Net Applications: Windows 7 оperatsion tizimlar orasida jahonda yetakchi bo‘lib qolmoqda

Microsoft kompaniyasi 2012-yil noyabr oyi uchun Windows 8 OT savdosi natijalarini e’lon qildi — sotilgan nusxalar soni 40 millionni tashkil etdi, lekin operatsion tizimlar ommaviyligi reytingida yetakchilik qilishga baribir, hali ham vaqtli.

Net Applications 2012-yil noyabr oyi statistikasiga muvofiq, birinchi o‘rinni Windows 7 OT egallab turibdi, uning ko‘rsatkichi 44,71 foizni tashkil qilgan, o‘tgan oyga nisbatan biroz o‘sgan (44,69%). Ikkinchi o‘rinni 39,82 foizli nisbatlarda hozirda ham avvalgidek, Windows XP OT egallab turibdi. Yetakchilar ro‘yxati uchinchi qatorini Windows Vista OT egallagan. Ulardan keyin reytingda Mac OS X 10.6, 10.7 va 10.8 versiyalari taxminan teng turibdilar, biroz pastroqda Linux joylashgan. Sakkizinchi o‘rinni bozordagi 1,09% ulushi bilan yangi Windows 8 egallagan. Shu bilan birga, Windows RT OT ko‘rsatkichi juda past — atigi 0,02%.

Windows 8 OT 2012-yil 26-oktabr kuni savdoga chiqarilganligini aytib o‘tish zarur. Yangi interfeysi uning avvalgi versiyalaridan asosiy farqi hisoblanadi, tizimning o‘zi esa ancha tezkor va xavfsiz deb tan olindi. Shu bilan bir vaqtda, ba’zi foydalanuvchilar operatsion tizimning qayta ishlangan tashqi ko‘rinishidan va to‘la o‘zgartirilgan menyusidan norozi bo‘ldilar.

Mаnba: www.netapplications.com

Orphus system