O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari Assotsiatsiyasi ijrochi direktori Ilxom Abdullayev bilan yangi yil blits-intervyusi

Mаmlakatimiz taraqqiyotining hozirgi davri ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘sib borayotgan holati bilan ifodalanadi.

2010-yil 12-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari umumiy yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining chiqishida axborot sohasini isloh qilish va so‘z hamda axborot erkinligini ta’minlash bo‘yicha mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘yicha faoliyatning muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi. Shu xususdagi hisobotda shunday ta’kidlanadi: «Davlat tizimi va ijtimoiy qurilishda siyosiy modernizatsiyalash jarayonlarida muhim rol o‘ynayotgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish zarur».

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarni oshirishda barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish etmoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotning innovatsion sektorlari, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida ustuvor o‘sish ta’minlanayotganligi juda muhim. Axborot sohasi korxonalari ishlab chiqarish quvvatlari faol oshirilmoqda, ijtimoiy hayotning turli sohalariga yangi axborot tizimlari va texnologiyalari faol joriy etilmoqda. Keyingi yillarda aholiga interfaol davlat xizmatlarini taqdim etish, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, raqamli teleradioeshittirishlarni, elektron raqamli imzoni joriy etish, milliy axborot jamiyati infratuzilmasini shakllantirishning asosi sifatida telekommunikatsiyalar tarmog‘ini va Internet tarmog‘i milliy segmentini yanada rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan keng miq’yosli tuzilishli o‘zgarishlar guvohi bo‘ldik.

Axborot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda davlat hokimiyati organlari va biznes-tuzilmalari bilan bir qatorda fuqarolik jamiyati organlari institutlari vakillari ham katta rol o‘ynayotganlari juda muhim. 2006-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari Assotsiatsiyasi (O‘zbekiston IT-assotsiatsiyasi) shular qatoriga kiradi. Axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniyalar professional hamkorliklari instituti hisoblanib, O‘zbekiston IT-assotsiatsiyasi (bugungi kunda assotsiatsiya tarkibida O‘zbekiston IT-sohasi 50 dan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etadilar) O‘zbekistonda axborotlashtirish va axborot jamiyati tashkil topishi jarayonlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha turli yo‘nalishlardagi ishlarni olib bormoqda.

Assotsiatsiya, yakunlanayotgan yilda axborot sohasida amalga oshiruvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan yangi uskunalar, texnologiyalar va xizmatlarni keng taqdim etish faoliyatini olib borish masalalariga e’tiborini yanada kuchaytirdi. Masalan, 2012-yil davomida taqdimot seminarlari o‘tkazildi: «Biznes va loyihalarni boshqarish uchun ilovalar», «BioTrack – Ish vaqti hisobi va foydalanish nazorati biometrik tizimi», «Savdoni va mijozlar bilan munosabatlarni avtomatlashtirish», «Muloqot.Uz — O‘znetda yangi ijtimoiy tarmoq», «SAM.online» tizimi, moliyani boshqarish qulay vositasi», «YOTM «Kelajak ovozi» loyihalari taqdimoti», «Zaifliklarni boshqarish jarayonini tatbiq etib, qanday qilib biznes risklarini kamaytirish mumkin», «Axborot xavfsizligi bo‘yicha Symantec yechimi», «LG Smart TV uchun lokal ilovalarni ishlab chiqish», Ucell’dan, Oracle Day 2012 yechimlarni taqdim qilish va boshqalar. «O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari industriyasini rivojlantirish», «Davlat va jamiyat qurilishi tizimida siyosiy modernizatsiyalash jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hamda O‘zbekistonda internet-provaydingni rivojlantirish masalalari bo‘yicha dolzarb vazifalar» va boshqa mavzularda «davra suhbatlari» yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Assotsiatsiya mamlakatimizda dasturiy ta’minot industriyasini yanada rivojlantirish sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha faoliyatda faol ishtirok etadi. Masalan, 2012-yil 15-maydan 17-maygacha o‘tkazilgan BEST SOFT UZBEKISTAN 2012 Milliy forum-ko‘rgazma tashkilotchisi bo‘lib ishtirok etdi. Forumda jamiyatning turli sektorlari: davlat boshqaruvi, biznes, jamoat tashkilotlari va boshqalardan 200 nafar vakil ishtirok etdi. Forumda O‘zbekiston softver industriyasini rivojlantirish muammolari va istiqbollari, ochiq DT, IT-ta’lim sohasidagi mahsulotlar va yechimlarni yaratish jarayonlarini rag‘batlantirish va boshqa masalalar muhokama etildi. Forum yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va joriy etish sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.

