Mister Christmasdan yozish funksiyasi bilan Yangi yil uchun raqamli video otkritka

Bugungi kunda ko‘pchilik internet-do‘konlarda juda foydali yangi yil sovg‘alari taklif etilmoqda. Yozish funksiyasi bilan raqamli bayram video-otkritkasi Yangi yil bayramiga o‘ziga xos va juda qiziqarli sovg‘a bo‘lishi mumkin.

Bu tabriklashning umuman yangi turidir! Oddiy otkritka o‘rnini bosishga qodir juda ajoyib kashfiyot.

Yana bunday video-otkritka ancha qiziqarli va ko‘p axborotli ham: axir mana shu otkritka-magnitga 15tagacha video yoki audio roliklarni yozish mumkin (umumiy hisobda 80 daqiqacha davomiylikka ega). Tabriknomalar va qarindoshlar hamda yaqinlarga murojaatlar yozishingiz mumkin (video-otkritka kiritilgan videokamera va mikrofon bilan ta’minlangan), ular esa istagan paytlarida ularni tomosha qilishlari mumkin: kichik ekranchada ko‘rishlari yoki o‘rnatilgan dinamiklar orqali eshitish mumkin.

Hatto Yangi yil bayramlaridan so‘ng ham video-otkritka foydali bo‘ladi. U magnit ko‘rinishida bajarilgan, uni muzlatkichga mahkamlab qo‘yish mumkin. Bayramlardan keyin esa — mana shunday magnitcha oila ichida axborot almashish va muloqot uchun video-maktub bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Qаyta yozish funksiyasi bilan raqamli bayram video-otkritkasi texnik ko‘rsatkichlari:
• 1,8-duymli SK-displey;
• video va audio roliklarni yozish va ko‘rish (kiritilgan videokamera va mikrofon mavjud);
• kiritilgan xotirasi (80 soniyalik video);
• 15tagacha kliplar yozib olish imkoniyati;
• avtomatik o‘chirish;
• kiritilgan dinamik;
• raqamli video-otkritka muzlatkich uchun magnit hisoblanadi;
• 2 dona AAA batareykalaridan ishlaydi (jamlanmada mavjud);
• video-otkritkaning kattaliklari 88 x 88 mm. Otkritkaning narxi taxminan $45 dollarni tashkil etadi.

Manba: www.vipmir.ru

Orphus system