Sarkor Solutions kompaniyasi bosh direktori Firuza Askarova bilan yangi yil blits-intervyusi

Sarkor Solutions kompaniyasi 2003-yilda tashkil etilgan va keyingi yilda o‘z faoliyatining 10 yilligini nishonlaydi. Shuning uchun 2012-yilni kuzatib qolar ekanmiz, infoCOM.UZ jurnalxonlariga faqat uning natijalari haqida hikoya qilmay, balki faoliyatimiz yakunlari bo‘yicha holatni umumiy ta’riflab berishni istardim.

Bugungi kunda taqdim etayotgan xizmatlarimizdan quyidagilarini ustuvor yo‘nalishlar kabi belgilaymiz:

• veb-resurslarni, interfeyslar va ilovalarni loyihalashtirish;
• saytlar, interfeyslar dizayni, grafik dizayn;
• saytni boshqaruv tizimlarini istalgan murakkablikdagi loyihalarga ulash;
• mavjud loyihalarni texnik qo‘llab-quvvatlash;
• professional xosting.

O‘z sohamizda katta tajribalar to‘pladik, uni raqamlar va faktlar bilan ifoda etish mumkin:
• 200 dan ortiq amalga oshirilgan loyihalar;
• 70 foizdan ortiq mijozlar ishlab chiqilgandan so‘ng o‘z resurslarini texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlari bilan murojaat etadilar. Kompaniyamizga takroriy murojaatlar foizlari kattaligi bilan ham g‘ururlanamiz;
• O‘zbekistondagi katta tashkilotlar va kompaniyalar menejerlari va rahbarlaridan 30 dan ortiq yozma tavsiyalar;
• UZ. Milliy domeni internet-festivalida har yilgi sovrinli o‘rinlar.

2007-yildan Rossiyaning 1S-Bitriks kompaniyasining O‘zbekistondagi hamkorlari hisoblanamiz. 2008-yilda sertifikatlashtirilgan Oltin hamkor maqomini oldik va shundan beri ushbu platformada amalga oshirilgan keng ko‘lamli va qiziqarli loyihalar hisobiga ushbu kompaniya hamkorlari reytingida yuqori qatorlarni egallab kelmoqdamiz.

Yaxshi o‘rinlarni egallab kelishimizga «ReytingRuneta» loyihasi asos bo‘lmoqda. Turli yillarda MDH eng muvaffaqiyatli studiyalar yuzligiga (ma’lum ko‘rsatkichlar bo‘yicha) kirib keldik, hozirgi paytda mintaqamiz studiyalari orasida birinchi o‘rinni egallab turibmiz.

Bizning mijozlarimiz kimlar?
Bizning mijozlarimiz va loyihalarimiz qatorida: davlat hokimiyati portali, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimiyati, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Uzbektelecom va uning brendlari, Sarkor Telecom, «Kredit-Standart» banki, British American Tobacco Uzbekistan, UNDP va ko‘plab boshqalar.

Korporativ va boshqa sohalarda yetakchilar bilan ishlab biz deyarli har bir sohada o‘zimizni namoyon etdik.

2012-yilda bir necha yangi mijozlar bizga qo‘shildilar, ularning loyihalari bilan juda mag‘rurlanamiz:

1. Bizni bank sohasida juda yaxshi biladilar, bu yerda hozirga kelib, 10 dan ortiq ishlar bajarildi. Bu yilda O‘zbekistoning eng katta banklaridan biri – Xalq banki uchun sayt ishlab chiqish sharafiga muyassar bo‘ldik (www.xb.uz). Bankning rebrendingidan so‘ng saytni modernizatsiyalash amalga oshirildi.

Maxsus «Onlayn-yordamchi» bo‘limiga kiritilgan servislar yordamida saytni maksimal darajada foydali qilishga harakat qildik.

