Intelligent Solutions kompaniyasi ijrochi dirеktori Yеlеna Atlanova bilan yangi yil blits-intеrvyusi

2012-yil yakunlandi va odatdagidek yil yakunlarini sarhisob qilgimiz keladi. Yashirmayman, bu yil «firmamiz» faoliyati yo‘nalishlari rivojlanishi o‘sishi bo‘yicha hamda innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha ham ancha qizg‘in va murakkab yil bo‘ldi. Lekin, o‘ylaymanki, faqat biz uchun emas, balki respublikamizning deyarli barcha softver kompaniyalari uchun bu yil qanchalik ko‘p ishlar bajarilganligini ko‘rsatdi.

Ikki an’anaviy IT-ko‘rgazmalarida mamlakatimiz softver kompaniyalari yangi qiziqarli loyihalarini ishonchli namoyish etdilar. Davlat aloqa qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan chet el safarlaridan ham ko‘p foyda oldik, misol uchun, Hindistondagi IndiyaSoft-2012 ko‘rgazmasida O‘zbekiston softver kompaniyalari bilan birga kompaniyamiz ham faol ishtirok etdi.

Yilning natijalari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, ular faqat bizni emas, balki mijozlarimizni ham quvontirdi deb ishonch bilan aytish mumkin. Ko‘rsatiladigan xizmatlarimiz turlari doirasini ancha kengaytirdik, ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga qaraganda, 25 foizga o‘sdi. Bugungi kunda kompaniyamiz portfoliosida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, malakatimizning «Xalq-banki» «Agrobank», «Ipak yo‘li banki», «Kapitalbank», UzKDB Bank kabi nufuzli va boshqa banklarida, Sog‘liqni Saqlash vazirligida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yuzlab katta loyihalar mavjud – bu ro‘yxatni yana kamida bir necha sahifalarda davom ettirish mumkin. Lekin faqat behalovat mehnat kunlari bilan birga, bayramlar ham bo‘ldi. Bu yil Intelligent Solutions kompaniyamiz o‘n ikki yilligini nishonladik. Mana shu, aytaylik, muchal sanani davlat va jamiyat tomonidan axborot texnologiyalariga qiziqishning ortishi bilan nishonladik. 2012-yil mart oyida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi Farmoni juda mos ravishda umuman yangi loyihalar ochilishiga olib keldi. Ular haqida batafsil to‘xtab o‘taman.

Aprel oyida kompyuter savodxonligi minimal darajasi talablariga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirish uchun «KSBT» tizimi foydalanishga topshirildi.

Doimiy mijozimiz – «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi havo yo‘llari Bosh agentligi (GAVS) uchun GAVS agentlari va subagentlari tomonidan aviachiptalar sotilishini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan yangi tizim foydalanishga topshirildi.

O‘zini yaxshi ko‘rsatib ulgurgan IS-DocFlow tizimi asosida korporativ hujjatlar almashish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish uchun dasturiy ta’minot yaratish ustidagi ishlarimizni davom ettirdik. AKIB «Ipotekabank» bankida «IS Docflow» elektron hujjat almashish tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlarimiz muvaffaqiyatli joriy etishga misol hisoblanadi. 2012-yil avgust oyida IS DocFlow bankning ikki shahar va mehnat filialiga moslashtirildi. Tizimni joriy etish ijrochilik intizomini u yoki bu xodimning biror-bir hujjat bilan ishlashga sarflagan vaqti haqidagi ma’lumotni o‘rganib chiqishgacha bo‘lgan natijalarni tahlilini o‘tkazishga imkon berdi. Hujjatlar hisobini olib borish bo‘yicha ko‘p vaqtni oladigan (ro‘yxatga olish, imzolash, topshiriqlar va ko‘rsatmalarni aniq ijrochilargacha yetkazish, hujjatlarni izlash, hisobot shakllarini tuzish kabi) operatsiyalarni avtomatlashtirish yanada mahsuldor texnologik va boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun bank xodimlari ish vaqtini bo‘shatdi.

2012-yilda kompaniyamiz «Toshkent» aeroporti rejalashtirish-iqtisod bo‘limi iqtisodchisi avtomatlashtirilgan ish joyini yaratish va «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmati muhandisi avtomatlashtirilgan ish joyini ishlab chiqish bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘ldi. Ushbu tizimlar aviakompaniya ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini avtomatlashtirish dasturiy vositalari to‘plami tarkibida faol ishlab chiqilmoqda, bu aeroportning rejalashtirish-iqtisod bo‘limiga va ishlab chiqarish-dispetcherlik xizmatiga me’yoriy-spravochniy axborotlardan va «Toshkent» xalqaro aeroportda bajarilgan reyslar to‘la axborot bazasidan foydalanish uchun aviakompaniyaning yagona ma’lumotlar axborot bazasiga ulanishga imkon beradi. Ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minot aeroport rahbariyatida tahlil o‘tkazish uchun materiallarni tayyorlash, «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi va chet el aviakompaniyalari reyslarini jo‘natish va qabul qilish bo‘yicha xizmatlarning ishi haqidagi operativ hisobotni shakllantirish, aeroport ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish uchun hisobotni tayyorlash kabi asosiy biznes-jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, reyslarga xizmat ko‘rsatilganligi uchun chet el aviakompaniyalariga hisoblarni taqdim etish uchun reyestrlarni tayyorlash jarayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi yuqori davlat organlariga, davlatlararo tashkilotlar (ICAO, IATA) va NAK direksiyasi uchun davriy hisobotlarni taqdim etish jarayonlari avtomatlashtiriladi.

