Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori To‘lqin Teshabayev bilan Yangi yil blits-intervyusi

– Hurmatli To‘lqin Zоkirovich, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yuqori malakali kаdrlаrni tayyorlash ishlari qanday bormoqda?
– Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 405 nafar yuqori malakali mutaxassislar mehnat qilmoqda, ulardan 98 nafari – fan nomzodlari va 21 nafar fan doktorlari, shu bilan birga, ularning o‘rtacha yoshi 44 yoshni tashkil etadi. Albatta, TATU filiallarini ham ta’kidlab o‘tish zarur, filiallarda 270 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar, ulardan 71 nafari fan nomzodlari va 10 fan doktorlari, o‘rtacha yoshi – 37 yoshni tashkil etadi. Keyingi yillarda universitet professor-o‘qituvchilari tarkibi 2010-yilda 26,6 foizdan 2012-yilda 32,6 foizgacha oshdi, filiallar bo‘yicha – 2010-yilda 28,6 foizdan to 2012-yilda 30,0 foizgacha oshdi.

Yosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Masalan, bugungi kunda universitetda va uning filiallarida 25 nafar magistr ilmiy-pedagogik faoliyatni davom ettirmoqda hamda universitet o‘quv faoliyatiga 14 nafar yosh ilmiy xodim jalb etilgan.

Mutaxassislar kasbiy bilim va malakalarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida universitetning 234 nafar o‘qituvchi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlariga va chet ellar (KXR, Germaniya, Rossiya, Chexiya)ga yo‘naltirildi. Bu universitet o‘qituvchilari umumiy sonidan 64,1 foizni tashkil etadi, filiallar bo‘yicha — 49,6%, ulardan 64 nafar o‘qituvchi Respublika kadrlar malakasini oshirish Markazlariga, soha korxonalariga — 70 nafar o‘qituvchi yo‘naltirildi.

Universitetning 328 nafar o‘qituvchi (89,9%), filiallar bo‘yicha — 230 nafar o‘qituvchi (85,2%) maxsus jadal o‘qitish ingliz tili kurslarida, bundan tashqari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni o‘rganish maxsus kurslarida 321 nafar o‘qituvchi (87,9%), filiallar bo‘yicha – 169 nafar o‘qituvchi (62,6%) ishtirok etdilar.

– Keyingi yillarda universitet va uning filiallarida o‘quv va o‘quv-metodik faoliyatida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
– Universitet va uning filiallarida o‘quv va o‘quv-metodik faoliyat yetarlicha faol va birlashtirilgan shakllar qabul qilmoqda.
Chet elning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘quv ta’lim dasturlarini tahlil qilish asosida va infokommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi zamonaviy tendensiyalarini hisobga olib, universitet professor-o‘qituvchilari tarkibi tomonidan o‘quv dasturlari va rejalari qayta ko‘rib chiqildi, tegishli o‘zgartirishlar kiritildi va ta’lim 13ta yo‘nalishlari va 10 ixtisosliklar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi.

2011-2012 o‘quv yilida bakalavriat birinchi va ikkinchi kurslarida chet tillariga o‘qitish soatlari oshirildi. Talabalarning rus tili bilimlari darajasini oshirish maqsadlarida o‘quv soatlarini ikki barobarga oshirish ko‘zda tutilgan, bu bakalavriat birinchi kursida haftasiga 4 soatni tashkil etadi.

Yangi «Studiya uskunalari va teleradioeshittirish», «Kompyuter grafikasi», «Multimediya texnologiyalari» va «Aloqa liniyalari», «Informatika va kutubxonachilik» kafedralari tashkil qilindi.

Samarqand filialida 2011-2012 o‘quv yilidan boshlab «Kompyuter tarmoqlari va tizimlari dasturiy ta’minoti», «Pedagogik ta’lim» (sohalar bo‘yicha) mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturaga qabul qilish tashkil etildi.

– Universitet moddiy-texnika bazasi qanday mustahkamlanmoqda?
– Toshkent axborot texnologiyalari universitetimoddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, 2011-2012 o‘quv yilida 42ta kompyuter sinflari va 31ta multimediya sinflari jihozlandi. Filiallar bo‘yicha kompyuter sinflari soni — 43, multimediya sinflari soni – 12 tani tashkil etadi.

Universitetning mintaqaviy filiallarida soha korxonalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda «Mobil aloqa tizimlari», «Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlar», «Raqamli kommutatsiya tizimlari», «Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlar o‘lchov asboblari», «DTS-2000 raqamli telefon stansiyasi», «Optik tola aloqa tizimlari», «Kompyuter tarmoqlari va tizimlari servis xizmatlari», «Radioaloqa va televideniye asoslari» va boshqa o‘quv sinflari hamda laboratoriyalari tashkil etildi.