Boshqa ahamiyatli ishlar qatorida «Ipotekabank» va «Agrobank» banklarini kompleks modernizatsiyalash kabilar mavjud. Bular ham keng turdagi xizmatlar ko‘rsatuvchi va filiallari keng tarmog‘iga ega bo‘lgan O‘zbekistonning eng katta banklaridan hisoblanadilar.

Ular uchun saytlar zamonaviy va funksional bo‘lib chiqdi – www.ipotekabank.uz, www.agrobank.uz

2. Dаvlat resurslarini ishlab chiqish sohasida o‘zimizni yaxshi namoyon etdik. Katta tajriba va ushbu sektorda katta ishlar amalga oshirilishi har yili mijozlarimiz qatori kengayib borishiga imkon beradi. Bu yilda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalar Davlat qo‘mitasi uchun saytni modernizatsiyalash ishlarini bajardik. Ushbu ishni foydalanuvchilar yaqin kunlarda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

3. Kompaniyalarga zamonaviy vositalarni taklif etib, ularning tovar va xizmatlarini ilgari surishlariga yordam beramiz. Bu yil Santekhnika.uz onlayn-katalogini va MTSFER xalqaro kompaniyasining internet-do‘kon nashrlarini (O‘zbekistonda) yo‘lga qo‘ydik.

4. Biz barchaga dastlabki masalalarni hal qilishlariga imkon beruvchi qulay va funktsional resurslarni yaratishga intilamiz. Biz Poletim.uz – aviabiletlarga onlayn-buyurtma berish va Otdohnem.uz – yaxshi dam olish do‘konining loyihalari haqida so‘zlab bergandik. Ular foydalanuvchilarning e’tiborlarini qozondilar, bu biznesning samarali ishlovchi vositalaridir. Poletim.uz uchun mobil versiyani ishlab chiqdik, u barcha zamonaviy qurilmalarda juda yaxshi ko‘rinadi. U haqida bizning saytimizda yaqin kunlarda batafsil bilib olish mumkin bo‘ladi.

2012-yilda OSGO polisini onlayn-rasmiylashtirish loyihasini yo‘lga qo‘ydik – www.polis.uz. Saytda foydalanuvchi o‘zi haqida, o‘zining avtomobili va qo‘imcha haydovchilar haqida axborotni to‘ldirishi mumkin. Sug‘urta polisi summasi kiritilgan barcha ko‘rsatkichlarga qarab avtomatik tarzda hisoblanadi. Foydalanuvchi shaxsiy kabinetida uning barcha buyurtmalari saqlanib qoladi, istalgan hollarda uni bir tugma bosish bilan takrorlash mumkin.

5. Biz jiddiy va katta loyihalarni bajaramiz, lekin bu qiziqarli o‘yin resurslarini yorqin promo-saytlarni ishlab chiqish yoqmaydi degani emas. 2012-yilda sport yangiliklariga bag‘ishlangan Sports.uz saytini va Cisco yechimlariga bag‘ishlangan promo-saytni (www.telepresence-master.com) ishlab chiqdik.

Joriy yil ichki o‘zgarishlar va rivojlanish mazmunida biz uchun juda muhim bo‘ldi. Mijozlarimiz resurslarini texnik qo‘llab-quvvatlash yangi avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etdik, ushbu tizim hozirda oxirgi test sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Uning yordamida taqdim etilayotgan servislarni ancha yaxshilashga umid qilamiz.

2013-yilga ko‘plab qiziqarli rejalarimiz bor va yangi yutuqlarimiz bilan mijozlarni xursand qilmoqchimiz. O‘z mijozlarimizga quyidagi yangi xizmatlarni taklif etamiz:

— Ularning resurslari mobil versiyalarini ishlab chiqish;
— Mobil qo‘shimchalarni ishlab chiqish;
— kommunikatsiyalarni soddalashtirish va kompaniya ichidagi jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi korporativ portallarni tatbiq etish.

infoCOM.UZ jurnali muxlislariga yangi yilda baxt va muvaffaqiyatli loyihalarni tilab qolamiz!

Orphus system