2012-yil noyabr oyida kompaniyamiz mutaxassislari sog‘liqni saqlash sohasidagi yana bir katta loyihani – Qon xizmati avtomatlashtirilgan axborot tizimi loyihasini amalga oshirishga kirishdilar. Ushbu tizim donorlik qoni va uning komponentlarini tayyorlash, tekshirish, saqlash, taqsimlash jarayonlarini kompleks axborotlashtirishga imkon beradi. Mana shunday tizimni joriy etish ishlab chiqarish xavfsizligi va mahsuldorligini ancha oshirishga, donorlik qoni sifatini nazorat qilish qo‘shimcha pog‘onalarini kiritish imkonini va rahbariyatning to‘la va operativ xabardorliklarini ta’minlash imkonini beradi.

Yanvar oyidayoq yakunlanadigan loyihani amalga oshirish birinchi bosqichida to‘la elektron kartotekani tashkil qiluvchi donorlar Yagona ma’lumotlar bazasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, uning asosida donorlikdan chetlashtirilgan shaxslar haqidagi axborot shakllantiriladi. Ushbu bazaga laboratoriya tadqiqotlari jarayonida aniqlangan infeksiyalar haqidagi barcha ma’lumotlar kelib tushadi, ularning natijalari avtomatik tarzda tezkor xabar kabi o‘tgan yilda ishga topshirilgan infeksion kasallanishlar epidemiologik monitoringi Tizimiga uzatiladi.

Loyihani amalga oshirish keyingi bosqichlarida amalga oshirilgan donatsiyalardan olingan qonlar, qon yoki uning komponentlarini qayta ishlash va saralash jarayonlari va tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan tortib, to davolash-profilaktik tarmog‘iga berilishigacha, retsipiyentgacha – qon quyilgan bemorgacha turli laboratoriya tadqiqotlari natijalari hisobotini avtomatlashtiriladi. Donorlik qonini tayyorlashda va komponentlari va preparatlarini ishlab chiqarishda shtrix-kodlashtirish qo‘llanilgan maxsus texnologik etiketkalardan foydalanish barcha texnologik jarayonlarning xavfsizligi kafolatlanishini ta’minlaydi. Kelajakda qon xizmati avtomatlashtirilgan axborot tizimi butun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab joriy etiladi va Sog‘liqni Saqlash Vazirligi yagona Milliy tizimiga ulanadi. Mana shu juda muhim va mas’uliyatli loyihaga barcha kuchimizni va alohida diqqatimizni jamladik.

2013-yil rejalarini shakllantirar ekanmiz, asosiy va yordamchi biznes-jarayonlarni yaxshilay oladigan va tashkilotlar va korxonalarga o‘z resurslaridan samarali foydalanishlariga yordam beradigan texnologiyalarga ehtiyoj ortib borayotganligini ko‘ramiz. Aynan mana shuning uchun ishda o‘zini yaxshi ko‘rsatgan o‘z firmamiz dasturiy yechimlarimizni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratish niyatidamiz. Misol uchun, bizning IBS Smart-bank jadal rivojlanayotgan zamonaviy bank deyarli butun texnologiyalarini qamrab olib, o‘zining funksionalligini oshirishda davom etmoqda.

Ko‘rganingizdek, oldimizda juda jiddiy vazifalar turibdi, shuning uchun bugungi kundanoq o‘z korporativ tuzilmalarimizni va ishlanmalar texnologiyalarini takomillashtirish xususida qayg‘uramiz. Har qanday softver kompaniyasining muvaffaqiyati dasturiy ta’minot yaratish jarayonida ishtirok etuvchi mutaxassislarning sifatiga bog‘liq bo‘lishi sir emas. Istiqbollarni hisobga olib, xodimlar tartibini to‘ldirish muammosini hal qilishga mas’uliyat bilan yondashib joriy yilda hosil bo‘lgan bo‘sh o‘rinlarga asosan yoshlarni va istiqbolli, faoliyatini boshlayotgan, jiddiy bilim olish va qayta tayyorgarlikka qodir mutaxassislarni qabul qildik.

Yangi yil arafasida Intelligent Solutions jamoasi nomidan mijozlarimiz, hamkorlarimiz, hamkasblarimiz, raqobatchilarimiz hamda ajoyib, infoCOM.UZ jurnalxonlariga oxir zamon haqidagi mish-mishlarga ishonmasliklarini tilayman, axir oldinda ko‘plab qiziqarli va go‘zalliklar turibdi. Keling, yangi yilni bayram tadbirlari bilan kutib olaylik, yaxshi dam olamiz va yangi g‘oyalar bilan shiddatli Ilon ramzi bilan 2013-yilni boshlaymiz, u albatta donolar va mehnatsevarlarni barcha ishlarda qo‘llab-quvvatlashni va’da beradi. Jamoamiz kosmik sikl yakuni deb ataluvchi sanani o‘zining korporativ QZK bilan «cho‘chitib yubordi» va yana har kuni tongdan yaxshi kayfiyat bilan o‘zimizning mayli murakkab bo‘lsa ham sevimli ishimizga shoshilamiz.

Orphus system