Logitech yangi klaviaturani va Mac uchun trekpadni taqdim etdi
03.01.2013
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Logitech kompaniyasi Logitech Bluetooth yoritish chirog‘i bilan yangi Easy-Switch Keyboard simsiz klaviaturasini va Mac kompyuterlari uchun maxsus yaratilgan Logitech Rechargeable Trackpad trekpadini taqdim etdi.

Ishlab chiqaruvchi saytida berilgan press-relizga qaraganda, klaviatura simsiz Bluetooth-ulanish tizimi yordamida ulanib iOS-gadjetlari bilan ham ishlaydi. Ushbu model dizayni bo‘yicha boshqa, yaqinda taqdim etilgan Logitech klaviaturasini deyarli to‘la takrorlaydi, biroq ular o‘rtasida bir farq bor — bu farq Mac va iOS uchun maxsus tugmalar mavjudligidan iborat. Bundan tashqari atrof qurilmasi foydalanuvchi ular yordamida tovushning balandligi va ekranning yorqinligini boshqarishi mumkin bo‘lgan tugmalari mavjudligi bilan faxrlanishi mumkin.

Logitech Rechargeable Trackpadtrekpadi to‘g‘risida fikr yuritsak, u smartfon/planshet ekranini o‘xshatuvchi shisha qoplam bilan qoplangan va multitach ishoralari keng turlari — svayp va masshtablashtirish va boshqalarni ta’minlaydi. Loyihachilarning ta’kidlashlaricha, trekpad maxsus ravishda unda barmoqlar izlari va qirilishlar qolmaydigan qilib ishlangan.

Ikkala qurilma ham keyingi yil yanvar oyida savdoga chiqariladi. Klaviaturani foydalanuvchilar $99,99 narxda, shu bilan bir vaqtda, trekpadni $69,99 dollarga xarid qilish mumkin.

Маnba: www.ubergizmo.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq