О‘zbekistonda Softline kompaniyasi direktori Rustam Toshov bilan yangi yil blits-intervyusi

О‘zbekistonda Softline kompaniyasi haqli ravishda mamlakatimiz IT-bozori malakali va tajribali ishtirokchilari orasida e’tiborli o‘ringa ega. 2012-yil noyabr oyida kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyati sakkiz yilligini nishonladi. Softline faoliyati doirasiga O‘zbekiston yetakchi tashkilotlari va korxonalari uchun jahonda mashhur dasturiy ta’minot loyihachilari yechimlarini yetkazib berish, mualliflashtirilgan ta’limni tashkil etish va IT-konsalting sohasida xizmatlar ko‘rsatish kiradi.

2012-yil ikkinchi yarmida kompaniyamiz sur’atlarni oshirishga, mijozlar bazasini kengaytirishga va yetakchi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari bilan yangi hamkorlik maqomiga ega bo‘lishga erishdi. Yildan-yilga Softline iste’molchilarga litsenziyalashtirilgan dasturiy ta’minot yetkazib berish sohasida ilgari mumkin bo‘lmagan yutuqlardan foydalanish imkoniyatini ochib berib, ularning ishonchlariga sazovor bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya www.allsoft.uz internet-do‘konini ilgari surish bo‘yicha faol faoliyat yuritmoqda, hozirgi vaqtda istalgan tayyorgarlik darajasidagi foydalanuvchi uchun turli masalalarni hal etish uchun mo‘ljallangan minglab ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlardan tashkil qilingan keng katalog taqdim etilgan. Yilning ikkinchi yarmida Kaspersky Open Space Security mahsulotlari korporativ buyurtmachi-mijozlarning keng doirasi foydalanishi uchun taqdim etildi. Saytda va Eset Softwareda: ESET NOD32 Antivirus Business Edition va ESET NOD32 Smart Security Business Edition kabi korporativ mahsulotlari doirasi kengaytirildi.

Bundan tashqari, yilning ikkinchi yarmi kompaniya o‘tkazgan ko‘plab seminarlar bilan qiziqarli bo‘ldi, xususan:

— Softline kompaniyasi O‘zbekistonda yirik kompaniyalar uchun MDH mamlakatlari (O‘zbekiston, Belarusiya, Ukraina, Gruziya) bo‘yicha RAD Studio XE3 jahon turnesi Embarcadero konferensiyasini o‘tkazdi. RAD Studio, Delphi, C++Builder kabi vendorning yetakchi mutaxassislari tadbir ishtirokchilariga biznes-ilovalarni ishlab chiqish vositalari haqida so‘zlab berdilar. Konferensiyada O‘zbekistonning Coca-Cola Bottlers Uzbekistan Ltd., General Motors OAJ, O‘zbekiston FA Energetika va avtomatika Instituti, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash vazirligi, «Здоровьe 3» loyihasi kabi ko‘plab boshqa o‘ttizdan ortiq tashkilot va korxonalar ishlab chiqaruvchilari va rahbarlari ishtirok etdilar.

— Jahonning yetakchi dasturiy ta’minot loyihachilari rasmiy vakili Aflex Distribution bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi: O‘zbekistonning yirik kompaniyalari uchun «IT-masalalarini hal qilishga kompleks yondashish. Sizning biznesingiz xavfsizligi, avtomatlashtirish va daromadlarini oshirish dasturi». Seminar ishtirokchilari kundalik muammolarni va tashkilotlarning axborot xavfsizligi sohasidagi ehtiyojlarini muhokama qildilar va ularni hal qilish aniq yo‘llarini ko‘rib chiqdilar. Tadbirda korxonalar axborot xavfsizligini tashkil etish bo‘yicha biznes-talablar hamda bugungi kunda ko‘pchilik kompaniyalar oldida turgan biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi, xavfni ancha kamaytirish va ma’lumotlarni himoyalash hamda nosozlikni tiklash, foydalanishni, hisobga olish yozuvlarini boshqarish, saqlash tizimlarini virtuallashtirish, biznes-jarayonlarini avtomatlashtirish, foydalanuvchilar faolliklari monitoringgi kabi va boshqa ko‘plab muhim masalalarni hal qilishga imkon beruvchi aniq vositalar taklif etildi.

Bu yil kompaniyaning ikki nafar mutaxassisi vendorlar bo‘yicha muvaffaqiyatli o‘qishdan o‘tdilar va kompaniya uchun obro‘li mavqelar oldilar. Bular: «Kasperskiy Laboratoriyasi» sertifikatlashtirilgan treneri, u muvaffaqiyatli imtihon topshirdi va «Kaspersky Lab Sertified Professional» unvonini oldi. Shunday unvonga ega bo‘lish Kasperskiy Laboratoriyasi turli mahsulotlarini joriy etish, sozlash va ishlatishni bilishini tasdiqlaydi va InfoWatch Traffic Monitor 3.5 ni joriy etish va ishlatish muhandisi, buning hisobiga kompaniya mutaxassislari InfoWatch kompleks tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha loyihalar doirasidagi ishlarni bajara olishlarini bildiradi.

Hozirgi kunda Softline yechimlarini yetkazib berish masalalari bo‘yicha Fujitsu Technology Solutions GmbH kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi. Istiqbolli kelajakda kompaniya taklif etiladigan ishlar va xizmatlar to‘plamini kengaytirishni va o‘zining barcha mijozlariga SoftwareQHardware» xizmatini taklif etishni rejalashtirgan.

2013-yil I yarim yilligi rejalari
О‘zbekistonda Softline kompaniyasi 2013-yilning I yarim yilligida biznesning Internetda elektron distributsiya DT, SaaS (Software as) Servisda esa – DT ni xizmat sifatida – DTga muqobil «oblachniy» texnologiyasini sotib olish, shuningdek, professional IT-konsalting sohasida yirik korxona va tashkilotlar uchun kompaniyaning universal konsultantlik xizmatlarini kengaytirish, keyinchalik kompanining yetakchi vendorlari bilan hamkorlikda tanishtirish seminarlari, test-drayvlarini o‘tkazish kabi yonalishlarni faol rivojlantirishni rejalashtirgan.

«O‘tgan davrlar mobaynida ko‘p ishlar amalga oshirildi va yuksak cho‘qqilar zabt etildi. Oldinda – yangi, qiziqarli rejalar turibdi. Erishgan natijalarimizda qolishni istamaymiz, doimo ko‘rsatilayotgan xizmatlarimizning sifatini yaxshilashga harakat qilamiz va menejmentda ham, biznesda ham texnologiyani rivojlantirishga intilamiz. Barcha hamkorlar va mijozlarimizga ularning ishonchlari hamda ko‘p yillik hamko‘rliklari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz, O‘zbekistonda Softline kompaniyasining muvaffaqiyati sizning yutuqlaringizga bog‘liq bo‘ladi. Ishonchlilik, barqarorlik va rivojlanish – hamkorligimiz garovi! Yangi 2013-yil bilan samimiy tabrigimizni qabul qilgaysiz! Kirib kelgan yilimiz yangi rejalarga, ijodiy g‘oyalarga, yaxshi yangiliklarga va moliyaviy yutuqlarga boy bo‘lsin!», – deydi, O‘zbekistonda Softline kompaniyasi direktori Rustam Toshov.

Orphus system