– Universitetda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash holati qanday?
– O‘zbekiston Respublikasi Ppezidentining 2012-yil 24-iyul «Oliy toifali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va attestatsiya tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oliy toifali kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda va yosh ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

2012-yilda universitet bo‘yicha ilmiy-tadqiqotchilik ishlari soni 76tani tashkil etdi, ulardan 9ta – fundamental, 25ta – amaliy, 6ta – innovatsion, xo‘jalik shartnomasi bo‘yicha – 35ta, himoya qilingan fan nomzodi dissertatsiyalari soni – 9ta. Filiallar bo‘yicha 2012-yilda ilmiy-tadqiqotchilik ishlari umumiy soni — 18ta, ulardan 4ta – fundamental, 9ta – amaliy, xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha – 5. 7 fan nomzodi dissertatsiyalari va 1 doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi.

– Аytingchi, qaysi chet el oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilasiz?
– 2012-yilda 5 shartnomalar imzolandi (AQSH, Qozog‘iston, Xitoy, Shveytsariya), Tempus dasturi uchta loyihalarini bajarishda va Yevropa Ittifoqi Erasmus Mundus ikkita loyihalarida ishtirok etdik, 5 o‘qituvchilar Yevropa universitetlarida stajirovkadan o‘tdilar, 7 nafar talaba va 3 nafar aspirant Erasmus Mundus loyihasi bo‘yicha magistratura va doktoranturaga (Fransiya, Germaniya, Shvetsiya, Ispaniya) va Janubiy Koreya universitetlariga o‘qishga yuborildi. O‘quv jarayoniga GTTs yo‘nalishi bo‘yicha Germaniyadan 1 professor, ITIRC yo‘nalishi bo‘yicha Koreyadan 2 professor va JICA yo‘nalishi bo‘yicha Yaponiyadan 4 nafar mutaxassis jalb qilingan. Xalqaro konferensiyasi (ITPA) va Janubiy Koreyalik hamkorlarimiz bilan 5ta o‘quv seminarlari o‘tkazildi, unda Shvetsii va Ukraina universitetlari yetakchi professorlari, Inversion Technologies S.A. (Shveytsariya), Verimatrix Russia/CIS, National Instruments (AQSH), NIL (Sloveniya), Crimson Logic (Hindiston), Alcatel-Lucent (Fransiya), Huawei Technologies va ZTE (KNR) kompaniyalari, NEC Korporatsiyasi (Yaponiya) yuqori malakali mutaxassislari leksiyalar o‘qidilar. TATU-ASA ASA Instituti (AQSH) bilan hamkorlikda universitet va uning filiallari o‘qituvchilari, aspirantlari va magistrlari uchun seminarlar tashkil qildi hamda O‘quv-maslahat Markazini tashkil etdi. O‘quv-maslahat markazi O‘zbekiston talabalarining ASA dasturida ishtirok etishlari va ularning TATU diplomlariga qo‘shimcha, ASA diplomlarini olishlariga yordam ko‘rsatadi.

Eng yangi axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini (GPON texnologiyalari, ma’lumotlar uzatish tizimlari, ulanish uskunalari, keng polosali aloqa, NGN, IPTV, Mobil aloqa texnologiyalari va boshqalar) o‘rganish uchun ma’lumotlar uzatish tarmog‘i laboratoriyasi (ZTE Korporatsiyasining) ochilishi arafasida.

– Universitetda o‘quv jarayonini ishlab chiqarish bilan bog‘lash qanday yo‘lga qo‘yilgan?
– Bugungi kunda universitetda o‘quv jarayonini ishlab chiqarish bilan bog‘lash samarali rivojlanmoqda, ishlab chiqarish yuqori malakali mutaxassislari ta’lim jarayoniga faol jalb etilganlar. 2011-2012 o‘quv yilida aloqa va axborotlashtirish sohasi korxonalari bilan hamkorlik bo‘yicha 81ta shartnoma imzolandi. Ulardan 78,3 foizi bitiruv ishlari va 48,4 foizi magistrlik dissertatsiyalari ishlab chiqarish mavzulari bilan bog‘liq. Filiallarda 2011-2012 o‘quv yilida aloqa va axborotlashtirish sohasi korxonalari bilan hamkorlik bo‘yicha 39 shartnomalar imzolandi, ulardan 56,4 foiz bitiruv ishlari va 66,7 foiz magistrlik dissertatsiyalari ishlab chiqarish mavzulari bilan bog‘liq.

Joriy o‘quv yilida universitetda va filiallarida 130dan ortiq bevosita aloqa va axborot texnologiyalari korxonalari vakillari tomonidan o‘tkazildi.

Orphus system