Davlat aloqa inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Anvar G‘ofurov bilan suhbat
28.12.2012
Rukn: Intervyu.
Muallif: .

Yurtimizda demokratik bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish maqsadida keng ko‘klamli tashkiliy-huquqiy islohotlar ro‘yobga chiqarilayotgani, davlatimiz rahbarining Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ilgari surilgan g‘oya hamda vazifalarning hayotga izchil tatbiq etilayotgani bu boradagi ezgu maqsadlar ro‘yobidagi yangi bosqichni boshlab berdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada ravnaq toptirishda zamonaviy AKT’ning roli, ishbilarmonlik faoliyati samaradorligini oshirish, tovar tannarxini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirishda katta o‘rin tutadi. Jumladan, Davlat aloqa inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, litsenziya kelishuvi bitimlarining talablariga rioya qilinishi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilinishi borasida davlat nazoratini yuritib kelmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasining Hay’at yig‘ilishlari qarorlari, buyruq va farmoyishlari asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2011-yil 28-dekabrdagi 3-son majlisi qarori bilan tasdiqlangan “2012-yilda o‘tkaziladigan tekshirishlar reja-jadvali”ga asosan 2012-yil davomida 28ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda rejali tekshirishlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Davlat aloqa inspeksiyasi tomonidan joriy yil davomida 26ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda rejali tekshirishlar o‘tkazildi. 26ta rejali tekshirishlardan:

— 12tasi — telekommunikatsiyalar xizmatini ko‘rsatuvchi;
— 5tasi — mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi;
— 2tasi ma’lumotlar uzatish xizmatini ko‘rsatuvchi;
— 7tasi — pochta aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan rejali tekshirishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda mazkur ko‘rsatmalarning bajarilishi Davlat aloqa inspeksiyasi tomonidan nazoratga olindi.

Rejali tekshirishlar natijalariga asosan 38 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radio-nurlanishning davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlariga rioya etmaganliklari hamda aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat tarmoq standartlarini, davlat aloqa tarmog‘i bilan bog‘lanadigan simli elektr aloqa vositalarining, radionurlanishlarning parametrlarini buzilishiga yo‘l qo‘yganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 152-modda, 1-qismi va 153-moddaga asosan 5096520 (besh million to‘qson olti ming besh yuz yigirma) so‘m miqdorida ma’muriy jazo choralari ko‘rildi.

Prezidentimizning 2012-yil 16-iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 18-iyuldagi “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari mamlakatimizda tadbirkorlik harakatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlaru imkoniyatlarni yaratishga qaratilganligi, davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar shaffofligini ta’minlashda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish muvaffaqiyat kaliti ekanligi yuzasidan xodimlar bilan tegishli vakolatli organlarning mutaxassislari ishtirokida seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan rejali tekshirishlar, aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifatsizligi bo‘yicha iste’molchilardan tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalarida aloqa sohasiga oid qonun va normativ hujjatlar talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan 101 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 152-modda “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish” 1-qism, 153-modda “Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat tarmoq standartlarini buzish” va 154-modda “Aloqa yo‘llari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish” bo‘yicha huquqbuzarliklar uchun Davlat aloqa inspeksiyasi va uning viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan 26168175 (yigirma olti million bir yuz oltmish sakkiz ming bir yuz etmish besh) so‘m miqdorida ma’muriy jazo choralari ko‘rildi. Shulardan 89 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan 23824450 (yigirma uch million sakkiz yuz yigirma to‘rt ming to‘rt yuz ellik) so‘m, 12 nafar jismoniy shaxslarga nisbatan 2343725 (ikki million uch yuz qirq uch ming yetti yuz yigirma besh) so‘m miqdorida ma’muriy jazo choralari ko‘rildi.

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining 2009-yil 6-martdagi majlisining 1-son bayoniga muvofiq nazorat qiluvchi idoralarga tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolar yechimi yuzasidan “Ishonch telefonlari” orqali olingan xabarlar bo‘yicha ko‘rilgan choralarni har oyda ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini ta’minlash, har oyda bir marotaba tadbirkorlik subyektlarining qonuniy haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida ular uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etish hamda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida profilaktika ishlarini tashkil etishga alohida ahamiyat berilishi yuzasidan topshiriqlarga asosan Davlat aloqa inspeksiyasi tomonidan doimiy ravishda ishlar olib borilmoqda.

Tuzilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan 2012-yil davomida bevosita joylarga chiqib 834 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan qonuniy haq-huquqlari va ularning faoliyatida uchraydigan muammolar yechimlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan hamkorlikda 257 ta seminarlar tashkil etildi, mazkur seminarlarda 3424 ta tadbirkorlar va korxona xodimlari ishtirok etdilar.

Joriy yil davomida 212 ta “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi, ushbu tadbirlarda 1735 nafar ishtirok etgan tadbirkor va fuqarolarning 561 ta muammoli masalalari ko‘rib chiqildi va ular tomonidan berilgan savollarga hamda masalalarga ijobiy javoblar berildi. Ommaviy axborot vositalari orqali jami 109ta chiqishlar qilindi.

2013-yil rejalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi” barpo etish to‘g‘risidagi PF-4475-son farmonida Davlat aloqa inspeksiyasi negizida “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi” tashkil etilishi va mazkur farmon bilan qayta tashkil etilayotgan Davlat inspeksiyasiga katta mas’uliyat yuklatilgan.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasining ish rejasi ishlab chiqilmoqda va unda ko‘plab vazifalar belgilangan, ulardan asosiylarini sanab o‘taman:
• Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan 2013-yil uchun tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan 2013-yil davomida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda rejali tekshirishlarni sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;
• Davlat aloqa inspeksiyasi xodimlarini huquqiy masalalar bo‘yicha bilimlarini oshirish yuzasidan seminarlar tashkil etilishini va xorijiy tillarni o‘rgatish o‘quv kurslarida o‘qitishni davom ettirish;
• xodimlarning hamdo‘stlik davlatlarida yangi texnologiyalar hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro seminarlarda va ko‘rgazmalarda ishtirok etishi hamda malaka oshirishi;
• xodimlarni yangi texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirish kurslarida o‘qitish hamda aloqa va axborotlashtirish sohasining tegishli korxonalarida amaliy ish o‘rganishlarini tashkil etish;
• davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida maqsadli ko‘rsatkichlar va belgilangan me’yorlarga muvofiq axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari infrastrukturasini rivojlantirish va ulardan samarali foydalanishi;
• davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ichki me’yoriy hujjatlar talablarini bajarilishi;
• jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi;
• mobil aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan me’yor va qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish;
• tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolar echimi va ularning qonuniy haq-huquqlarini himoya qilish uchun tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini davom etirish;
• aloqa va axborotlashtirish sohasida iste’molchilarning qonuniy haq-huquqlarini himoya qilish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida uchraydigan muammolar yechimlari yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlarni davom ettirish.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq