«Agata Impex Limited» MCHJ tijorat direktori Sergey Guhin bilan yangi yil blits-intervyusi

Bu yil kompaniyamiz tashkil etilganligiga 17 yil bo‘ldi. Yil sayin tajribaliroq bo‘lib bormoqdamiz, kompaniyaning mutaxassislari esa yanada rivojlanish va birinchi navbatda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida buyurtmachilarimiz ehtiyojlarini eng yuqori darajada qondirish bo‘yicha yanada global vazifalarni o‘z oldilariga qo‘ymoqdalar. An’anaviy ravishda yil oxirida faoliyatimiz yakunlarini ko‘rib chiqamiz, jurnalxonlarga hikoya qilib beramiz va kirib kelayotgan yilda ularni yanada yaxshilashga umid qilamiz.

15-17 may kunlarida kompaniyamiz APC by Schneider Electric hamkorlari bilan birgalikda sifatli elektr quvvati va muhim tizimlarni takomollashtirishni ta’minlash uchun zamonaviy kiritilgan yechimlarni namoyish qilish maqsadlarida O‘zbekistonda asosiy soha ko‘p yo‘nalishli ko‘rgazmasi hisoblangan Power Uzbekistan 2012 – 7 Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi. ARS mahsulotlari va servis xizmatlari bugungi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlaridan millionlab buyurtmachilarning ishonchini qozonib ulgurgan. Hozirda Agata Impex Ltd mutaxassislari mualliflashtirilgan elit-hamkor huquqida jahonda mashhur brend mahsulotini taqdim etishdan mamnundirlar.

Uzluksiz elektr ta’minoti tezkor rivojlanayotgan bozor sharoitlarida amaliy munosabatlarni mustahkamlash, maksimal darajada kengaytirish, muhandislik infratuzilmalarini boshqarish, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari xavfsizligi va sovutilishi maqsadlarida, 2012-yil 13-dekabrida hamkor kompaniyalar mutaxassislari, IBP savdo va xarid bo‘limlari rahbarlari hamda APC Power Academy treninglarida ishtirok etmagan loyihalar menejerlari uchun mo‘ljallangan «APC Power Academy» o‘quv sessiyasi tashkil etildi.

O‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oldi:
• Elektr tarmog‘i asosiy ko‘rsatkichlari va IBP tanlash asoslari;
• Back-UPS qatori IBP, dasturiy ta’minot;
• ARS mahsulotlari bir fazali qatori, ularning asosiy ko‘rsatkichlari va ustunliklari;
• NetBotz atrof-muhit parametrlari monitoringi tizimi;
• Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi muhandislik infratuzilmasi monitoringi uchun dasturiy ta’minot.

O‘quv sessiyasi ARS mahsulotlari sohasida bilimlar boshlang‘ich darajasini va malakalar olishga imkon berdi.

2012-yil 25-sentabr kuni InfoCom-2012 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari Haftaligi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha 10 yillik qutlug‘ sanasi an’anviy Milliy Sammit bo‘lib o‘tdi. Sammitda foydalanilgan uskunalar ishlab turishi to‘la texnik ta’minotini ishonchli va tajribali hamkor sifatida mana ikki yildan beri «Agata Impex LTD» MCHJ ta’minlamoqda. Texnik ta’minlashdan tashqari, kompaniya mutaxassislari ishtirokchilarni o‘z hamkorlarining innovatsion yechimlari bilan tanishtirib, ikki seksiyalarda hisobotlar taqdim etdilar: 1. «Obyektlar uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash» mavzusida «Texnologiyalar, ishlanmalar va yechimlar». 2. «Masofali ta’lim» mavzusida «Axborot-kutubxona texnologiyalari». Tashrif buyuruvchilar Hewlett Packard kompaniyasi monobloklari, printer, kseroks va skaner bilan jihozlangan kompyuter markazidan foydalanish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar. Yakunlanayotgan yilda ELTEK authorized partner darajasini olib, o‘z hamkorlarimiz sonini kengaytirdik. Eltek AS kompaniyasi (Norvegiya) keyingi o‘n yilliklarda telekommunikatsiya sohasi uchun uzluksiz elektr ta’minoti tizimlari jahon bozori yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Akkumulyator batareyalari bilan hamda ularni o‘rnatish va holatini nazorat qilish uskunalari va aksessuarlari bilan jamlangan Eltek uzluksiz elektr ta’minoti uskunalarini kompleks yetkazib berish buyurtmachilarimizga elektr quvvati uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish va foydalanishga sarflanadigan mablag‘larni kamaytirishlariga imkon beradi. Eltek elektr ta’minoti tizimlari (250W dan to 1000kW quvvatgacha bo‘lgan 24V-48V-60V) telekommunikatsiyalar sohasida mavjud bo‘lgan masalalar yechimini to‘la ta’minlaydi. Vipryamitellar, invertorlar, konverterlar, kommutatsiya va monitoring bloklari, qayta tiklanadigan energiya manbalari.

