HUAWEI Technologies kompaniyasining O‘zbekistondagi rahbari janob Van Ifan bilan yangi yil blits-intervyusi

Huawei O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirmoqda
Amerikaning Fast Company jurnali The World’s Most Innovative Companies 2010 tadqiqotlari natijalariga ko‘ra HUAWEI Technologies kompaniyasi jahonda mashhur Facebook, Amazon, Apple, Google kabi kompaniyalardan so‘ng eng innovatsion kompaniyalar birinchi beshligiga kirdi.

25 yillik faoliyati davomida HUAWEI kompaniyasi katta yutuqlarga erishdi. Bugungi kunda mobil operatorlar, tarmoqli birlashish, sifat nazorati va boshqaruv xizmatlari, logistika va iqtisodiyotning boshqa sohalarini rivojlantirishdagi muvaffaqiyatlarni HUAWEI nomi bilan bog‘laydilar. HUAWEI kompaniyasida butun dunyo bo‘ylab 150 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar mehnat qiladilar. Kompaniyaning ofislari barcha qit’alarda ochilgan, bu HUAWEI’ning global faoliyati haqida fikr yuritirish imkonini beradi.

Hozirgi kunda HUAWEI O‘zbekiston telekommunikatsiya bozoridagi o‘z faoliyatini faol rivojlantirmoqda. Kompaniya O‘zbekistondagi o‘z faoliyatini 1999-yilda boshlagan, 2005- yilga kelib esa, kompaniya respublikada sho‘ba korxonasini va trening-markazini ochdi, 2008-yilda Toshkent shahrida Markaziy Osiyo ofisini ochdi. Ushbu ofis kompaniyaning Markaziy Osiyo, Kavkaz davlatlari, Turkiya va Mongoliyadagi ishlarini boshqarib boradi.

HUAWEI kompaniyasining O‘zbekistondagi siyosati mamlakatni axborotlashtirish va iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga, O‘zbekiston telekommunikatsiya sanoati barcha sohalarida ishchi o‘rinlarni yaratishga yordam berishga yo‘naltirilgan. Hozirgi kunda Toshkent shahridagi kompaniyaning vakolatxonasida 150 dan ortiq xodimlar mehnat qilmoqda, ulardan 80 foizi – O‘zbekiston fuqarolaridir.

O‘zbekistonda Huawei telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga quyidagi misollarni keltirish mumkin:
• «O‘zbektelekom» AK uchun GSM, CDMA, Core Network, Optical Network va Datacom kompaniyalari uskunalari bilan jihozlangan lokal trening-markazi tashkil etilishi;
• 2007-yilda MDH da birinchi xalqaro 3G videoqo‘ng‘irog‘i amalga oshirilishi;
• MDH hududida birinchi LTE tijorat tarmog‘ining yo‘lga qo‘yilishi;
• East Telecom kompaniyasi uchun MDH’da birinchi NGN tijorat tarmog‘ining qurilishi;
• «O‘zbektelekom» AK TSHTT filiali uchun Markaziy Osiyoda birinchi Metro DWDM tarmog‘i qurilishi.

HUAWEI Technologies O‘zbekiston ijtimoiy hayotida faol ishtirok etmoqda. Masalan, kompaniya ICTExpo axborot texnologiyalari Milliy ko‘rgazmasi doimiy ishtirokchisi hisoblanadi. Kompaniya TATU uchun bepul asosda TATU filiallari bilan konferensaloqa va o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun uskunalarni taqdim etdi. Kompaniya 2012-yil iyul oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) iqtidorli talablari va o‘qituvchilari uchun umumiy hajmi 20 mln. so‘mni tashkil etuvchi har yilgi mukofotni ta’sis etdi. Huawei kompaniyasi va TATU o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi doirasida besh yil davomida stipendiyalar topshirish rejalashtirilgan va ushbu marosim birichilardan bo‘lib qoldi.

2012-yilning 20-sentabrida poytaxt Tashkent Plaza savdo-ko‘rgazmalar markazida HUAWEI Technologies Co. Ltd kompaniyasi faoliyatiga va HUAWEI smartfonlari hamda planshet shaxsiy kompyuterlari rasmiy savdosi boshlanishiga bag‘ishlangan taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda HUAWEI innovatsion uskunalarini taqdim etish va savdosi rasman yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berishdan xursandmiz.

O‘zbekistonda savdo uchun taqdim etilgan HUAWEI uskunalari.
• Huawei Ascend P1 – zamonaviy smartfon, ekrani kattaligi 4,3 duym, 7,69 mm. li juda yupqa korpus, yuqori sifatli mahsulot ixlosmandlari uchun, smartfondan o‘zining obraziga qo‘shimcha sifatida foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
• Huawei Ascend D1quad XL – ultra zamonaviy smartfon, 4,5 duymli HD-ekrani, tezkor 4- yadroli 1,4GGts chastotali K3V2 protsessor, 1280×720 zichlik bilan IPS+ с ekrani yorqin va aniq tasviri, mustahkamligi oshirilgan Corning Gorilla shisha bilan himoyalangan, 2600mAh sig‘imi kengaytirilgan batareya.
• Huawei Ascend G300 – optimal funksional smartfon, ekrani 4,0 duym, 5 soniyada ishga tushadi, batareyasi atigi 2 soatda quvvat oladi, narxi va sifati ko‘ngildagidek mosligi.
• Huawei Ascend Y200/201 – qulay smartfon, ekrani 3,5 duym, ijtimoiy tarmoqlarga tezkor kirish, korpusi qulay va ixchamligi faol hayot tarzi va muloqotdan lazzatlanish imkonini beradi.
• Huawei Ascend Y100/101 — tejamkor smartfon, ekrani 2,8 duym, kiritilgan Wi-Fi router, u signalni noutbuk yoki planshetga taqsimlashga imkon beradi, HSDPA Internetga tezkor kirish.
• Huawei Honor – yorqin ekranli va kuchli akkumulyatori bilan smartfon, ekrani 4,0 duym, Honor uchun Android 4.0. yangi versiyasidan foydalanish imkoni mavjud.
• Huawei MediPad Lite – 7 duym diagonalli planshet, 1024*600 zichlikka ega keng ekran, tezkor 1,2 GGts protsessor, 4100 mAh sig‘imi katta batareya, asosiy kamera 3,2Mp va frontal kamerasi 0,3 Mp.
• Huawei MediPad — Android 4.0. asosidagi 7-duymli planshet. MediaPad ikki yadroli Qualcomm 1,2 GGts protsessori bilan jihozlangan huzurlanish kompleks yechimi hisoblanadi. Planshet ekrani 1080P zichlikdagi videolarni namoyish qilishni ta’minlaydi.
• Huawei MediaPad 10 FHD – katta va qulay planshet, tezkor va qudratli to‘rt yadroli 1,2 GGts protsessor, ultra ingichka 8,8 mm yupqalikda, og‘irligi 598 gramm, quyma alyumin korpus.

Orphus system