«O‘zbektelekom» AK «Biznesni rivojlantirish Markazi» filiali rivojlantirish, loyihalarni texnik amalga oshirish, texnik hisob va nazorat bo‘limi boshlig‘i Andrey Musiyenko bilan yangi yil blits-intervyusi

Telekommunikatsiya xizmatlari bozori hozirgi kunda respublikada jadal rivojlanib borayotgan bozor hisoblanadi. Telekommunikatsiyalar sohasining rivojlanishi shundoq ham yuqori bo‘lgan sur’atlari yanada oshib bormoqda.

«O‘zbektelekom» AK BRM Filiali telekommunikatsiyalar bozori tan olingan yetakchisi bo‘lib qolishga bor kuchini yo‘naltiradi. Maqsadimiz – servis yuksak darajasida yuqori texnologik kommunikatsiya xizmatlarni taqdim etish hisoblanadi. Birinchi navbatda – bu har bir mijozga individual yondashish, bunda sifat hamda xizmatlar keng turlari mijozga sifatli xizmatlar yaratishda hal qiluvchi omil bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, filial davlat ijtimoiy loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib tezkor sur’atlarda biznesga-yo‘naltirilgan tashkilotga aylanib bormoqda. Jamoamiz nufuzli mijozlarimiz ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun barcha ishlarni bajaradi. Mijozlarning yuqori talablari haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning ko‘pchiliklari uchun taklif etilayotgan xizmatlarning sifat va ishonchlilik kafolati muhimligini yuqori darajadagi servis va har bir mijozga individual yondashish zarurligini aytish kerak.

BRM filiali zamonaviy telekommunikatsion xizmatlar barcha turlarini taqdim etadi:
• turli texnologiyalar bo‘yicha Internetdan foydalanish xizmatlari;
• ADSL va Ethernet texnologiyalari bo‘yicha VPN;
• respublika ichida hamda undan tashqarida videokonferensaloqa xizmati;
• videotelefoniya;
• xosting, virtual serverlarni joylashtirish;
• kolokeyshn, fizik serverlarni joylashtirish;
• IPTV xizmati;
• ikkinchi darajali domenlarni ro‘yxatga olish xizmati;
• «virtual fleshka» va boshqa xizmatlar.

Yakunlanayotgan 2012-yilga yakun yasab, filial katta davlat, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatlarga ega bo‘lgan qator tadbirlarni muvaffaqiyatli o‘tkazganligini aytib o‘tish zarur.

Texnologik modernizatsiyalash, tarmoqni qayta jihozlash va rivojlantirishga qaratilgan ishlar muvaffaqiyatli bajarildi, ular har qanday yo‘nalish mijozlari uchun qiziqarli bo‘ladigan xizmatlar keng turlarini, yuqori sifatli umuman yangi xizmatlarni tatbiq etish imkonini beradi.

Qayta jihozlash va tarmoqni texnologik modernizatsiyalashsiz yangi xizmatlarni tatbiq etish mumkin emasligi aniq. Mana shu maqsadlarda tarmoqlar yangi avlodi (NGN) texnologiyalari bo‘yicha «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya mahalliy tarmog‘ini modernizatsiyalash va rivojlantirish» investitsion loyihasini amalga oshirish ishlari bajarilmoqda hamda Hukumatning 2012-2013 yillarga qabul qilingan dasturlari va qarorlari doirasida ma’lum ishlar olib borilmoqda. U FTTx tarmoqlari qurilishini o‘z ichiga oladi. 2013-2014 yillar istiqbollarida butun mamlakat bo‘ylab barcha texnologiyalarni qo‘llab optik-tolali aloqa liniyalarida qurilgan keng polosali ulanish 120 mingdan ortiq portlarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Joriy yilda yana 1709 obyektlarga optik-tolali aloqa liniyalari yotqiziladi, 2015-yil oxiriga kelib esa, ushbu texnologiya bilan butun shaharni qamrab olish rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi «O‘zbektelekom» AK filiallariga «Yagona oyna» ofislarida telekommunikatsiya xizmatlari barcha turlarini taqdim etish imkoniyatini beradi, shu tariqa xususiy shaxslar hamda kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va asosan korporativ sektor subyektlari uchun ham xizmatlar barcha turlari qiziqarli bo‘ladi. Bizning «O‘zbektelekom» AK BRM filiali uchun bu korporativ bozorda asosiy raqobatchilik ustunliklaridan biri bo‘ladi.