Bundan tashqari, kompaniyaga Yevropa sifat standartidagi benzin va dizel yonilg‘isida ishlaydigan 5 kVt dan to 1mVt quvvatli mobil va statsionar elektr ta’minoti manbalari ishlab chiqarishi sohasida jahonda yetakchi — GEKO (Germaniya) mualliflashtirilgan distribyutori darajasi berildi. «Metallwarenfabrik Gemmingen GmbH» konserni «GEKO» brendining ko‘plab yillar davomida talabga ega bo‘lib kelganligi uning mahsuloti ishonchliligi, elektr stansiyasining kafolatlangan buzilmasdan ishlashi va narxining arzonligi bilan istalgan elektr ta’minoti tizimlari bilan birga, ishlashini ta’minlovchi Yevropa sifat darajasidagi eng yuqori standartlariga mosligini isbotladi. Kompaniyangiz uchun sifatli elektr ta’minotining barqarorligi, ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligiga ishonch, axborotni qayta ishlash va saqlab qolish, aloqa sifatida va signalizatsiya biror-bir muammolarning bo‘lmasligi – kompaniyangizning muvaffaqiyatli faoliyati garovidir.

Bizning ko‘p yillik sherigimiz Hewlett Packard, EATON rasmiy distribyutori va servis markazining HP Gold Specialist statusi ham tasdiqlandi, APC by Schneider Electric kompaniyasining maksimal mumkin bo‘lgan Elite hamkor statusiga erishildi.

Keyingi yil rejalarimiz haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda, boy muhandislik tajribalari va yuqori malakali mutaxassislarimiz hisobiga buyurtmachilar bilan munosabatlarni yangi darajaga olib chiqish uchun bor kuchimizni ayamaymiz (aloqa operatorlari, banklar, davlat tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalari). Serverlar uskunalari, sifatli elektr ta’minoti kompleks yechimlari va dizel-generatorli qurilmalarni yetkazib berish hajmlarini oshirish rejalashtirilmoqda. Bugungi kunda kompaniyamiz omborxonalarida HP serverlari deyarli barcha modellari va ularga jamlovchilar mavjud, bu mijozlarga aynan ularning IT-infratuzilmalari talablariga mos keluvchi tizimlarni sotib olish uchun qulay imkoniyatlarni taqdim etadi.

Yakunlanib borayotgan yilni yangi loyihalar va yutuqlar bilan kuzatib qolamiz. Keyingi yil kompaniyamizga har tomonlama takomillashish, hamkorlik munosabatlari kengayishini, turli nostandart loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va yangi hamda mavjud, bizga ishonuvchi buyurtmachilar bilan uzoq muddatli hamkorlik keltiradi, deb ishonamiz.

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin! Oilangizga baxt, salomatlik va farovonlik tilaymiz. Yangi yilda barcha istaklaringiz va orzularingiz amalga oshishini tilaymiz. Yangi yil barchamizga mo‘jizalar taqdim etsin!

Orphus system