UZINFOCOM Markazi direktori Djalolitdin Raximov bilan blits-intervyu

Joriy yil respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ni rivojlantirish tarixida muhim bosqichlardan biri bo‘ldi deb ishonch bilan aytish mumkin. Respublikamiz rahbariyati va hukumati tomonidan ushbu soha bo‘yicha qator muhim qarorlar qabul qilinishi bunga asos bo‘ldi.

Bu yil qabul qilingan qonunosti hujjatlarga muvofiq soha tizimida o‘zgarishlar amalga oshirildi, AKT’ni yanada rivojlantirish va tatbiq etish, shu jumladan, qishloq joylarida yanada rivojlantirish va joriy etish bo‘yicha dasturlar hamda chora-tadbirlar tasdiqlandi, milliy axborot tizimini shakllantirish va davlat organlari axborot tizimlari va axborot resurslarini yanada rivojlantirish hamda interfaol davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Avvalgi yillarda bo‘lgani kabi, joriy yilda UZINFOCOM Markazi tomonidan davlat boshqaruvi, ta’lim sohasida hamda biznes-jarayonlarni ta’minlashda ko‘plab qiziqarli va innovatsion IT-loyihalar amalga oshirildi. Ulardan ba’zilari muvaffaqiyat bilan AKT sohasidagi ko‘rgazmalar, seminarlar, konferensiyalar va yarmarkalarda, shu jumladan, AKT haftaligi doirasida ICTExpo 2012 Milliy ko‘rgazmasida namoyish etildi.

Respublikamiz fuqarorlariga davlat organlariga murojaat etishdek konstitutsion huquqlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida fuqarolik Shaxsiy kabineti yaratildi. Hozirgi kunda ushbu modul test rejimida www.my.gov.uz manzilida joylashtirilgan va unga beshta vazirliklar hamda idoralar ulangan. Hozirgi kunda boshqa davlat organlarini tizimga ulashga tayyorlash va fuqaro Shaxsiy kabineti orqali jo‘natilgan fuqarolar murojaatlarini boshqarish bo‘yicha tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, uy-joy–kommunal xo‘jaligi bilan bog‘liq respublika aholisi uchun foydali yana bir loyiha yo‘lga qo‘yildi. Bu – kommunal xo‘jalik va turar joy fondi Portali e-kommunal.uz (www.ek.uz). Ushbu loyiha birinchi navbatda, kommunal xo‘jalik va turar joy fondi bo‘yicha barcha kerakli axborotlarni bir joyda jamlashga imkon beradi. Ushbu resursda joylashtirilgan TJKX me’yoriy-huquqiy bazasi, Toshkent shahri kommunal xo‘jaligi va turar joy fondi haqidagi ma’lumotlar va boshqa foydali axborotlardan tashqari portalda kommunal xizmatlarni hisoblash kalkulyatori yaratilgan, obodonlashtirish sohasida jamoatchilik fikrini o‘rganish uchun so‘rovlar joylashtirilgan. Hozirgi kunda ushbu loyiha doirasida funksional portal bilan bog‘liq Mobil qo‘shimchalar ham ishlab chiqilmoqda.

Joriy yilning aprel oyida nishonlangan UZ domeni zonasining 17-yilligiga bag‘ishlab va Internet tarmog‘ida milliy segmentni rivojlantirish maqsadlarida, UZINFOCOM Markazi co-location, VPS va xosting kabi Data-markazi xizmatlariga 25 foizlik chegirmalarni kiritdi. Bundan tashqari, UZ zonasida, ayniqsa, mintaqalarda domen nomlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha qulay sharoitlarni yaratish uchun Navoiy, Namangan, Farg‘ona viloyat hokimiyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi SM qoshidagi to‘rtta kompyuterlashtirish Markazlariga UZ. domeni zonalari ro‘yxatga oluvchilari huquqlarining berilishi hisobiga ro‘yxatga oluvchilar soni yettitadan o‘n bittagacha oshirildi.

Bugungi kunga kelib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan choralar natijasida mamlakatimizda faol domenlar soni 16500 donadan oshib ketdi, yil boshidan o‘sish esa 16,5 foizni tashkil etdi. .UZ milliy domenini yanada rivojlantirish maqsadlarida hamda .UZ yuqori darajali domeni Administratori hisoblangan UZINFOCOM Markazi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha choralar dasturiga muvofiq, AQShda .UZ domeni zonasining yangi DNS-serveri (ns7.uz. 54.243.198.194) sozlandi va ishga tushirildi. Ushbu server chet el mamlakatlari foydalanuvchilariga .UZ domenida axborot resurslariga tez ulanish uchun imkoniyatlar taqdim etadi. Yangi server test sinovlaridan o‘tkazildi va ICANN tomonidan ma’qullandi.