Amalga oshirilgan loyihalar haqida fikr yuritar ekanmiz, televizorga Set Top Box (STB) abonentlik uskunasi orqali, shaxsiy kompyuterga esa – dasturiy ta’minot orqali ulanish yordamida taqdim etiladigan interfaol raqamli IPTV televideniye xizmati haqida alohida to‘xtalib o‘tishni istardim. An’anaviy kabel televideniyesidan IPTV xizmatining farqi interfaolligi, ya’ni abonentga o‘zi a’zo bo‘lgan xizmatlar tarkibini operativ tanlash va o‘zgartirishi va istagan paytida «Videoga buyurtma» (Video on Demand), «Vaqti surilishi bilan televideniye» (Time Shifted TV) kabi va boshqa qo‘shimcha xizmatlarga buyurtma berishi imkoniyati hisoblanadi. IPTV xizmati joriy yilda tatbiq etilgan, lekin uni sotish sur’atlari hozirda uzluksiz oshib bormoqda. Bularning barchasi bugungi kunda O‘zbekistonda telekommunikatsiyalar bozori zamonaviy texnologiyalarga intilib borishini anglatadi. Konvergent xizmatlarni, xususan, TriplePlay (uchtasi birgalik – ma’lumotlar, ovoz va videoni bir kabel orqali uzatish) xizmatini tatbiq etish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Yangi yilda interfaol televideniye xizmatini faol tatbiq etishni davom ettiramiz.

Yuqoridagi ijtimoiy loyihalar xususida alohida to‘talib o‘tib, o‘sib kelayotgan avlodga ta’lim berishni yaxshilashga qaratilgan katta davlat loyihalari amalga oshirilishini ta’kidlab o‘tish zarur. Barchaga ma’lum «ZiyoNet» – mamlakatimiz umumta’lim muassasalarini Internet tarmog‘iga ulash kabi ijtimoiy loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga kelib, ushbu loyiha bo‘yicha 117ta obyekt ulandi. Shu bilan birga, «Elektron ta’lim» Milliy tizimi loyihasi – butun respublika bo‘ylab Xalq ta’limi vazirligi muassasalari va bo‘linmalarini Internet tarmog‘iga ulash loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda ham katta ishlar bajarildi va hozirda 164 obyektlar muvaffaqiyatli ulandi.

Amalga oshirayotgan «Milliy axborot – kutubxona tarmog‘i» loyihasi ham o‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama barkamol rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Shu kabi Davlat boshqaruvi organlariga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha «Elektron hukumat» loyihasi ham amalga oshirilmoqda: VPN virtual xususiy tarmoqlar, HD formatida videokonferensaloqa va boshqalar.

Bundan tashqari, davlat ahamiyatidagi va telekommunikatsiya xizmatlari, shu jumladan, korporativ sektor abonentlari uchun xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan tijorat ahamiyatidagi katta loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi:
• «Monitoring DPS», «Biopasport», «NTT» NNT, «O‘zbekiston kabel televideniyesi» va boshqa loyihalarni amalga oshirish uchun IP-transport xizmatlari;
• Iqtisodiyot va moliya sohasi muassasalari va korxonalari, bank sohasi va «UzKART» (EOPTs O‘zR) to‘lov tizimi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va SUAN «O‘zaeronavigatsiya», O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalar uchun IP-transport va boshqa xizmat turlari;
• «O‘zavtosanoat» korxonalari va ofislari, shu jumladan, GM Uzbekistan va boshqalar, LUKOIL, BEELINE, Ucell kompaniyalari va boshqa tijorat hamda sanoat korxonalari, kompaniyalar va vakolatxonalar uchun xizmatlar keng turlari.

Loyihalarni amalga oshirishda «O‘zbektelekom» AK ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida o‘qishdan o‘tgan tajribali texnik xodimlar katta rol o‘ynaydilar, asosiy mutaxassislarning bir qismi kompaniyalari-ishlab chiqaruvchilari va uskunalar yetkazib beruvchilari hududlarida o‘qidilar. Yuqori malakali xodimlar 24 soat davomida texnik yordam ko‘rsatadilar, kompleks monitoring olib boradilar, kafolatlangan yuqori sifat darajasida xizmat ko‘rsatadilar hamda yuqori darajali axborot va ma’lumotlar fizik xavfsizligini taqdim etadilar. Albatta bular barchasi ishonchli yuqori texnologik infratuzilma va yuqori sifatli tarmoq uskunalari bilan ta’minlanadi.

Xulosa qilib, filial tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishish va 2012-yilga belgilangan vazifalar bajarilishi ta’minlanganligini aytish mumkin. Oldinda keyingi yilga tuzilgan reja bo‘yicha ishlar turibdi, ularning asosi hozirda yaratilmoqda.

Fursatdan foydalanib, «O‘zbektelekom» AK BRM filiali jamoasi sizni kirib kelayotgan 2013-yangi yil bilan tabriklaydi va jurnalxonlarga mustahkam salomatlik, farovonlik va musaffo osmon tilab qolamiz!

Orphus system