All-in-One kompyuterlari: ommaviylika qo‘shimcha 20%

Hоzirgi kunda dunyoda portativ kompyuter tizimlari: planshetlar, noutbuklar va ularning turli xildagi gibridlarining ommaviylashuvi o‘sib borishi jarayoni kuzatilmoqda. Ish joyi shaxsiy kompyuterlariga kelsak, unda hozirgi vaqtgacha ko‘pchilik foydalanuvchilar stol ostida tizimli blok va stol ustida monitor konsepsiyasini afzal bilganlar. Keyingi yildayoq ko‘plab iste’molchilar o‘z ovozlarini All-in-One klassidagi ShK’larga berishlari kutilmoqda.

Digitimes Research axborot agentligining analitiklari quyidagi raqamlarni keltirmoqdalar. 2012-yil oxirigacha jahonda All-in-One klassidagi kompyuter tizimlarining taxminan 13,2 mln. donasi savdoga jo‘natilgan, bu avvalgi yilga nisbatan atigi 1,5 foizga ko‘pdir. Ko‘rinib turibdiki, o‘sish juda kichik, lekin 2013-yildayoq monobloklarga iste’molchilik qiziqishlarining ancha o‘sishi guvohi bo‘lib qolamiz. Masalan, Tak, Digitimes Research xodimlarining taxminlariga ishonadigan bo‘lsak, keyingi yilda 15,8 mln. monoblokli ShK’lar sotiladi, bu foizli nisbatlarda joriy hisobot yilidagiga qaraganda, 19,7 foizga ko‘p. Paydo bo‘layotgan ushbu 19,7 foizga kirgan monobloklarning ko‘pchiligi Windows 8 operatsion tizimi boshqaruvi bilan ishlaydi va sensorli displeylarga ega bo‘ladi.

All-in-One kompyuter tizimlari sektorida bu yilda Lenovo (jo‘natilgan monobloklar umumiy sonidan 27,3%), Apple (22,7% ko‘rsatkich bilan), Hewlett-Packard (15,5%), Sony (6,6%), Dell (6,4%), Acer (5,3%), NEC (4,2%), Fujitsu (2,3%) va ASUS (2%) kompaniyalari eng katta o‘yinchilar bo‘ladilar.

Manba: www.thg.ru

Orphus system