«East Telecom» kompaniyasi bosh direktori Li Bek Xi bilan suhbat
31.12.2012
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

Avvalambor, «infoCOM.UZ» jurnali tahririyati xodimlariga amalga oshirayotgan mas’uliyatli ishlari uchun o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Jurnalxonlar uchun o‘tib borayotgan yilda kompaniyamizning bosib o‘tgan yo‘li va erishgan yutuqlari haqida to‘xtalib, Yangi 2013-yilga belgilagan reja va maqsadlarimiz bilan o‘rtoqlashmoqchiman.

O‘ylaymanki, kompaniyamiz bu yil O‘zbekiston Respublikasida AKT sohasining rivojiga o‘z hissasini qo‘shdi. Umuman olganda, O‘zbekistonda AKT sohasining rivojiga juda katta ahamiyat qaratilishi meni hayratga soldi. Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Koreaga tashrifi va Koreadan yetakchi AKT sohasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi mazkur fikrimning yaqqol misoli bo‘la oladi.

Martabali mehmonlar qatorida, kompaniyamizning asosiy muassislaridan biri Korea Telekom kompaniyasining prezidenti Janob Lining O‘zbekistonga tashrifini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Janob Li O‘zbekistonda AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berib, ushbu sa’y-harakatlarni yanada rivojlanishida Korea Telekomning o‘z o‘rni bo‘lishi kerakligini hamda Ist Telekom kompaniyasing bevosita ishtirok etishini ta’kidlab o‘tdi. U kompaniyamiz tomonidan olib borilayotgan siyosatni yuqori baholab, kelajak sari intilishimiz uchun strategik yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi.

Darhaqiqat, ushbu yil Ist Telekom uchun ancha samarali yil bo‘ldi. Ushbu yilning esda qolarli jihati shundaki, Ist Telekom kompaniyasida o‘z ish faoliyatimni boshladim. Oldinga qo‘yilgan ko‘plab masalalarni bajarishga erishdik, ayrimlarini bajarish arafasida turibmiz. Jurnalxonlar bilan Ist Telekom tomonidan amalga oshirilgan va o‘ziga xos o‘rin tutadigan ayrim voqealar bilan o‘rtoqlashmoqchiman. Ushbu suhbatni shu yilning iyul oyida berilgan Ist Telekom tomonidan olti oylik samaradorlik hisobot intervyusining mazmuniy davomi deb qabul qilasiz.

Demak, kompaniyamiz hayotida ushbu yilning eng muhim voqealaridan biri bu rebrending jarayonining boshlanishidir. Buning sababi kelajakka yangi ko’rinishda, yaxshi niyat va yangi ishtiyoq bilan intilishimizdir. Shu yerda kompaniyamizning yangi shoiri haqida ko‘proq so‘z yuritmoqchiman. Yangi shiorimiz «Quvonchingiz sari» jumlasi bo‘lib, u to‘rt tomonlama strategik yo‘nalishni aks ettiradi. Birinchisi — mijozlarimizning quvonchi, sababi kompaniyamizning asosiy maqsadi mijozlarimizga yuksak darajadagi servisni taqdim etish, shu orqali ularning quvonchini ko‘rish. Ikkinchisi — muassislarimizning quvonchi, agar mijozlarimiz quvonchiga erishsak, daromadlarimiz oshishini anglatadi, demak, bizga ishonch bildirgan muassislarimiz ham bizning olib borayotgan ishlarimizdan mamnun bo‘ladilar. Keyingisi — Ist Telekom xodimlarining quvonchi, kompaniyamiz o‘z xodimlariga bo‘lgan e’tiborni suslashtirmaslikka harakat qiladi, sababi bizning eng katta kuchimiz bu kompaniyamizda ish yuritayotgan xodimlarimizda deb bilaman. Vanihoyat to‘rtinchi poydevorimiz — Jamiyat quvonchi. O‘zbekistonda AKT sohasida olib borilayotgan sa’y-harakatlarga o‘z hissamizni qo‘shish orqali jamiyat e’tiborini va hurmatini qozonishga harakat qilamiz.

Ko‘rib turganingizdek, oldimizga qo‘ygan maqsadlar sari jadal qadamlar bilan intilishda to‘xtamasligimizni ushbu to‘rt yo‘nalish yaqqol ko‘rsatib turibdi. Mazkur yo‘nalishda borayotganimizning yana bir isbotlaridan biri, kompaniyamiz tomonidan sentabr oyida olib borilgan Balanced Scorecard system (Muvozanatli ko‘rsatgichlar tizimi) treningi bo‘ldi. Ushbu trening Rossiyaning yetakchi konsalting firmalaridan biri tomonidan olib borildi va unda kompaniyamizning yetakchi mutaxassislari va boshqaruvchilari qatnashdilar. Trening juda ham sermahsul o‘tdi desam, adashmayman. Hozirgi kunda ushbu treningdan olingan bilimlar va ma’lumotlarni Koreadan kelgan yetakchi mutaxassislar bilan birgalikda 2013-yilda joriy etish uchun tinim bilmay, ishlar olib borilmoqda. Ushbu tizimning asosiy maqsadi korxonamizdagi asosiy ko‘rsatkichlarni yuqorida ta’kidlangan to‘rt strategik yo‘nalishlar bilan bog‘lash va ushbu yo‘nalishlarni yuqori darajada amalga oshirishdan iborat.

