e-riderlarning ommaviyligi asta pasayib bormoqda

E-Ink ekranli elektron kitoblar birinchi bor bozorda paydo bo‘lganida foydalanuvchilar gadjetlar yangi turiga turlicha munosabat bildirdilar. Masalan, texnologiyalar va o‘qishlilik mana shunday birligi ba’zilarga yoqqan bo‘lsa, boshqalari ekranning sekin ishlashidan shikoyat qildilar. Vaqt o‘tishi bilan e-riderlar bozorda ancha taraqqiyotga erishdilar va kitoblar hamda jurnallar raqamli versiyalari ommaviyligi oshishiga yordam berdilar. Shunga qaramay, keyingi paytlarda mana shunday qurilmalar savdosi asta pasaya boshladi.

Muammo qurilmaning o‘zida emas, balki uning raqobatchilari bilan bog‘liqligini aytib o‘tish zarur. Masalan, xaridorga gadjetlar orasidan faqat matnni aks ettirish uchun mo‘ljallanganini va Android yoki iOS boshqarivida ishlaydigan planshetli kompyuter o‘rtasida tanlash kerak bo‘lganda, ko‘pchilik so‘zsiz, aynan ikkinchi variantni afzal biladilar. Bundan tashqari, Android asosida ko‘p sonli arzon planshetlarning paydo bo‘lishi E-Ink ekranli e-riderlar ommaviyligiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

iSuppli analitik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga qaraydigan bo‘lsak, unda elektron kitoblarga talabning keskin pasayishi nisbatan yaqinda sodir bo‘lgan. Avvalgi besh yil davomida e-riderlar savdoning barqaror va ishonchli oshib borishi bilan maqtanishlari mumkin bo‘lgan. Tadqiqotchilar ta’kidlashlaricha, bunda ishlab chiqaruvchi tomonidan elektron kitob deb hisoblanuvchi Android asosida ishlovchi planshetli kompyuterlar, — Kindle Fire va Nook ba’zi modellari katta rol o‘ynadi.

2011-yilda E-Ink ekran bilan 20 milliondan ortiq e-riderlar sotilgani aytiladi. iSuppli so‘zlariga qaraganda, agar talabning pasayishi yana davom etadigan bo‘lsa, unda 2015–2016 yillarda sotilgan elektron kitoblarning soni 7 milliongacha qisqarishi mumkin.

Маnba: www.slashgear.com

Orphus system