АKT’ni rivojlantirish va tatbiq etishda davlat organlariga yordam ko‘rsatish doirasida hozirgi kunda Data-markaz texnik maydonida imtiyozli asosda 81ta davlat organlarining saytlari asosiy versiyalari joylashtirildi. Joriy yilda davlat organlari axborot resurslarini Data-markazida joylashtirish uchun imtiyozli hajmi 250 Mb dan 400 Mb gacha oshirilganligini aytib o‘tish zarur.

Milliy axborot-izlash tizimini – www.uz rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarorlariga muvofiq bugungi kunda TAS-IX foydalanuvchilari tashriflari umumiy statistikasi modulini takomillashtirish va reytingi modulini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar bajarildi. Axborot bazasida saytlar soni 7000 dan ortiqni tashkil qilishini aytib o‘tish zarur.

Axborot xavfsizligini ta’minlash va noxush kompyuter hodisalarining oldini olish uchun UZINFOCOM Markazi qoshidagi UZ-CERT Xizmati tomonidan milliy axborot resurslari monitoringi muntazam ravishda olib boriladi va xavfsizlik bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Joriy yil davomida jami .UZ domeni zonasida 39 zaifliklar aniqlandi hamda UZ-CERTified (cert.uz/uzcertified) dasturida ishtirok etishga 289 arizalar olindi, shu bilan birga SiteAdvisor dasturida 817 ta saytlar tekshiruvi amalga oshirildi.

Internet tarmog‘idan milliy foydalanuvchilarimiz orasida hozirgi kunda ID.UZ. servisi mashhur bo‘lib, ommaviylashib borayotganligini ta’kidlash zarur. ID.UZ Yagona tizimi yordamida istagan foydalanuvchi erkin ro‘yxatdan o‘tishi va UZINFOCOM Markazi barcha loyihalariga mualliflashtirilgan foydalanish imkoniyatini olishi mumkin. Markaz mutaxassislari tomonidan ushbu xizmatni rivojlantirish maqsadlarida PassportID mavqei bilan foydalanuvchilar uchun ID.UZ kartochkalariga on-layn buyurtma loyihasi ishlab chiqilmoqda, bu esa foydalanuvchilarga UZINFOCOM Markaziga tashrif buyurmasdan turib, istalgan vaqtda shartnoma tuzishlariga imkon beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdan PQ-1730-sonli Qarorini amalga oshirish doirasida UZINFOCOM Markazi tomonidan axborot tizimlari komplekslarini, axborot tizimlari ishlab chiqilishi va ularni Milliy axborot tizimiga (MAT) birlashtirish kundalik monitoringi o‘tkazilib kelinmoqda. Buning uchun www.nis.uz saytida maxsus uzel tashkil etildi, bu yerda axborot tizimlarini ishlab chiqish va ularni MAT’larga birlashtirish hozirgi holati bilan batafsil tanishish mumkin.

AKT’ni mintaqalarda rivojlantirish faoliyatimiz asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘tgan davr davomida kompyuterlashtirish Markazlari faoliyatlari samaradorligini oshirish uchun UZINFOCOM Markazi mutaxassislari tomonidan Markazlar faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi qator ichki me’yoriy-huquqiy hujjatlar (nizomlar, dasturlar va shu kabilar) ishlab chiqildi hamda «Yagona oyna» Makazlari faoliyatlari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maslahatlar hamda metodik yordam ko‘rsatilmoqda.

UZINFOCOM Markazi tomonidan davlat boshqaruvida AKT’dan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatchilari bilim va malakalarini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, joriy yilning 30-mart, 27-iyul va 13-noyabr kunlari davlat xizmatchilari uchun axborot tizimlari va axborot resurslarini shakllantirish va ro‘yxatdan o‘tkazish, saytlarni takomillashtirish, interfaol davlat xizmatlari ko‘rsatilishi sifatini oshirish va AKT boshqa jihatlari bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Ushbu seminarlarda jami davlat organlari 100 dan ortiq vakillari ishtirok etdilar.

