“Bilayn” Facebook da Sehrli Tunga chiptalarni o‘ynaydi

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK MCHJ) Facebook http://www.facebook.com/beeline.uz dagi Yorqinlar Hamjamiyatida “Sehrli Tun-2013” tanlovini o‘tkazmoqda.

27 dekabr soat 23:59 ga qadar Beeline Uzbekistan foydalanuvchilari operatorning 28 dekabrda kunning yarmida korporativ Facebook-sahifasidagi ishtirokchilarining soni qancha bo‘lishini oldindan aytishlari mumkin. To‘g‘ri javobga eng yaqin javob bergan beshta o‘yinchi International Hotel Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladigan yangi yil kechasiga 2 tadan chiptani qo‘lga kiritadi.

“Tanlovni boshlanganiga atigi bir necha soat bo‘ldi, biroq bizlar “Sehrli Tun-2013” katta shuhrat qozonganini ko‘rib turibmiz, – voqeani sharhlaydi Unitelning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Onlayn-loyihalarimizning farqli tomoni – ularning to‘liq shaffofligida va yangi tanlov buni yana bir bor isbotlaydi”.

Eslatib o‘tamiz, Beeline Uzbekistan sahifasi 100 000 dan ortiq kishini birlashtiradi va Markaziy Osiyodagi eng yirik Facebook-hamjamiyati hisoblanadi. Batafsil ma’lumot http://www.facebook.com/beeline.uz da.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Orphus system