BEST SOFT UZBEKISTAN 2012 ko‘rgazmasi katta muvaffaqiyat bilan o‘tdi, ko‘rgazma yuzaga kelgan an’ana bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tdi, bu talabalarni uning ishiga yanada faol jalb qilishga imkon berdi. Ko‘rgazmada umumiy maydoni 650 м2 kompaniyalar stendlari taqdim etildi. Ko‘rgazma ish kunlarida unga 12000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi. Ko‘rgazmaning ta’lim dasturi har doimgidan ham turli-tuman bo‘ldi, uning doirasida ta’lim seminarlari va softver mavzusidagi turli dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha mahorat maktablari videonamoyishi tashkil etildi. O‘tkazilgan respublika tanlovi yakunlari bo‘yicha quyidagi nominatsiyalarda eng yaxshi softver kompaniyalarga diplomlar va esdalik sovrinlari taqdim etildi: Dasturiy mahsulot – yil rusumi; joriy etilgan 2011-yil eng yaxshi loyiha; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun eng yaxshi dasturiy ta’minot; IT-ta’lim sohasida eng yaxshi kompaniya; Eng yaxshi talabalar loyihasi. Ko‘rgazmaning ikkinchi kuni «IT-mutaxassisi lavozimlari kuni» bo‘sh o‘rinlar Yarmarkasi aksiyasi bo‘lib o‘tdi. INFOCOM 2012 axborot-kommunikatsiya texnologiyalar Haftaligi, xususan, an’anaviy ICTExpo 2012 axborot texnologiyalari Milliy ko‘rgazmasi o‘tkazilishi assotsiatsiya faoliyatida katta, muhim tadbir bo‘lib qoldi.

2012-yil 26-28 sentabr kuni bir vaqtning o‘zida Toshkent, Navoiy va Termiz shaharlarida o‘tkazilgan an’anaviy ICTExpo 2012 axborot texnologiyalari Milliy ko‘rgazmasi axborot texnologiyalari kirib borishi mintaqaviy darajasi o‘sganligini ko‘rsatdi. Ko‘rgazma ish kunlarida video-ko‘prik, veb-traslyatsiya tashkil qilindi, bu tashrif buyurganlarga bir vaqtda o‘tkazilgan barcha eksponentlar ko‘rgazmalari bilan tanishish imkonini berdi. Eksponentlar soni 202ta kompaniyaga yetdi, 2011-yilda bo‘lganidan 30 kompaniyalarga ko‘pdir. Ko‘rgazma stendlari qurilgan umumiy maydoni 2160 kv.metrni, ulardan Toshkent shahrida va 680 kv.metri Navoiy va Termiz shaharlarida 1480 kv.metrni tashkil etdi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etib, assotsiatsiya tomonidan axborotlashtirish sohasida davlat regulyatori va homiylar ishtirokida «Bolalar uchun axborot texnologiyalari» aksiyasi amalga oshirilishi ta’minlandi, uning doirasida aksiya homiysi – Ucell kompaniyasi, ikkita kompyuter sinflarini (har bir sinfda 15 kompyuterlar, ko‘p funksional nusxa olish qurilmasi, 15 ta UPS, 1 proyektor, 1 printer) Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani transport va aloqa kasb-hunar kolleji (Termiz shahri) va Shayxontohur tumani aloqa kasb-hunar kollejiga (Toshkent shahri) beg‘araz topshirishni tashkil qildi.

An’anaviy ICTExpo 2012 axborot texnologiyalari Milliy ko‘rgazmasi doirasida «Kompyuter sporti bo‘yicha ICT-STUDENT Universiadasi» aksiyasi – axborot texnologiyalari mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari talabalari jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar o‘tkazildi. Kompyuterni yig‘ish; — Xavfsiz lokal tarmoq yaratish; — Berilgan mavzuga tematik internet-sahifani yaratish nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda birinchi o‘rinni Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (TPIK) jamoasi, ikkinchi o‘rinni — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi, uchinchi o‘rinni — Mirzo-Ulug‘bek informatika kasb-hunar kolleji (MUPKI) jamoasi egalladi.

INFOCOM 2012 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi tadbirlarini o‘tkazish doirasida Fond Forum tomonidan INFOCOM 2012 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi tashkilotchilari bilan hamkorlikda «Raqamli – «Mehribonlik» uyi uchun!» aksiyasini o‘tkazdi. Ushbu aksiya homiylari LG Electronics kompaniyasi va «COSCOM» XK MCHJ (Ucell savdo belgisi) Toshkent shahri 21-sonli «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilariga texnika eng yangi yutuqlari bo‘yicha jihozlangan Raqamli sport kinozalini foydalanishga taqdim etdilar.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-oktabr 289-sonli “Kompyuter savodxonligini baholash tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Vakolatli operator sifatidagi faoliyati assotsiatsiya ishida muhim yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu faoliyat doirasida assotsiatsiya tomonidan on-layn rejimida test sinovlarini o‘tkazish imkonini beruvchi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan axborot tizimidan foydalanish amalga oshirilmoqda. Test sinovlari o‘tkazilishi grafigiga muvofiq, joriy yilda respublika barcha mintaqalarida 83 nafar davlat va xo‘jalik organlari xodimlari test sinovlaridan o‘tkazildi.

2013-yilga muhim rejalardan assotsiatsiya bundan keyin ham axborotlashtirish sohasida vakolatli organlar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi va boshqa subyektlar – axborot sohasi ishtirokchilari bilan ijtimoiy hamkorlik jarayonlarini amalga oshirish doirasida samarali hamkorlik munosabatlarini o‘rnatishga intilishini aytib o‘tish zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarida belgilab berilgan axborot tizimlari, resurslari hamda xizmatlar milliy bozorini jadal rivojlantirish, mamlakatda axborot jamiyatini shakllantirish jarayonlarini faollashtirishni ta’minlashni amalga oshirishda o‘z hissamizni qo‘shishni rejalashtirmoqdamiz.

Orphus system