Markazning faoliyati ustuvor yo‘nalishi, xususan – ZiyoNET axborot-ta’lim tarmog‘i haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, portal servislaridan foydalanishda ham va uni kontent bilan to‘ldirishda ham bu yilda foydalanuvchilarning faolliklari o‘sishi kuzatilganligi aytib o‘tish muhimdir. Masalan, 9 000 dan ortiq ta’lim sohasidagi videomateriallarni o‘z ichiga olgan uTube.uz videoportali alohida mashhurlikka ega bo‘ldi. Agar 2011-yilda foydalanuvchilar yuklab olgan videomateriallar taxminan 5000 donani tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda ularga yana 4000 dan ortig‘i qo‘shildi. ZiyoNET portali kutubxonalarida joylashtirilgan axborot resurslari tinimsiz o‘sib borayotganligini ham aytib o‘tish lozim, ularning soni bugungi kunga kelib 40 000 dan oshib ketdi.

Keyingi yilda Hukumat portalini modernizatsiyalash, Android va iOS platformalarida uning mobil ilovasini ishlab chiqish hamda mobil versiyasini takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, kommunal xo‘jalik va turar joy fondi Portalini rivojlantirish ishlari davom ettiriladi, xususan, portalda axborotlar tarkibiy kengaytiriladi va aholi uchun yangi servislar hamda xizmatlar qo‘shiladi.

Bundan tashqari, AKT sohasidagi uTube.uz, Fikr.uz, Tanlov.uz, ID.UZ, Desk.uz, СМС-платформа, reestr.uz, uforum.uz, umail.uz, WWW.UZ kabi Markazning ta’lim va ijtimoiy loyihalarini rivojlantirish hamda ularning mobil qo‘shimchalarini ishlab chiqish yaqin kelajak muhim yo‘nalishlari qilib belgilab olindi.

Desk.uz loyihasi haqida gapiradigan bo‘lsak, Desk.uz da foydalanish mumkin bo‘lgan turli vidjetlar va servislar umumiy sonini kengaytirish sayt loyihachilarining yaqin kelajak rejalariga kiritilgan. Bu Desk.uz loyihasi imkoniyatlarini yanada kengaytirish va boshlang‘ich sahifalar yaratish va samarali ish muhitini tashkil qilish uchun qulay hamda keng yo‘nalishli servis sifatida uning o‘rnini mustahkamlashga imkon beradi.

Axborot xavfsizligini rivojlantirish va ta’minlash maqsadlarida axborot xavfsizligini aniqlash, oldini olish va bartaraf qilish uchun davlat organlari axborot resurslari monitoringi tizimini yaratish rejalashtirilmoqda.

Data-markazni rivojlantirish xususida keyingi yilga Data-markaz mavjud uskunalari asosida «oblachniy» texnologiyalarni rivojlantirish, SMS-shlyuz orqali operativ axborotlar SMS-xabarlari xizmati platformasini yaratish, milliy televideniye dasturlarini on-line namoyish etish hamda dc.uz saytida «Onlayn buyurtma» xizmatini tatbiq etish bo‘yicha va boshqa ishlar rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida .UZ (www.cctld.uz) yuqori daraja domen Administratori saytida domenlarni band qilish, registratorni tanlash imkoniyati bilan domenlarni ro‘yxatga olish, domenlar egalari uchun kontaktlar va NS-serverlarni qo‘shimcha qilish va o‘zgartirish hamda domenlar transferi imkoniyati bilan qator on-layn xizmatlar amalga oshiriladi.

Ахborot tizimlarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-mart PQ-1730 sonli Qarori doirasida davlat organlari rasmiy so‘rovlar bo‘yicha yaratilayotgan axborot tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Keyingi yilda Vazirlar Mahkamasi axborot tizimini yaratish ishlarini yakunlash va foydalanishga topshirish hamda davlat organlarida AKTning tatbiq etilishi va holatini o‘rganish bo‘yicha So‘rovnoma yangi versiyasini ishlab chiqish hamda ishga tushirish rejalashtirilgan.

UZINFOCOM Markazining yuqorida ko‘rsatilgan ishlari va loyihalari amalga oshirilishi so‘zsiz davlat boshqaruvida, biznes-sohasida va mamlakatimiz ijtimoiy hayotida AKT imkoniyatlari hamda ustunliklaridan yanada keng foydalanishga yordam beradi, deb ishonamiz.

Orphus system