Bunga qo‘shimcha qilib, 2012-yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekistondagi AKT haftaligi doirasida AKT ko‘rgazmasida ishtirokimizni alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Mazkur ko‘rgazmada bir vaqtning o‘zida uchta shaharda ishtirok etdik. Ushbu ishtirokimiz AKT haftalgi tashkillotchilari tomonidan yuqori baholanib — Toshkent shahrida eng yaxshi stend dizayni uchun, Termez shahrida esa eng yaxshi stend xodimlari ishi uchun sovrinlari bilan taqdirlandik. Ushbu sovrinlar ishlab chiqqan shiorimizning naqadar to‘g‘riligini isbotladi. Jurnalxonlarni ishontirib aytamanki, ushbu sovrinlar bilan kompaniyamiz cheklanib qolmaydi va kelasi yilda bundan ham ko‘proq sovrinlar uchun harakat qiladi.

Ushbu ko‘rgazma vaqtida biz yangi mahsulotimiz — Mijozlar bilan muloqotning boshqaruv tizimi (CRM system) dasturini taqdim etdik. Mahsulotimiz haqida juda iliq va foydali maslahatlarni eshitdik. Ushbu yo‘nalishda ham biz ko‘plab ishlarni amalga oshirdik, jumladan, xususiy maktab va chet tili kurslarini olib boruvchi muassasalar uchun ishlab chiqargan CRM tizimiz dasturini yakunladik, xodimlar bilan ishlashni yengillashtiruvchi CRM dasturini yaratishni boshladik. O‘ylaymanki, keyingi yilning birinchi yarmiga qadar, ushbu mahsulotni ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi vakillariga taqdim etamiz.

Bundan tashqari, yilning ikkinchi yarmidan boshlab kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi vakillari orasida Internet tizimiga o‘tishni jadallashtirish maqsadida, maxsus aksiyani boshladik. Mazkur aksiya ishtirokchilari yangi 2013-yilga qadar ko‘plab sovg‘alarni yutib olishlari mumkin. Bularning barchasi mijozlar quvonchini ko‘rish maqsadida tashkil etilgan.

Xulosa qilib aytganda, 2012-yil Ist Telekom uchun juda samarali va ko‘plab voqealarga bo‘y bo‘ldi desak, xato qilmaymiz. Jumladan, ushbu samaradorlikni ushlab turish va uni yanada rivojlantirish uchun 2013-yil uchun ko‘plab rejalarni tuzib chiqdik. Mazkur rejalarimizning ayrimlari ustida to’xtalib o‘tmoqchiman. Demak, yuqorida tilga olganimizdek, 2013-yil CRM tizimi sohasida yangi dasturlarni, ya’ni innovastion dasturlarni ishlab chiqarishda davom etamiz. Bundan tashqari, rebrending jarayonini davom ettiramiz va marketing sa’y-harakatlarini mukammallashtirib, yangidan-yangi sovrinli darajalarga intilamiz. 2013-yil kompaniya tomonidan juda ham ko‘p unumli reklama kampaniyalarni yaratish niyatimiz bor.

Yana bir ustuvor yo‘nalishlarimizdan biri bu O‘zbekiston viloyatlaridagi vakolatxonalarimiz ishini rivojlantirish va o‘sha yerdagi mijozlar sonini oshirishdan iborat. Oldingi intervyularimda aytganimdek, ishimiz samaradorligi uchun viloyatlarning ahamiyati juda katta. Shu sababdan ushbu yo‘nalish bizda eng muhim strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, IPTV sohasidagi olib borayotgan siyotimizni davom ettiramiz va uni rivojlantirishga harakat qilamiz. So‘zimning yaqqol dalili sifatida ushbu yilning noyabr oyida IPTV sohasidagi litsenziyamizni uzaytishirishimizni aytib o‘tishim darkor. Qo‘shimcha qilib, yana bir yangi yo‘nalish haqida qisqacha aytib o‘tmoq-chiman, hozirgi kunda biz dunyodagi yetakchi dasturlar va elektron jihozlarni ta’minlab beruvchi kompaniya bilan muzokaralar o‘tkazmoqdamiz, agar ushbu muzokalarimiz unumli yakunlansa, birinchi navbatda, jurnalxonlarni xabardor qilamiz degan umiddamiz.

Xulosa qilib, shuni ta’kidlash lozimki, ushbu yil kompaniyamiz uchun juda unumli yil bo‘ldi, o’ylaymanki, kelasi 2013-yil unumdorlik va samaradorlik jihatidan ushbu yildan qolishmaydi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda olgan taassurotlarim yanada boyiydi va ushbu yurt va uning urf-odatlarining o‘zimga noma’lum bo‘lgan qirralarini yaxshiroq bilib olaman degan umiddaman. Fursatdan foydalanib, barcha O‘zbekiston aholisini, uning mehmonlarini, kompaniyamizning mijozlariyu biznes hamkorlarini, va jurnalxonlarni kirib kelayotgan 2013-yil bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga sihat-salomatlik, ishlaringizga rivoj, yangi cho‘qqilarni zabt etishingiz va o‘z ustingizda tinmay ishlashingizda muvaffaqiyatlar tilayman. O‘ylaymanki, 2013-yil siz uchun juda unumli, samarador, baxtli va quvonchli yil bo‘ladi. Quvonchingizga biz ham hissa qo‘shishimizni tilab qolaman.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq