LG 10 millionta Optimus L seriyali smartfonlarni sotdi

LG kompaniyasi rasmiy press-relizini chiqardi, unda rasmiy taqdimotidan so‘ng bir yildan kam vaqt ichida Optimus L-series smartfonlar savdosi 10 million donadan oshib ketganligi haqida ma’lumot berildi. Eslatib o‘tamiz, L qatori smartfonlari fevral oyi ikkinchi yarmida, Mobile World Congress 2012 ko‘rgazmasi ochilishi arafasida birinchi bor taqdim etilgan edi.

Optimus L3, L5 va L7 modellari birinchi bo‘lib, savdoga chiqarildi, keyinchalik ularga seriyaning yetakchisi — Optimus L9 modeli qo‘shildi. LG Mobile Communications prezidenti va bosh ijrochi direktori Chen Sok Pakning (Jong-seok Park) fikri bo‘yicha foydalanuvchilar Optimus L modelini ajoyib zamonaviy dizayni, sifatli displeyi va firma UX funksiyalar to‘plami sababli munosib baholadilar. Oxirgilari orasida, xususan, 64 til bilan ishlaydigan QTranslator lug‘ati ajralib turadi.

LG ma’lumotlariga qaraganda, Optimus L seriyali smartfonlar hozirgi kunda jahonning 50 mamlakatlari do‘konlarida taqdim etilgan.

Mаnba: www.lg.com

Orphus system