlanishini hisobga olib, radiochastota spektri texnik nazorati tizimini yanada modernizatsiyalash bo‘yicha ishlar davom ettirildi. Yil oxirida RRTM DUK bilan hamkorlikda qisqa to‘lqinli diapazon raqamli radioeshittirish uzatkichi foydalanishga topshirildi, bu birinchi bor Markaziy Osiyoda DRM raqamli formatda radioeshittirishni amalga oshirishga imkon berdi.

Biz uchun fevral oyida bo‘lib o‘tgan Butun jahon radioaloqa konferensiyasi (VKR-12) yakunlanayotgan yildagi muhim hodisa bo‘ldi, konferensiya o‘z ishini radioaloqa Reglamentini qayta ko‘rib chiqish Yakuniy hujjatlarini, radiochastota spektri va yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni muvofiqlashtiruvchi xalqaro shartnomani imzolash bilan yakunladi. To‘rt hafta davom etgan Konferensiyada yakuniy ma’lumotlar bo‘yicha MSE’ga a’zo 193ta davlatdan 165 ta davlatni taqdim etgan 3600dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar. VKR-12 ishiga EMMM DUK vakillari ham o‘z hissasini qo‘shdi. Markaz mutaxassislari elektraloqa Xalqaro birlashmasi, Mintaqaviy aloqa hamkorligi va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro seminarlarda faol ishtirok etishlarini aytib o‘tish zarur. EMMM DUK xodimlari malakalarini oshirish korxonaning ustivor vazifalaridan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirish maqsadida texnik o‘qishga katta e’tibor beriladi, doimiy ravishda ichki treninglar o‘tkaziladi.

2012-yil yutuqlari va 2013-yil loyihalari haqida fikr yuritsak, unda, EMMM DUK amaldagi sifat menejmentini viloyat bo‘linmalariga kengaytirish maqsadida ushbu tizim Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlari EMM’larida joriy etilgani va sertifikatlashtirilganligini aytib o‘tish zarur. Keyingi yil rejalarida samarali ishlab kelayotgan tizimlarni Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridagi mintaqaviy bo‘linmalarimizga tarqatish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, viloyatlardagi korxonalar faoliyatlarini takomillashtirish, taqdim etilayotgan xizmatlardan buyurtmachilarning qoniqishlarini doimiy oshirib borishga qaratilgan qator tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Xulosa qilib, EMMM DUK’ning barcha xodimlari nomidan mijozlarimizni, hamkorlarimiz, hamkasblarimiz, infoCOM.UZ jurnalxonlarini Yangi yil bilan tabriklayman va ularga sihat-salomatlik, baxt va farovonlik tilayman.

Orphus system